Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Fakultetlar >> Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti >> Tarix kafedrasi
    Tarix kafedrasi

     

    Kafedra mudiri: dotsent Nazarov Obil Raximovich

     

    Telefon: (8 3672) 225-03-05

     

    Elektron manzili: obid8585@umail.uz

     

    Ilmiy mavzu: “O’zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli (1927-1937 yy.)”

     

     

    Kafedra tarixi

    • “Tarix” kafedrasi 2012 yil avgust oyida “Umumiy tarix” va “O’zbekiston tarixi” kafedralarining qo’shilishi bilan tashkil etildi. “Umumiy tarix” kafedrasi 1983 yildan 2012 yil avgust oyigacha faoliyat ko’rsatgan bo’lib, 2011 yildan boshlab unga t.f.n., dotsent O.Nazarov rahbarlik qilib keldi. “O’zbekiston tarixi” kafedrasi 1992 yilda “Siyosiy tarix” kafedrasi bazasida tashkil topgan. 2001 yildan 2012 yil avgust oyigacha kafedrani t.f.n. O’.S.Erbo’taeva boshqarib keldi.

    • Bugungi kunda “Tarix” kafedrasi Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarkibidagi 5 ta kafedradan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada jami 23 nafar professor o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan 2 ta tarix fanlari nomzodlari, dotsentlari, 1ta dotsent vazifasini bajaruvchi, 5 ta tarix fanlari nomzodlari, katta o’qituvchilari, 3ta ilmiy darajasiz katta o’qituvchi va 12 ta o’qituvchilardir. To’liq stavkada 18 nafar, 0,5 stavkada 4 nafar kishi ishlamoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 38,5.

    • Kafedra «O’zbekiston va jahon hamjamiyati» va “Sirdaryo viloyati tarixi” ilmiy muammolari ustida ish olib borib, “O’zbekiston tarixi”, «Jahon tarixi», «Manbashunoslik va tarixnavislik», «Etnologiya», «Arxeologiya», “Siyosiy jarayonlar” ixtisosliklari bo’yicha tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda. Kafedrada dots. Nazarov O. rahbarligida “O’rta Sirdaryo havzasida etno-arxeologik tadqiqotlar tarixi” mavzusidagi loyiha ustida ishlamoqda. Loyiha rejasi, tarkibi tasdiqlangan. Loyiha ishtirokchilari: dots. O.Nazarov, N.Mirzaeva, L.Qodirova, O.Mamirov. Ushbu ilmiy muammo yuzasidan 3 ta nomzodlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyalari himoyaga tayyorlanmoqda. Shuningdek, t.f.n. O’.S.Erbo’taeva rahbarligida “O’zbek tabiatidagi xalq va jamoatchilik an’analarinig tarixiy ildizlari va asoslari (Sirdaryo viloyati aholisi misolida)” mavzusidagi loyiha ustida U.Alibekov, B.To’ychiboev, E.Shodiev. I.Djuraev va O.Mamirovlar ishlamoqdalar. Bu loyiha bo’yicha 5 ta tadqiqot ishi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Kafedra qoshida tashkil etilgan «Kichik maktab»da 4 ta to’garak tashkil etilgan. “Kichik maktab” a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va kollejlardagi tarix o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.

    • Kafedrada barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida fakultetlararo “O’zbekiston tarixi” fani milliy va evropa guruhlarida o’zbek va rus tillarida o’qitilmoqda. “Tarix” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga jami 30 ta umumkasbiy, ixtisoslik va tanlov fanlari o’qitilmoqda.

    • Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 150 dan ortik ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 90 dan ortiq ilmiy maqolalar elon qilishgan.

    • Kafedra o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Jizzax DPI, Samarqand davlat universiteti hamda Sirdaryo viloyatdagi 4 ta akademik litsey va bir qator kollejlar, xorijiy tillar internati bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy hamkorlik qilib kelmoqda.

    • Dotsent O. Ayupov tomonidan “Dunyo, siyosat, jamiyat” risolasi Sirdaryo matbaa korxonasi “MChJ-Print” bilan 5000 nusxada chop etish bo’yicha shartnoma imzolangan. Xozirda kafedrada ikkita innovatsion gurux faoliyat ko’rsatmoqda, jumladan N.Mirzaeva rahbarligidagi “O’rta Sirdaryo xavzasida etno-arxeologik tadqiqotlar tarixi” mavzusidagi ish olib bormoqdalar. Loyixa rejasiga asosan 1 mln so’mlik byudjetdan tashqari mablag’lar tushirildi, 1 ta nomzodlik ishi ximoya qilindi va 2 ta nomzodlik ishi ximoyaga tayyorlanmoqda. Dots. Ayupov O. rahbarligida “Jaxon tarixini o’qitishning dolzarb muammolari” mavzusida ish olib bormoqdalar.

    • Hozirda xamkorlik qilinayotgan akademik litsey va kollejlarda O’zbekiston tarixi va Jaxon tarixini o’qitish samaradorligini oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

    Kafedra tarkibi

     

    1. O.Nazarov
    2. O.Ayupov
    3. Q.Abdushukurov
    4. O’.Erbo’taeva
    5. N.Temirova
    6. B.To’yichboyev
    7. D.Sangirova
    8. A.Sulaymonov
    9. N.Mirzayeva
    10. U.Alibekov
    11. Sh.Bekturdiyev
    12. I.Adushukurova
    13. M.Shodmonqulova
    14. L.Qodirova
    15. Sh.Mamatov
    16. M.Isroilov
    17. U.Mirzaliyev
    18. E.Shodiyev
    19. Q.Ortiqov
    20. O.Allayorov
    21. B.Samadov
    22. A.Shoimkulov
    23. E.Qurbonov
    24. I.Botirov

     Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti bosh korpusi, Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet, 1-qavat 109-xona, “Tarix” kafedrasi



    Sahifani ko'rganlar soni: 30871

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    09.11.2017 2017-2018 -қ

    7.11.2017 Doktorantura-2018 yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni togrisida malumot

    28.10.2017 Yosh liberallar klubi tashkil etildi

    26.10.2017 Sirdaryo viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tadbir bolib otdi.

    24.10.2017 Dunyo imoratlarining ichida eng ulugi maktab, kasblarning ichida eng sharaflisi oqituvchilik va murabbiylikdir mavzusidagi tadbir va davra suhbati bolib otdi

    11.10.2017 Guliston davlat universitetida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida sozlagan nutqi mazmun-mohiyatini organish boyicha amaliy seminar otkazild

    10.10.2017 Guliston davlat universitetida Talim sifati va samaradorligi oyligi otkazilmoqda

    10.10.2017 Oliygohda talaba qanday kiyinishi lozim?

    07.10.2017 Guliston shahrida Sud va yoshlar uchrashuvi otkazildi

    02.10.2017 Guliston davlat universitetida Bayraminingiz muborak, aziz Ustozlar nomli tadbir otkazildi


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov