Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    09.02.2016 Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha tadbir o’tkazildi

    Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha tadbir o’tkazildi

     2016 yil 6 fevral kuni universitet 1-ma’ruza zalida “Tabiiy fanlar” fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida Jinoyat ishlari bo’yicha Guliston shahar sudi vakillari bilan “Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, jinoyatlarning sabablarini va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni o’rganish”  mavzusida tadbir o’tkazildi.

    Tadbirda universitet rektori B.Zakirov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nasirov, Jinoyat ishlari bo’yicha Guliston shahar sudining raisi Q.Alovov, Jinoyat ishlari bo’yicha Guliston shahar sudining sudyasi S.Rustamov, Jinoyat ishlari bo’yicha Guliston shahar sudi devonxona mudiri F.Raxmonov, Jinoyat ishlari bo’yicha Guliston shahar sudi kotibi F.Axmadqulov, fakultet professor-o’qituvchilari va 125 nafar talabalar ishtirok etdi.

    Yig’ilishni Guliston davlat universiteti rektori B.Zakirov ochib berdi va  yig’ilish qatnashchilariga tadbirga taklif qilingan soha mutaxassislarini tanishtirdi va kun tartibidagi masala yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi. Jumladan, respublikamizning barcha xududlarida aholi ayniqsa, yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va unga imkon beruvchi shart-sharoitlar to’g’risidahuquqiy targ’ibot ishlari olib borilayotgani, bugungi tadbir aynan bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy isboti ekanligini ta’kidlab, mavzuni kengroq yoritib berish uchun so’zni soha vakillariga berdi.

    Shundan so’ng, Jinoyat ishlari bo’yicha Guliston shahar sudining raisi Qodirbek Alovov so’zga chiqib, so’ngi paytlarda yoshlar, ayniqsa voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarni hamda jinoyatchilikni oldini olinishi bo’yicha turli profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligiga qaramasdan, yoshlar, ayniqsa voyaga etmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilayotganligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, voyaga etmaganlar jinoiy javobgarligining xususiyatlari va huquqiy oqibatlari, voyaga etmagan shaxsning ko’ngil ochish joylarida tungi vaqtda bo’lishiga yo’l qo’yish bilan bog’liq ma’muriy javobgarlik, yoshlar tomonidan pornagrafik, zo’ravonlik va shavqatsizlikni targ’ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish va namoyish etish bilan bog’liq bo’lgan jinoyatlar to’g’risida gapirib, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalariga asosan voyaga etmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilganligi uchun belgilangan asosiy jazo turlari, ya’ni jarima, ahloq tuzatish ishlari, qamoq va ozodlikdan mahrum qilish hamda qo’shimcha jazo turlari haqida batafsil tushunchalar berib o’tdi.

    Shundan so’ng kun tartibidagi masala yuzasidan Jinoyat ishlari bo’yicha Guliston shahar sudining sudyasi Sobir Rustamov so’zga chiqib, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar turlari, ya’ni taqiqlangan ekinlar (ko’knor, moyli ko’knor, kannabis o’simligi, tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo’lgan)ni qonunga xilof ravishda ekish yoki etishtirish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, ularni egallash, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo’natish, iste’mol qilish yoki boshqalarni iste’mol qilishga jalb etish va boshqa harakatlar uchun belgilangan jazo turlari, ushbu harakatlar o’quv yurtlarida, o’quv, sport va jamoat tadbirlari o’tkaziladigan boshqa joylarda sodir etilganligi uchun belgilangan jazo turlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, odam savdosi bilan bog’liq ishlarni ko’rish amaliyoti, yuzaga kelayotgan muammolar haqida gapirib, ushbu jinoyatlarning sodir etilishi nafaqat bir shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilishi, balki u davlatimizning xalqaro miqyosdagi obro’-e’tiboriga ham katta putur etkazishini ta’kidlab o’tdi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida tavsiyalar berib, har bir fuqaro o’z navbatida oila-a’zolaridan, qarindosh-urug’laridan, yaqinlaridan va do’stlaridan habardor bo’lib turishlari lozimligini ta’kidlab o’tdi.  

    Kun tartibidagi masala yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nasirov so’zga chiqib, mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqimiz farovonligi oshishi natijasida zamonaviy avtomobillar soni kun sayin ortib borayotgani, yo’l-transport hodisalari va ularning oqibatlari mamlakat iqtisodiyotiga va jamiyatning ma’naviy hayotiga juda katta zarar etkazishi mumkin bo’lganligi uchun ularning oldini olish davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanishi, shu sababli ularning oldini olishga Hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab, bugungi kunda yoshlar tomonidan tegishli xujjatlarga ega bo’lmasdan, transport vositalarini boshqarishlari oqibatida litsey, kollej va OTMlari o’quvchi-yoshlari tomonidan ko’plab yo’l-transport hodisalari sodir etilayotgani, so’ngi vaqtlarda ko’pchilik talabalar yo’lda yurganda, piyodalar yo’lkalarini kesib o’tish jarayonida turli hil jixozlardan foydalanish, quloqlariga nushniklar taqib telefonda so’zlashish, planshet yordamida video mahsulotlarini ko’rish kabi holatlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganligini ta’kidlab, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 5 fevraldagi 87-04-263-sonli modemnomasi bilan yo’llangan IIV Yo’l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining 2016 yil 20 yanvardagi 24/2-721-sonli xatida 2015 yilda Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’qituvchilari va talaba-yoshlari tomonidan sodir etilgan yo’l transport hodisalarini o’qib eshittirdi va yig’ilish qatnashchilarini ta’kidlab o’tilgan ayanchli xolatlardan tegishli hulosa chiqarishga chaqirdi.

    Yig’ilish so’ngida soha mutaxassislari jinoyatning katta-kichigi bo’lmasligi, har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi, e’tiborsizlik va loqaydlik oqibatida oddiy huquqbuzarlik xolatidan asta-sekin katta jinoyatlar kelib chiqishini ta’kidlashdi hamda har qanday xolatga e’tiborsiz va loqayd bo’lmaslikka, hammani  qonunlarni hurmat qilishga va unga amal qilishga chaqirdi.

    Kun tartibidagi masalalar yuzasidan soha mutaxassislari va talabalar bilan bahs-munozara va savol-javob o’tkazildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.



    Sahifani ko'rganlar soni: 34228

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 350-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan Guliston davlat universitetida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusid

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirishlar kiritildi

    Azim Toshkentga sayohat

    Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

    Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish

    Guliston davlat universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 535 yilligiga bag’ishlangan ilmiy adabiy-badiiy anjuman

    O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

    Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov