Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    27.03.2017 Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o’tkazildi

    Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o’tkazildi

     2017 yil 23 mart kuni “Filologiya” fakulteti talabalari o’rtasida    jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o’tkazildi.

    Tadbirda RespublikaIIV Akademiyasi o’qituvchisi, mayor H.Axmedov, Respublika IIV Akademiyasining 7 nafar tinglovchilari, viloyat IIB ShTBIH boshlig’i o’rinbosari mayor A.Adilov, “Bo’ston” mahallasi va “Istiqlol” mahallasi profilaktika inspektorlari A.Usmonov va K.Komilov, Viloyat IIBning Inson huquqlarini himoya qilish bo’limi katta yuristi konsuli, kapitan I.Isarov universitet professor-o’qituvchilari va 120 nafar talabalar ishtirok etishdi.

    Tadbirda O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o’qituvchisi, mayor H.Axmedov so’zga chikib, “Diniy ekstremizm va aqidaparstlik mafkurasi, «ommaviy madaniyat»ning salbiy illatlari ta’siriga tushib qolmaslik hamda ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi boshqa holatlarning oldini olish” masalasi haqida gapirib, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Bugungi kunda dunyoda keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o’sib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, o’z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurashning, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlar kuchayib borayotgan bir sharoitda yuz berishi mumkin bo’lgan har qanday xatarli burilishlarga tayyor bo’lish, uzoq va yaqin qo’shnilarimiz bilan til topishib, ular bilan o’zaro hamkor va hamjihat bo’lib yashash va eng muhimi, hech qanday harbiy bloklarga qo’shilmaslik, muqaddas yurtimiz tuprog’ida chet mamlakatlarning harbiy bazalarini joylashtirishga va harbiylarimizning chegaralarimiz tashqarisiga o’tishiga yo’l qo’ymasligimiz – bugun yuzaga kelayotgan xalqaro vaziyatda ayni shu yo’l, shu siyosat biz uchun maqbul” deb aytgan fikrlarini ta’kidlab o’tdi.

    IIV Akademiyasi tinglovchisi F.Eshkulov so’zga chiqib, diniy-ekstremizm va terrorizm, “ommaviy madaniyat” va uning bugungi kundagi salbiy oqibatlari haqida, IIV Akademiyasi tinglovchisi Z.Primqulov “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash mavzusida” ma’ruza qilishdi.

    Ma’ruzachilar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi chiqishida: “Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak”,degan fikrlarini keltirib o’tishdi. 

     



    Sahifani ko'rganlar soni: 28431

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 350-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan Guliston davlat universitetida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusid

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirishlar kiritildi

    Azim Toshkentga sayohat

    Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

    Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish

    Guliston davlat universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 535 yilligiga bag’ishlangan ilmiy adabiy-badiiy anjuman

    O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

    Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov