Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    31.03.2016 Universitet jamoasi NAVRO’Z bayramini munosib nishonladi

    Universitet jamoasi NAVRO’Z bayramini munosib nishonladi

    Bahor – ona-tabiatning fusunkor fasli. Navro’zi ayyom bu faslga ajib chiroy, joziba baxsh etadi. Bugun tabiatning bu jo’shqinligi odamlar qalbiga ham ko’chgan. Ular chehrasidagi tabassum va shodlik o’zgacha.

    Xalqimiz Navro’zni azal-azaldan yangilanish, bunyodkorlik, ezgulik bayrami sifatida nishonlab kelgan. Navro’z tabiatda uyg’onishning boshlanishi bo’lgani sababli ham u yurtimizda hamisha e’zozlangan.

    Bahorni kim sevmaydi, uni kim sog’inib kutmaydi deysiz! Shu bois bugun ko’ngillarda bahoriy iliqlik, kayfiyatlarda bahoriy jo’shqinlik hukmron. Buni ota-bobolarimiz azal-azaldan his etgan. Sumalak, halim, ko’k somsa kabi tansiq taomlarimiz dasturxonlarga tortilib, Navro’zi olam katta tantana bilan nishonlangan. Hamal – amal kirib, tabiat uyg’onishi bilan xalqimiz, avvalo, dehqon boboning ishlariga qut-baraka tilagan.

    Istiqlol qadimiy bayramimiz Navro’zga yangicha fusun va joziba baxsh etdi. Zero, xalqimizning boy qadriyatlarini Navro’zsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Mustaqillik yillarida Navro’z bayrami yurtimizda muntazam nishonlana boshlandi. Bayramni tashkil qilish, o’tkazish jarayonlari yildan-yilga boyib, sayqallanib borayotir. Odatdagidek bu yil ham 12-13 mart kunlari mamlakatimiz, xususan viloyatimizda umumxalq hashari o’tkazilib, shahar va qishloqlar, guzarlar, mahallalar, ishxonalarda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Xullas, Navro’z yaqinlashishi bilan butun viloyatimiz ahli bayramga puxta tayyorgarlik ko’rishni boshlab yubordi.

    Har yilgidek bu yil ham bayram kunlari viloyatimizning barcha go’shalarida katta tomoshalar, tantanalar, sayillar bo’lib o’tdi. Xususan, 20 va 21 mart kunlari Guliston shahrining Navoiy shohko’chasida Navro’z umumxalq sayli o’tkazildi. Saylda viloyatimizdagi yirik korxona, tashkilot va muassasalar qatorida Guliston davlat universiteti jamoasi ham ishtirok etdi. Universitetga biriktirilgan hudud ramziy darvoza va bayram shiorlari bilan bezatildi. 80 nafar yoshi ulug’ va nafaqadagi professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlar uchun bayram dasturxoni yozildi va  osh berildi.  Bayram dasturxonidan ko’klam taomlari sumalak, go’ja, ko’k chuchvara, ko’k somsa, ko’k osh, yalpiz, ismaloqdan tayyorlangan salatlar o’rin oldi.

    Navoiy shohko’chasida asosiy  bayram ko’rgazmalari, tanlovlar, dor o’yinlari, polvonlar bellashuvi, qiziqchilar, san’atkorlarning chiqishlari Navro’z bayrami ko’rkiga ko’rk bag’ishladi. Navro’z xalq saylida xalqimiz an’analariga xos turli shakldagi milliy o’yinlar, lapar va qo’shiqlar, folklor hangomalari, darbozlar mahorati tabiiy bir yo’sinda namoyon bo’ldi. Askiya, qiziqchilik, yallaxonliklar yoxud mushoira, bayt-bara va aytishuvlar, baxshi-shoirlar, oilaviy san’at dastalarining chiqishlari va bolalarning turli o’yinlari bu shodiyonalarga fayz bag’ishladi.

    GulDU talabasi Farruh Berdaliyev



    Sahifani ko'rganlar soni: 34654

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 350-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan Guliston davlat universitetida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusid

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirishlar kiritildi

    Azim Toshkentga sayohat

    Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

    Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish

    Guliston davlat universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 535 yilligiga bag’ishlangan ilmiy adabiy-badiiy anjuman

    O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

    Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov