Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Yangiliklar va e`lonlar
    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bo’lib o’tdi

     “Ta’lim sifatini oshirish  va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda kadrlar iste’molchilari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashning ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    Bugun yurtimizda ta’lim sohasida o’tkazilayotgan islohotlar ta’limni sifatini oshirishda va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda kadrlar iste’molchilari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashning ahamiyati bilan xarakterlanadi. Bu esa, ta’limga yangicha yondashishni, uni zamonaviy ilg’or usullar asosida, axborot  kommunikatsion texnologiya vositalaridan unumli foydalangan holda tashkil etishni, kadrlar iste’molchilari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni talab qiladi.

    Mazkur matbuot anjumani Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 martdagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 136-son buyrug’i ijrosini taminlash maqsadida O’zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ochiqligi to’g’risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etildi.

    Matbuot anjumanida bitiruvchilarning ish bilan bandlik darajasi, bitiruvchilarning yo’llanma asosida ishga joylashish masalalari, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan bitiruvchi  talabalarga imtiyozli kreditlar ajratish,  Respublikamizning chekka hududlariga maqsadli kadrlar tayyorlash hukumat qarorlarinig ijrosini ta`minlash va boshqa bir qator dolzarb mavzulardagi masalalar keng muhokama qilindi.      

                             

    Matbuot anjumanida universitet  rektori B.S.Zakirovning ta’lim sifatini oshirish va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda kadrlar iste’molchilari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan axborot tinglandi.

    So’ngra fakultet dekanlarining qisqa chiqishlari eshitildi. Ular fakultet tasarrufidagi kafedralar va ular tomonidan tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning hususiyatlari to’g’risida axbarot berishdi.

    Matbuot anjumanida viloyat xalq ta’limi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, mehnat va aholini muhofaza qilish, Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmalari, tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining viloyat hududiy bo’limi va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etishdi.

     Matbuot anjumanida OAV va kadrlar iste’molchilaridan jami 36 ta turli yo’nalishdagi savollar tushdi, savollarga universitet rektori, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari tomonidan to’laqonli javoblar berildi.

    Matbuot anjumanida OAV vakillaridan Sirdaryo viloyati televideniyasi muxbirlari, “Sirdaryo haqiqati” gazetasi va “Universitet ovozi” gazetasi muxbirlari qatnashishdi.

    Matbuot anjumani yakunida Guliston davlat universiteti rahbariyati va kadrlar iste’molchilari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yo’nalishlari belgilab olindi.



    Sahifani ko'rganlar soni: 1133

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    28.06.2017 “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi

    21.06.2017 Guliston davlat universitetida qabul jarayoni qizg’in ketmoqda

    14.06.2017 Inobat Shirinovaning 60 yosh yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi o’tkazildi

    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi

    06.06.2017 “Munozara” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Zukko kitobxon” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Kamolot oltin to’pi” musobaqasi bo’lib o’tdi.

    05.06.2017 Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi

    05.06.2017 “Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni”gŕ bag’ishlab “Men tabiat bilan birgaman” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov