Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    11.04.2017 “Biologiya fanidan o’quv mashg’ulotlarini loyihalashtirish va interfaol metodlardan dars jarayonida samarali foydalanish yo’llari” mavzusida davra suxbati bo`lib o`tdi

    “Biologiya fanidan o’quv mashg’ulotlarini loyihalashtirish va interfaol metodlardan dars jarayonida samarali foydalanish yo’llari” mavzusida davra suxbati bo`lib o`tdi

    Guliston davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti binosi 320-o’quv xonasida O’MKHT biologiya o’qituvchilari uchun ko’rgazmali dars (master klass) tashkil qilindi. 

    “Ekologiya va geografiya” kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori X.Qarshibaev tomonidan “Biologiya fanidan o’quv mashg’ulotlarini loyihalashtirish va interfaol metodlardan dari jarayonida samarali foydalanish yo’llari” mavzusida  viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o’qituvchilari uchun amaliy ko’rgazmali dars tashkil qilindi. Ko’rgazmali darsda ayni vaqtda o’qiyotgan malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda turli O’MKHT muassasalaridan kelgan – jami 31 nafar o’qituvchilar ishtirok etdi.

    Ko’rgazmali darsda professor X.Qarshibaev tomonidan “Odam evolyutsiyasi” mavzusi misolida o’quv mashg’ulotini loyihalashtirish, mashg’ulotning  o’quv va identiv maqsadlarini aniqlash, ta’lim jarayonining texnologik kartasini tuzish, didaktik vositalarni tanlash, mashg’ulot jarayonida interfaol usullardan samarali foydalanish, dars davomida o’quvchilar bilimini nazorat qilib borish, faol o’quvchilarni rag’batlantirish, darsni yakunlash va mustaqil ish topshiriqlarini berish bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi.

     Ko’rgazmali dars bahs-munozara asosida qiziqarli o’tdi. O’MKHT muassasalaridan kelgan o’qituvchilar o’zlari ham bevosita o’quv mashg’ulotini loyihalashtirish, mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzish, o’quv maqsadlarini aniqlash, ko’rgazmali vositalarni  va interfaol metodlarni tanlash bo’yicha amaliy topshiriqlarni bajardilar. Bajarilgan ishlar  tahlil qilinib, har bir ishtirokchining shu sohadagi yutuq va kamchiliklari aniqlandi.  Mashg’ulot yakunida  ishtirok etgan O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o’qituvchilari “Odam evolyutsiyasi”  mavzusi bo’yicha dars ishlanmasi, biologiya darslarida mavzular bo’yicha texnologik kartani tuzish uchun metodik qo’llanma, mavzuga oid elektron ta’lim resurslari (taqdimotlar, mul’timediya vositalari, videolavhalar, antropogenez jarayoniga oid ma’lumotlar beruvchi  internet saytlari manzillari), dars jarayonida interfaol metod va usullardan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyanoma hamda “Odam evolyutsiyasi” mavzusi buyicha tayyorlangan tarqatma materiallar bilan ta’minlandilar.

    Ko’rgazmali dars yakunida so’zga chiqqan prorektor dotsent F.Niyazov, dots. M.Allamurodov, A.Avazova va Sh.Qo’zibekovlar bunday ko’rgazmali mashg’ulotlar o’tkazishning O’MKHT biologiya o’qituvchilari uchun amaliy foydali tomonlari borligi to’g’risida o’z fikr – mulohazalari  va takliflarini  bildirdilar.



    Sahifani ko'rganlar soni: 2142

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 350-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan Guliston davlat universitetida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusid

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirishlar kiritildi

    Azim Toshkentga sayohat

    Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

    Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish

    Guliston davlat universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 535 yilligiga bag’ishlangan ilmiy adabiy-badiiy anjuman

    O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

    Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov