Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Fakultetlar >> Tabiiy fanlar fakulteti >> Qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari kafedrasi
    Qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari kafedrasi

    Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash  texnologiyalari” kafedrasi

    Kafedra mudiri: t.f.n. dots. Qurbonov Ermamat Sayfiddinovich

     

    Telefon: (8 3672) 225-38-19

     

    Elektron manzili: ermamat@inbox.uz

     

    Qabul kunlaridushanba, payshanba, juma

    “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash  texnologiyalari” kafedrasi dastlab 1985 yil “Umumtexnika fanlari va o’quv texnik vositalari” kafedrasi bo’lib, Sirdaryo shahrida Sirdaryo davlat pedagogika instituti  tarkibida faoliyat boshlagan. “Qishloq xo’jaligi  mahsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo’nalishining “Tabiatshunoslik” fakulteti tarkibidan kafedra tarkibiga o’tkazilishi munosobati bilan  uning nomi “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va mahsulotlarni  qayta  ishlash texnologiyasi” (QXM va MQIT) deb o’zgartirildi. 2015 yil avgust oyidan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash  texnologiyalari”  deb nomlandi.

    Kafedra tashkil etilgandan buyon unda dotsentlar G’.Sh. Shokirov, A.O. Obidov, E.S. Qurbonov, S. Hakimov, A. Boyzoqov, B. Qurbonov, A. Jabbarov, M. Turaqulov, professor K.K. Nuriev, q.x.f. nomnozodi. G.K. Mirsharipova mudirlik lavozimida  faoliyat ko’rsatganlar.  E.S. Qurbonov  2013 yil 05.07. iyuldan buyon kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

    Kafedrada 15 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Professor-o’qituvchilardan 1 nafari fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodlari, 2 katta o’qituvchi va 7 nafari o’qituvchilardir.

    Kafedra a’zolari ro’yxati

    Professor-o’qituvchilar

    F.I.Sh.

    Lavozimi

    1

    Qurbonov Ermamat Sayfiddinovich

    t.f.n., dots., kafedra mudir

    2

    Barakaev Nusratillo

    t.f.n., dotsent

    3

    Nuriev Karim Katibovich

    t.f.d., professor

    4

    Obidov Abdulhay

    t.f.n., dotsent

    5

    Raxmatov Orifjon

    t.f.n., dotsent

    6

    Sattorov Karim

    t.f.n., dotsent

    7

    Davlatov Po’lat

    katta o’qituvchi

    8

    Yusufaliev Abduraxmon Tilavovich

    katta o’qituvchi

    9

    To’xtamishev Sayitqul Saydullayevich

    o’qituvchi

    10

    Egamberdiyev Po’lat  Ergashovich

    o’qituvchi

    11

    Xudayberdiyev Ikrom  Akramovich

    o’qituvchi

    12

    Ermatov Valijon Abdivaitovich

    o’qituvchi

    13

    Kuzibekov Sardor Komilovich

    o’qituvchi

    14

    O’ktamov Sherzod Burxonovich

    o’qituvchi

    15

    Uzaydullaeyv Akmal Olimovich

    o’qituvchi

    Professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 47 yoshga to’g’ri keladi. Kafedraning ilmiy salohiyati 40 % ni tashkil etadi.

    Kafedra bazasida bugungi kunda 5410500-“Qishloq xo’jaligi mahsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” va 532100- oziq-ovqat texnologiyasi  yo’nalishlari bo’yicha 303 nafar o’g’il bolalar va 99 nafar qiz bolalar tahsil olib, bakalavr akademik darajasini oladilar.

    Laboratoriya mashg’ulotini  o’tkazish jarayoni

    Xozirgi kunda kafedrada yuqori darajada mashg’ulotlarni olib borish uchun sharoitilar yaratilgan, 1 ta kompyuter sinfi, 3 ta multimediya xonasi va 7 ta o’quv xonalari mavjud bo’lib ko’rgazmali qurollar va texnik jixozlar bilan jixozlangan.

    Kafedrada 34 ta fan o’tilib, xar bir fan uchun o’quv-uslubiy majmualar tayyorlandi, o’quv uslubiy majmualar 10 nusxadan ko’paytirilib, universitet kutubxonasiga topshirildi. O’quv uslubiy majmualarni elektron versiyalari kafedraning ko’mpyuter xonasiga joylashtirilgan. Kafedra o’qituvchilari tomonidan o’zlarining fanlaridan xar bir mavzu bo’yicha taqdimotlar tayyorlandi. Darslar ZPT va AKT dan foydalanilgan xolda olib borilmoqda.  

    Kafedraning ilmiy tadqiqot ishi “Qishloq xo’jaligini kompleks mexanizatsiyalashtirish va mahsulotlarni qayta ishlashda yuqori samarali texnik vositalarni ishlab chiqish” mavzusiga birlashtirilgan. 2003 yildan texnika fanlari doktori, professor  K.K. Nuriev  rahbarligidagi ilmiy guruh “Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning yuqori samarali ishchi  organlarini  izlash va ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasi P-19.5 va 2006 yildan esa  shu guruh V-13-282 “Resurs tejovchi va ishlash davrida yuqori ish unumdorligini ta’minlovchi  tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning tez ajraluvchi va aylantirma tuzilmali ishchi organlarining yangi konstruktsiyalarni ishlab chiqish” mavzularidan Davlat granti olishga muvaffaq bo’lganda amaliy loyihalar bajarilgan.

    Bu loyihalar bo’yicha ishlar muvaffaqiyatli yakunlangan va natijalar bo’yicha bir nafar fan doktori va fan nomzodlari, magistrlar va ko’plab bakalavrlar tayyorlangan. Yigirmadan ortiq patentlar olingan, 75 dan ortiq ilmiy ishlanmalar chop etilgan.

    Qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi G.K.Mirsharipova rahbarligidagi ilmiy guruh 2006-2008 yillarda A-8-161 “Xorijdan keltirilgan no’xat navlaridan Mirzacho’l sharoitiga moslashgan navlarni tanlash va etishtirish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi Davlat granti asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, tadqiqot natijalari asosida bitta fan nomzodi tayyorlandi, 20 ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. 2011-2013 yillarda yangi yaratilgan «Xalima» va «Malxotra» no’xat navlari uchun ikkita patent olindi va ushbu no’xat navlari 2012 yil O’zbekiston Respublikasi Davlat nav sinash komissiyasi tomonidan lalmi erlarda etishtirish uchun istiqbolli deb topildi.

    2012-2014 yillarda prof.K.Nuriev rahbarligidagi yangi ijodiy guruh            ATD-9-24  davlat granti asosida “Sifatli mahsulotlarni uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlovchi qishloq xo’jalik chiqindilarini organik o’g’itlarga qayta ishlash liniyasining yuqori samarali, resurs tejamkor, ekologik toza innovatsion texnologiyalar va texnik vositalarni ishlab chiqish” mavzusida 140 mln. so’mlik amaliy loyihani muvaffaqiyatli yakunladilar. 2015 yildan esa kafedra dosenti t.f.n. O. Raxmatov rahbarligidagi ijodiy guruh yangi A-9-30 “ Uzum maxsulotlarini qayta ishlashning resurs tejamkor yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliyi grant loyixasi ustida ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqdalar.

    Kafedra ToshDTU,  ToshDAU, JizPI, FarPI, TESI, TAYaI, O’zMEI,  O’zPITI, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti, Toshkent kimyotexnologiya instituti, O’zBUVITI, Qo’qonDPI, O’zPFITI,  QarMII kabi ko’plab OTM va  ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan  ilmiy–amaliy aloqalar o’rnatgan.

    BMKB “Agromash”, OAO Chirchiqqishloqmash,  Baxtqishloqmash, TTZ ASBOB ShK, Baxt TTMZ, “B-Altayserviz” OAO “Ekskovator texnoservis”,  Guliston yog’ ekstrakt hissadorlik jamiyati, Sardoba paxta tozalash ochiq  turdagi hisadorlik jamiyati bilan ijodiy hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

    Talabalar ochiq turdagi «Sardoba» paxta tozalash hissadorlik jamiyatida amaliyot jarayonidai



    Sahifani ko'rganlar soni: 25849

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    09.11.2017 2017-2018 -қ

    7.11.2017 Doktorantura-2018 yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni togrisida malumot

    28.10.2017 Yosh liberallar klubi tashkil etildi

    26.10.2017 Sirdaryo viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tadbir bolib otdi.

    24.10.2017 Dunyo imoratlarining ichida eng ulugi maktab, kasblarning ichida eng sharaflisi oqituvchilik va murabbiylikdir mavzusidagi tadbir va davra suhbati bolib otdi

    11.10.2017 Guliston davlat universitetida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida sozlagan nutqi mazmun-mohiyatini organish boyicha amaliy seminar otkazild

    10.10.2017 Guliston davlat universitetida Talim sifati va samaradorligi oyligi otkazilmoqda

    10.10.2017 Oliygohda talaba qanday kiyinishi lozim?

    07.10.2017 Guliston shahrida Sud va yoshlar uchrashuvi otkazildi

    02.10.2017 Guliston davlat universitetida Bayraminingiz muborak, aziz Ustozlar nomli tadbir otkazildi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov