Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    20.04.2017 “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining ikkinchi saralash bosqichi o’tkazildi

    “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining ikkinchi saralash bosqichi o’tkazildi

    2017 yil 19 aprel kuniGuliston shahridagi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 100-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining ikkinchi saralash bosqichi o’tkazildi.

    “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi ikkinchi saralash bosqichini Guliston davlat universiteti rektori B.Zakirov ochib berdi. Mazkur tanlovning saralash bosqichida Jizzax Davlat pedagogika institutining “Status”, Jizzax Politexnika institutining “Adolat” va   Guliston davlat universitetining “Milliy ruh” jamoalari o’zaro bellashdilar.

    Mazkur tanlov “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom”ga ko’ra 4 ta, ya’ni “Yoshlar ovozi”, “Tezkor savol-javob”, “Muammo va echim” va “Sahnada tafakkur sinovi” shartlari bo’yicha o’tkazildi.

    Tanlovni holisona va adolatli baholab borish uchun  davlat va nodavlat tashkilotlar mas’ul xodimlaridan iborat quyidagi tarkibda hakamlar Hay’ati tashkil etildi:

    - Sirdaryo viloyati hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha kotibiyat mudiri Farxod Boqiev;

    - Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i Qobiljon Axmadjonov;

    - Fuqorolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Sirdaryo viloyati bo’limi bosh mutaxassisi Aziz Esonov;

    - Respublika Ma’naviyat-targ’ibot markazi Sirdaryo viloyati bo’limi rahbari  G’aybulla Yusupov;

    - “Kamolot” YoIH Sirdaryo viloyati Kengashi o’quv-uslubiy markazi bosh kordinatori Bekzod Almamatov.

    Tanlov  yakuniga ko’ra 1-o’rinni Jizzax Davlat pedagogika institutining “Status” jamoasi, 2-o’rinni Guliston davlat universitetining “Milliy ruh” jamoasi, 3-o’rinni Jizzax Politexnika institutining “Adolat” jamoasi egalladi.

    Tanlov yakunida tanlov g’olibi va ishtirokchilariga Guliston davlat universiteti rahbariyati tomonidan I, II va III darajali diplomlar va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.

    Tadbirda Guliston davlat universiteti, Jizzax Davlat pedagogika instituti va Jizzax Politexnika institutining pofessor-o’qituvchilari va 186 nafar talabalar ishtirok etishdi.



    Sahifani ko'rganlar soni: 30698

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 350-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan Guliston davlat universitetida talabalar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusid

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmonga o’zgartirishlar kiritildi

    Azim Toshkentga sayohat

    Yoshlar tarbiyasi dolzarb masala

    Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish

    Guliston davlat universitetida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavvaludining 535 yilligiga bag’ishlangan ilmiy adabiy-badiiy anjuman

    O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon “Xalqona ruhiyat musavviri”

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

    Universitetida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavvaludining 577 yilligiga bag’ishlab “Abadiyat farzandi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov