Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Abituriyent 2017 >> Magistraturaga qabul
    MAGISTRATURAGA QABUL

    Oliy ta‘lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasqiqlangan "Oliy ta‘lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM" ga muvofiq amalga oshiriladi

    Ushbu Nizom “Ta‘lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta‘lim muassasalarining magistraturasiga (keyingi o‘rinlarda Magistratura deb yuritiladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.

    Ushbu Nizom harbiy ta‘lim muassasalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining magistraturalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    Magistraturaga qabul oliy ta‘lim muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    Magistraturaga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga ko‘ra, to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Magistraturaga qabul tegishli ta‘lim yo‘nalishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul bo‘yicha) oliy ta‘lim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
    Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan shaxslar turdosh ta‘lim yo‘nalishlari ro‘yxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashish huquqiga egalar.
    Magistraturaga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta‘minlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
    Tanlov har bir oliy ta‘lim muassasasi bo‘yicha magistrlik mutaxassisligi, o‘qitish tili va shakliga ko‘ra alohida o‘tkaziladi.
    Kirish sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta‘lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
    Magistraturada o‘qitish tili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul ko‘rsatkichlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
    Abituriyentlar magistraturaga kirish sinovlarini oliy ta‘lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi.
    Magistraturaga qabul qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy o‘quv yili uchun tayinlangan oliy ta‘lim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qilish ishlari bo‘yicha qabul komissiyasi mas‘ul kotibining o‘rinbosari tayinlanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy ta‘lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta‘lim yo‘nalishiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari davlat granti asosida qabul qilinadilar.



    Sahifani ko'rganlar soni: 12208

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    18.09.2017 Z.Zikriyaev "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi

    16.09.2017 Diqqat tanlov!

    13.09.2017 Talim jarayoni sifatiga noananaviy metodlar ahamiyatini bilasizmi?

    09.09.2017 Energiyani tejamkor chiroqlar-chontakka foyda

    08.09.2017 Algebra fanining asoschisi

    02.09.2017 Universitetida Fidoying bolgaymiz seni, Ozbekiston!goyasini mujassam etgan tadbir otkazildi

    02.09.2017 Sirdaryo viloyati hokimi universitet 1-kurs talabalariga Mustaqillik va xotira darslarini otdi

    29.08.2017 Oliy ta`lim muassasalarining pedagogika yo`nalishlari bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlariga 2017/2018 o`quv yili uchun o`qishga qabul qilish tartibi va mezonlari

    29.08.2017 ғ қ

    24.08.2017 қ 26


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov