Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    05.02.2016 Missionerlik va prozelitizm muommosiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi

    Missionerlik va prozelitizm muommosiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi

    2016 yil 1 fevral kuni universitet faollar zalida “Chet tillar” fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida “O’zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlashda missionerlik va prozelitizm muommosi”  mavzusida  tadbir o’tkazildi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nasirov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i Sh.Abdurasulov, “Chet tillar” fakulteti dekani v.b. U.Egamov, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, fakultet professor-o’qituvchilari va 480  nafar talabalar ishtirok etdi.

    Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nasirov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi. Jumladan, vijdon erkinligi va diniy bag’rikenglik masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va dolzarb masala bo’lib kelgani, binobarin, uning zamirida shaxsning huquq va erkinligi, demokratik printsiplar, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi muhim ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va ahloqiy tushunchalar yotishi, vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, ularning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatishi, shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va ahamiyati g’oyat muhimligini ta’kidlab, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro shartnomalarda, dunyo mamlakatlari Konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topganligini aytib o’tdi. Misol uchun, mamlakatimizda kishilarning vijdon va e’tiqod erkinligi qonun yo’li bilan ta’minlangani, diniy tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishlariga keng imkoniyatlar yaratilgani, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko’ra hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga egaligi, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmasligini, o’tgan tarixiy davr mobaynida musulmon, nasroniy, yahudiy, buddaviylik shuningdek, boshqa din vakillari o’rtasida hech qanday jiddiy diniy asosda nizolar bo’lmaganligi, O’zbekiston xalqining tinchliksevar, bag’rikeng ekanligiga yorqin dalildir, deb ta’kidladi.

              Biroq, din sohasida yaratilgan imkoniyatlar hamda xalqimizning o’zbekona bag’rikengligini suiste’mol qilgan ayrim diniy tashkilot va oqimlar tarafdorlari nafaqat diniy g’oya va aqidalarni, balki siyosiy-ekstremistik maqsadlarni ko’zlab sirtdan ish olib borishga intilayotganligi qonunchiligimizga xilof holat ekanligi, bunday g’araz maqsadli oqimlar xalqimiz uchun yot bo’lgan g’oya va qarashlarni ilgari surishayotganini gapirib o’tdi.

                Missionerlik harakati, agar oldi olinmasa, nafaqat insonlarning e’tiqodiga, balki turli din, millat va elatlarning hamjihatligiga ham raxna solishi mumkinligi, keyingi vaqtlarda missionerlik harakati dunyo miqyosida diniy aqidaparastlik, fundamentalizm, ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik kabi global muammolardan biriga aylanib borayotgani, bu illatga qarshi kurashish hozirgi vaqtda ko’plab mamlakatlarda dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilayoganini ta’kidlab o’tdi.

    Missionerlik harakatlaridan milliy ma’naviy barqarorlikka jiddiy tahdidlarni kutish mumkin, zero, ko’pgina mamlakatlarda missionerlik va prozelitizm harakatlari shaxsiyat va intellektual tanazzul, boshqalar irodasiga ko’r-ko’rona bo’ysunish, individuallikning yo’qolishi va uning o’zga mazmun bilan to’ldirilishi, taraqqiyotdan to’xtash, moddiy yo’qotishlar, insonlarning hayoti, ma’naviy dunyoqarashi va sog’ligiga salbiy ta’sir etuvchi holatlarni keltirib chiqarishi kuzatilgan, shu bois, mamlakatimizda missionerlik va prozelitizm faoliyati qonun bilan ta’qiqlab qo’yilganligini ta’kidlab o’tdi.

    Bunday holatlarning oldini olish uchun missionerlikning salbiy mohiyatini chuqur anglash, yoshlarimiz ongini tashqi axborot maydonidagi mavjud turli tahdidlardan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni yanada mustahkamlash hamda yoshlarni milliy-ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash borasida professor-o’qituvchilar va talabalar bilan bahs-munozara va savol-javob o’tkazildi, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

     



    Sahifani ko'rganlar soni: 26411

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 350-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan Guliston davlat universitetida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusid

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirishlar kiritildi

    Azim Toshkentga sayohat

    Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

    Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish

    Guliston davlat universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 535 yilligiga bag’ishlangan ilmiy adabiy-badiiy anjuman

    O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

    Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov