Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    01.04.2017 “OIV/OITS infektsiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi” mavzusida tadbir o’tkazildi

    “OIV/OITS infektsiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi” mavzusida tadbir o’tkazildi

     2017 yilning 29 mart kuni Guliston shahar Maktabgacha ta’lim va maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji faollar zalida universitet professor-o’qituvchilari va talabalariga “OIV/OITS infektsiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi” mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi. Mazkur tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nasirov, Sirdaryo viloyati OITS markazi vrach epidemiologlari: B.Raximov, Sh.Razakbergenov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i Sh.Abdurasulov, dekan o’rinbosari, professor-o’qituvchilar va 115  nafar talabalar ishtirok etishdi.

    Yig’ilishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nasirov ochib berdi E.Nasirov kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqib, Respublika Salomatlik va tibbiy statistika instituti ma’lumotlariga ko’ra  OIV/OITS epidemiyasi dunyo buylab xatarli tezlikda tarqalayotgani, ayni vaqtda er yuzida OIV-virusi bilan zararlanganlar soni keskin oshib, har yili kasallanganlar soni 5 mln. kishidan oshib ketayotganligini ta’kidlab, bugungi kunda respublikamizda OITS kasalligiga qarshi kurashish yuzasidan targ’ibot ishlarini olib borish dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi.

    Shundan so’ng Sirdaryo viloyati OITS markazi vrach-epidemologi B.Raximov so’zga chiqib, Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) – odamning surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligini qo’zg’atuvchisi hisoblanib, OIV infektsiyasi – odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligi ekanligi, Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) – OIVni odamning immunitet tizimini shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan kasallik, OIV infektsiyasini so’nggi bosqichi ekanligi, OIV infektsiyasi – faqat odamlarda uchraydigan surunkali yuqumli kasallik bo’lib, kasallikning manbai uni yuqtirib olgan inson ekanligini, virus odam organizmida butun hayoti davomida saqlanib qolishini, OIV infektsiyasining kechishi bir necha davrdan iborat bo’lib, bu infektsiyaning yashirin davri bir necha oydan 5-10 yil va undan ortiq bo’lishi mumkinligi, bu davrda virusni yuqtirib olgan shaxslar ko’rinishidan sog’lom bo’lib, ularda kasallikning hech qanday belgilari kuzatilmasligi mumkinligi haqida gapirib o’tdi.  OIV - odam immunitet tanqisligi virusi bo’lib, virus odamning himoya vositasi hisoblanmish immunitet tizimini chuqur jaroxatlashi, kasallik manbai OIV/OITSga chalingan bemor va sog’lom (virus tashuvchilar) insonlar hisoblanishi, OIV – kasallik chaqiruvchi virus ekanligi, virus odam organizmidagi suyuqliklar – qon, sperma, jinsiy a’zolar suyuqligi va ko’krak sutida yashashi, ko’payishi va boshqa odamlarga yuqishi aniqlanganligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, OIVning insonga 3 xil yo’l bilan yuqishi  ya’ni jinsiy, qon orqali (parenteral yo’l) va onadan bolaga (vertikal) o’tishi, bundan tashqari virus qon orqali quyidagi hollarda, zararsizlantirilmagan jarrohlik, doyalik, stomatologik va boshka tibbiy asboblar orqali tibbiy muolajalar olganda, shpritslar va ignalardan umumiy foydalanilganda, etarlicha zararsizlantirilmagan maishiy asbob-uskunalar orqali virus bilan zararlangan qon va undan tayyorlangan qon preparatlari quyilganda yuqishi mumkinligini hamda OIV qanday hollarda yuqmasligini aytib o’tdi.

    Bundan tashqari OITS kasalligining dastlabki belgilari haqida gapirib, jumladan tana haroratining ko’tarilishi, bir oydan ko’proq vaqt mobaynida yo’talish, hech qanday sababsiz ozish, ichning ketishi va uni haftalab davom etishi, limfa tugunlarini kattalashuvi va ularda og’riqning paydo bo’lishi orqali namoyon bo’lishini aytib o’tdi. Xo’sh OIVdan qanday saqlanish mumkin? Inson avvalo ahloqan pok, o’z juftiga doimo sodiq bo’lishi, sog’lom turmush tarziga rioya qilishi, giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligi hamda tibbiy, maishiy asboblarning zararsizlantirilganligiga ahamiyat berishi lozimligini alohida ta’kidlab o’tdi.

    Vrach epidemiolog B.Raximov OIV infektsiyasi yuqishi xavfini qanday kamaytirish mumkinligi haqida to’xtalib, er-xotinlar bir-biriga vafodor bo’lishlari, faqat shaxsiy ustara, tish yuvgichlari va boshqa shaxsiy gigiena vositalaridan foydalanish, muolajalar olish zaruriyati tug’ilganda steril, bir marta ishlatiladigan tibbiy shpritslar va asboblardan foydalanish, nikohlanuvchilarni 100 foiz to’ydan oldin tibbiy ko’rikdan o’tkazish va OIV infektsiyasiga tekshirishni tashkil etish, chet davlatlarga ishlagani ketgan  migrantlarning yaqinlariga ular qaytib kelganidan so’ng OIV va boshqa kasalliklarni turmush o’rtog’iga yuqishini oldini olish tadbirlari bo’yicha tegishli maslahatlar berish, ularni o’zini tekshirishga undash, OIVga tekshirish natijalari chiqqunga qadar himoyalangan aloqada bo’lish kerakligi haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.

    Kun tartibidagi masala yuzasidan talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil va to’laqonli javob berildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.



    Sahifani ko'rganlar soni: 25526

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 350-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan Guliston davlat universitetida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusid

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirishlar kiritildi

    Azim Toshkentga sayohat

    Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

    Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish

    Guliston davlat universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 535 yilligiga bag’ishlangan ilmiy adabiy-badiiy anjuman

    O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

    Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov