Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    22.04.2015XXI asr – intellektual avlod asri

    “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida Guliston davlat universitetida o’tkaziladigan hududiy (Sirdaryo viloyati bo’yicha)  ilmiy-amaliy konferentsiyaning

     

    AXBOROT XATI

     

    Yosh olimlar va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi hududiy (Sirdaryo viloyati bo’yicha)  ilmiy-amaliy konferentsiya Guliston davlat universitetida 2015 yil 1-2 iyun kunlari o’tkaziladi.

    Konferentsiyaning maqsadi:

    Mamlakatimizda fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, rivojlantirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashga yoshlarni keng jalb etish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirish, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatini puxta o’zlashtirgan etuk yosh mutaxassislarni tarbiyalashga ko’maklashish, yoshlar o’rtasida o’zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini, do’stlik aloqalarini rivojlantirish, o’zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratib berish, yoshlarni fan-texnika taraqqiyoti yo’lida birlashtirish.

    Hududiy  konferentsiyada quyidagi sektsiyalar bo’yicha ish olib boriladi:

    1-sektsiya: Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

    2-sektsiya: Tabiiy fanlar.

    3-sektsiya: Aniq fanlar.

    4-sektsiya: Texnika fanlari.

    Konferentsiyada ishtirok etish uchun talabnoma va konferentsiya materiallari to’plamiga ilmiy maqola taqdim etish zarur.

    Hududiy konferentsiyaga  ilmiy maqolalar 2015 yil 18 may kunigacha qabul qilinadi.

    Konferentsiya materiallari to’plamiga ilmiy maqolalar uchun qo’yiladigan talablar:

    - ilmiy maqolalar konferentsiya yo’nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

    - taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo’yicha etuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi;

    - muallif haqidagi ma’lumotnoma (ob’ektivka) va muallifning pasport nusxasi taqdim etiladi;

    - hududiy ilmiy-amaliy konferentsiyada qatnashish bo’yicha muallifning familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, konferentsiya yo’nalishi (sektsiya), tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon, faks hamda elektron pochta manzillari ko’rsatilgan Talabnoma bo’lishi zarur;

    - konferentsiya materiallari o’zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilishi mumkin;

    - maqolalar universitetda tuzilgan ishchi guruhlar va maxsus ekspertlar tomonidan o’rganilib, munosib deb topilgan maqola mualliflari konferentsiyaga taklif etiladi hamda ularning ma’ruzalari konferentsiya dasturiga kiritiladi.

    - maxsus ekspertlar tomonidan konferentsiyaga nomunosib deb topilgan maqolalar dasturga va materiallar to’plamiga kiritilmaydi va maqola mualliflarga qaytarib berilmaydi.

    - konferentsiya dasturi va ilmiy maqolalar to’plami O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi bazasida faoliyat yuritadigan konferentsiya shtabi bilan kelishilgan holda chop etiladi.

    - ilmiy maqola matnlari tahrir qilingan holda A-4 kattalikdagi qog’ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o’ngdan 1 sm. joy qoldirib, 2 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bosh xarflar bilan yoziladi va 1,5 intervaldan so’ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi. 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko’rsatiladi. So’ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.

    Ilmiy maqola va tezislar matni sahifalanmagan bo’lib, uning elektron nusxasi Word dasturida, Times New Roman shriftining 14 kegel kattaligida bo’lishi va 5 betdan oshmasligi lozim. Maqolaning qog’oz va elektron nusxasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda konferentsiya Shtabiga taqdim etiladi yoki elektron pochtadan jo’natiladi.

        Konferentsiya tashkiliy qo’mitasi manzili:

              Guliston davlat universiteti- Guliston shahri, 4-mavze, bosh bino, 215-xona. (indeks 120100), tel.: (kod 367)225-38-01 faks: (367) 225-40-42. Elektron pochta: gulmira94@inbox.uz



    Sahifani ko'rganlar soni: 33551

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 350-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan Guliston davlat universitetida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusid

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirishlar kiritildi

    Azim Toshkentga sayohat

    Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

    Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish

    Guliston davlat universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 535 yilligiga bag’ishlangan ilmiy adabiy-badiiy anjuman

    O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

    Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov