Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili >> 2016-yil Sog‘lom ona va bola yili
    2016-yil Sog`lom ona va bola yili

    Mustaqillik sharofati bilan so’nggi yillarda mamlakatimizda oila, ona va bolaga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. 

    Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 1998 yil Oila yili, 2000 yil Sog’lom avlod yili, 2001 yil Ona va bola yili, 2008 yil Yoshlar yili, 2012 yil Mustahkam oila yili, 2014 yil Sog’lom bola yili, deb e’lon qilingani hamda shu munosabat bilan tegishli davlat dasturlarining bajarilgani bu boradagi ezgu ishlarga mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda. 

    Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2016 yil mamlakatimizda Sog’lom ona va bola yili deb e’lon qilinishi ham buning yorqin ifodasidir. Davlatimiz rahbari 1994 yil 2 may kuni O’zbekistonning birinchi davlat mukofoti – “Sog’lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida ta’kidlaganidek, “Sog’lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Bu so’zlar zamirida onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni ma’naviy va jismoniy tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirishdek ezgu maqsadlar o’z ifodasini topgan. 

    O’zA muxbirining “Sog’lom ona va bola – mamlakatimiz tayanchi” sarlavhali tahliliy maqolasida ta’kidlanganidek, yurtimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat ijtimoiy siyosatining strategik yo’nalishlaridan biri etib belgilandi. 

    Buning samarasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Sog’lom ona – sog’lom bola” konsepsiyasi xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Ushbu konsepsiyaning izchil amalga oshirilayotgani tufayli keyingi besh yilda mamlakatimizda har 100 ming chaqaloqqa nisbatan onalar o’limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o’limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi. Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to’liq erishdi.

    O’zbekistonda Sog’lom ona va bola yili, deb e’lon qilingan joriy yilda ham bu boradagi izchil ishlar davom ettirilib, yanada kengaytiriladi.

    2016 yil 9 fevralda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Unda «Ona va bola sog’lom bo’lsa, oila baxtli, oila baxtli bo’lsa, jamiyat mustahkam bo’ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g’oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko’zda tutilgan.

    Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, kuchli, barqaror va farovon davlat negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo’naltirilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish Davlat dasturida belgilangan muhim yo’nalishlardan biridir.

    Xususan, joriy yilda O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonuni loyihasini tayyorlash ishlari boshlandi. Jinoyat kodeksiga farzandi uch yoshga to’lmagan ayollarga (bola tarbiyasi uchun ta’tilga chiqishidan qat’i nazar) nisbatan jinoyat qonunchiligini yanada erkinlashtirish, ularni axloq tuzatish ishlari qo’llanilmaydigan shaxslar toifasiga kiritishga qaratilgan tuzatishlar kiritish ko’zda tutilmoqda. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Muruvvat uylari, boshqa davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan nogiron bolalarga kunduzi qarash markazlari (guruhlari)ni tashkil etish ko’zda tutilgan qarorini qabul qilish rejalashtirilmoqda.

    2016 yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda, xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

    O’zbekistonning olis qishloqlarida 194 maishiy xizmat ko’rsatish namunaviy kompleksini tashkil etish dasturini tasdiqlash, ularning tarkibiga “Go’zallik salonlari”, modalar atelyesi, maishiy elektr texnikasi, poyabzal ta’mirlash xizmatlari ko’rsatish shoxobchalarini kiritish, ushbu maqsadlar uchun bank kreditlari hamda yer uchastkalari ajratish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish mo’ljallanmoqda. Olis va borish qiyin bo’lgan qishloq hududlarida yashayotgan kam ta’minlangan oilalar bekalariga maishiy elektr texnikalarini bepul taqdim etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga kattalar va bolalar kiyimlari beriladi.

    Davlat dasturida mamlakatimiz qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida 13 mingta uy-joy barpo etish, uzunligi 296,3 kilometrlik elektr va 307,5 kilometr gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish ko’zda tutilgan. Shuningdek, qishloq joylarda 1,3 ming kilometrdan ortiq, jumladan, zamonaviy qishloq massivlarida 300,5 kilometrlik ichimlik suvi tarmog’ini barpo etish hisobidan aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari davom ettiriladi.

    Joriy yilda tibbiyot muassasalari, xususan, perinatal va skrining markazlarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarini ko’paytirish, akusher-ginekologlar va pediatrlar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

    Bu borada 280 o’rinli, bir smenada 250 kishini qabul qilish va yilda 1500 operasiya o’tkazishga mo’ljallangan hamda zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan 4-darajali bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi barpo etish alohida ahamiyatga egadir. Bu, o’z navbatida, onalar va bolalarga yuqori texnologiyali malakali tibbiy yordam ko’rsatish sifatini yanada oshirish, chaqaloqlik davridan 18 yoshga to’lguniga qadar bolalarga kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, urologiya, nefrologiya, onkologiya va boshqa ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish sifatini yaxshilash, bolalar o’limi va nogironligini kamaytirish imkonini beradi.

    Qishloq joylarda zamonaviy tibbiyot uskunalaridan foydalangan holda birinchi tibbiy-sanitariya yordami, nogiron bolalarga reabilitasiya xizmati ko’rsatish sifatini yaxshilash, bolalar nogironligi ko’rsatkichlarini kamaytirish maqsadida uch viloyatdagi (Samarqand, Guliston, Urganch shaharlari) bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazlari va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash rejalashtirilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini rekonstruksiya qilish va jihozlash, 38 tuman tibbiyot birlashmasining bo’limlari va tug’ruq majmualarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash, 11 oilaviy poliklinika hamda 244 qishloq vrachlik punktini kapital va joriy ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkaziladi. Bundan tashqari, Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitasiya markazining 100 o’ringa mo’ljallangan davolash-tashxis qo’yish korpusini qurish va jihozlash, Xorazm viloyatidagi bolalar silga qarshi sanatoriyasini rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash rejalashtirilmoqda.

    Xotin-qizlarning hayot darajasi va sifatini yaxshilash, ularga tibbiy yordam ko’rsatishni kengaytirish maqsadida kompleks tibbiy xizmat ko’rsatish uchun Toshkent shahrida 4-darajali Ayollar salomatlik markazini tashkil etish loyihasi tayyorlanmoqda. Ushbu markaz eng ilg’or tashxis qo’yish va davolash uskunalari bilan jihozlanadi, uning qoshida zamonaviy maslahat poliklinikasi va operasiya bloki tashkil etiladi.

    Ta’kidlash joizki, joriy yilda bolalar va homilador ayollarga tibbiy yordam ko’rsatish muassasalari, jumladan, Respublika perinatal markazi, viloyat perinatal markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallari, 13 viloyat bolalar ko’p tarmoqli markazlari, shahar va tuman davolash-profilaktika muassasalari, shuningdek, ularning bolalar va homilador ayollarga tibbiy yordam ko’rsatish bo’limlari moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda 2016-2018 yillarda markazning qo’shimcha 11 hududiy filiali, Alohida ehtiyojli bolalarning ijtimoiy moslashuvini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi.

    Homilador ayollar va chaqaloqlarni perinatal va neonatal skriningdan o’tkazish orqali ularda tug’ma hamda irsiy kasalliklarni erta aniqlash, homilador ayollarni birlamchi sog’liqni saqlash tizimi bo’g’inida ommaviy perinatal ultratovushli skriningdan o’tkazish, 13 skrining markazini ko’p funksiyali zamonaviy raqamli ultratovush tizimi bilan jihozlash Davlat dasturida belgilangan muhim vazifalar sirasiga kiradi. Bularning barchasi bolalarning tug’ma va irsiy kasalliklar bilan tug’ilishining oldini olish, bolalar nogironligi va o’limini kamaytirish imkonini beradi.

    “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida turmush qurayotgan yoshlarning nikohdan oldin to’liq tibbiy ko’rikdan o’tishini ta’minlash uchun tibbiyot xodimlari mas’uliyatini yanada kuchaytirish, shu asosda tug’ma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish, poliklinikalarni zamonaviy tashxis qo’yish uskunalari bilan jihozlash, ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yuksaltirish, aholi o’rtasida mustahkam oila qurish va sog’lom farzand tug’ilishi uchun nikohdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tishning muhimligini tushuntirish maqsadida keng ko’lamli targ’ibot ishlarini amalga oshirish ko’zda tutilgan. Shuningdek, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollar sog’lig’ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarishlashni kuchaytirish, ularning ovqatlanish rasioni sifati va kaloriyasini boyitish chora-tadbirlari ham amalga oshiriladi.

    To’g’ri ovqatlanish va diyetologiya sohasida yagona ilmiy hamda amaliy siyosatni zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Respublika diyetologiya ilmiy-amaliy markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

    Jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlar, ayniqsa, qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etish, yangi sport obyektlari qurish va mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskuna va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali murabbiylar bilan ta’minlash “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan muhim vazifalardir.

    Bu borada umumta’lim maktablari uchun qo’shimcha 1,7 mingdan ziyod sport zali, jumladan, 2016 yilda barcha maktablarda sport klublari, jamoalari va sport turlari bo’yicha maktab ligalarini tashkil etish hisobga olingan holda, 217 zal barpo etish, har bir tumanda zarur uskunalar bilan jihozlangan kamida bittadan bolalar-o’smirlar sport maktabi (225 ta), xususan, 2016 yilda 15 shunday maktab qurish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, viloyat markazlarida sportning 4 yo’nalishi bo’yicha 56 ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabi, chunonchi, joriy yilda 5 maktab faoliyati yo’lga qo’yiladi, suzish havzalari tarmog’ini yana shunday kengaytirish hisobidan 11 suv havzasi quriladi, ularning umumiy soni 290 taga yetkaziladi.

    Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun muzeylar, botanika bog’lari, hayvonot bog’lari, madaniyat va istirohat bog’lariga ekskursiya uyushtirish, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va iqtidorli bolalar uchun “Biz – mustaqillik farzandlarimiz” shiori ostida tarixiy shaharlarimizga sayohatlar tashkil qilish yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat tuyg’usini yuksaltirish, ularning jonajon o’lkamiz tarixi, madaniyati va me’moriy yodgorliklari bo’yicha bilimini boyitishga yordam beradi.

    Bo’lajak onalar – qizlarni jismonan sog’lom va intellektual salohiyatli etib tarbiyalash, ularning akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega bo’lishini ta’minlashga qaratilgan, qizlarda mustahkam hayotiy pozisiyani shakllantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ishlari izchil davom ettiriladi. Bu ularning hayotda munosib o’rin topishi, sog’lom va mustahkam oila barpo etishiga xizmat qiladi.

    Har bir kollejda mehnat huquqi va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy jihatlari bo’yicha o’quv kurslari, o’quvchilarda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida ayrim kollejlar bazasida “Biznes-klublar” tashkil etiladi. Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, oilaviy biznesni rivojlantirish uchun “Mening biznes g’oyam” va “Yosh tadbirkor – mamlakat tayanchi” mavzularida hududiy hamda respublika tanlovlarini o’tkazish, yosh oilalar, tadbirkor ayollarga, jumladan, kollejni bitirayotgan qizlarga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.

    Jismonan sog’lom va ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash, yoshlar, ayniqsa, qizlarning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish ham muhim yo’nalish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, Buxoro va Urganch shaharlaridagi Yoshlar markazlarini, Toshkent viloyatidagi “Kamolot” yoshlar oromgohi va yosh oilalar uchun dam olish maskani, Toshkent shahridagi “Kamolot” yoshlar bog’ini rekonstruksiya qilish hamda jihozlash rejalashtirilmoqda.

    “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida sog’lom bolani shakllantirishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini yanada kengaytirish, boshlang’ich ta’lim sifatini tubdan oshirish hisobidan bolalarni maktabga tayyorlash darajasini yuksaltirish, ilg’or pedagogika va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish vazifasi belgilangan.

    Bu borada 286 maktabgacha ta’lim muassasasini kapital ta’mirlash va jihozlash, o’yin maydonlari tashkil etish, ayniqsa, viloyat markazlari va shaharlardagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish rejalashtirilmoqda. 2016 yilda 28 yangi umumta’lim maktabi qurish, 234 maktabni rekonstruksiya qilish va 105 tasini kapital ta’mirlash, ularni yangi o’quv mebeli, kompyuter sinflari, o’quv-laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash ishlari boshlanadi. 1,6 mingdan ziyod maktab kompyuterlar, jumladan, interfaol elektron doskalar bilan jihozlanadi. 13 akademik lisey va 107 kasb-hunar kollejini rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, ularni zarur ishlab chiqarish va boshqa uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

    Davlat dasturida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, avvalo, qizlarni ish bilan ta’minlash, o’z biznesini yo’lga qo’yishga intilayotgan yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun iste’mol kreditlari ajratish ishlarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

    2015-2016 o’quv yilida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari, tashkilot va korxonalar, shuningdek, ta’lim muassasalari ma’muriyatlari va tegishli hududdagi hokimliklar o’rtasida ishlab chiqarish amaliyotini o’tash to’g’risida to’rt tomonlama shartnomalar tuzishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalardan bo’lgan kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

    Shuningdek, Davlat dasturiga dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda joylardagi hokimliklar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari o’rtasida o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obro’ qozongan keksa avlod vakillarini keng jalb etish masalasi ham kiritilgan.

    Muxtasar aytganda, “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish uchun 7 trillion 483,3 milliard so’m va 194,4 million dollar yo’naltiriladi. Bu boradagi ishlar va yangi tashabbuslarni amalga oshirishni izchil davom ettirish, shubhasiz, mamlakatimizda shakllangan onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

    Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan tegishli vazifalar o’z vaqtida amalga oshirilmoqda. Xususan, qator ilmiy-amaliy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mavzusi “Sog’lom ona va bola yili”ga payvasta bo’lmoqda. 

    Universitetning barcha fakultetlarida o’tiladigan “Axborot soatlari” va murabbiylik darslarida bu mavzu muhim o’rin tutadi. Aytish joizki, ko’plab akademik, professor va boshqa ilmiy daraja hamda unvonlarga ega bo’lgan olima ayollarning o’rni alohida. 

    Mamlakatimizda e’lon qilingan “Sog’lom ona va bola yili”ning ma’naviy ruhi ilm va ijod ahli uchun tuganmas ilhom manbaiga ham aylanib qolmoqda. 

     

     
    “SOG‘LOM ONA VA BOLA YILI” DAVLAT DASTURIGA OID HUJJATLAR

     

     

    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori



    Sahifani ko'rganlar soni: 7915

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    28.06.2017 “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi

    21.06.2017 Guliston davlat universitetida qabul jarayoni qizg’in ketmoqda

    14.06.2017 Inobat Shirinovaning 60 yosh yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi o’tkazildi

    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi

    06.06.2017 “Munozara” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Zukko kitobxon” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Kamolot oltin to’pi” musobaqasi bo’lib o’tdi.

    05.06.2017 Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi

    05.06.2017 “Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni”gŕ bag’ishlab “Men tabiat bilan birgaman” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov