Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Qo'shimcha menyu
  • "Startap" loyihalarini rivojlantirish
  • Bo`limlar
  • Fakultetlar
  • Fuqarolarni qabul qilish kunlari
  • Ilmiy kengash
  • Ishonch telefonlari
  • O`qituvchilar uchun
  • Rektorat
  • Talabalar uchun
  • Universitet loyihalari va halqaro shartnomalar
  • Universitet rahbarlarining tadbirlardagi nutqlari
  • Universitet tuzilmasi
  • Vakant lavozimlar
  • Vasiylik kengashi

  • Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida
    Universitet haqida

          Guliston davlat universiteti mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, 1992- yilda Sirdaryo davlat pedagogika instituti bazasida tashkil etildi. Bugun Guliston davlat universiteti O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida yuqori mavqeni egallaydi. Mazkur holat universitetda ilmiy–tadqiqot ishlarining keng doirada yo’lga qo’yilganligi bilan baholanadi. Rivojlangan universitetlar singari bu maskanda ham ko’plab bo’limlar faoliyat olib boradi. Shu o`rinda, ilmiy bo’lim, marketing bo’limi, xalqaro aloqalar bo’limi va boshqa turdagi bo`limlarni sanab o’tish mumkin.

    Universitetning shakllanishida Tempus va ITES tomonidan taqdim etilgan xalqaro grantlar asosiy o’ringa ega. Guliston davlat universiteti tadqiqot institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqalar o’rnatishni davom ettirmoqda. Bugungi kunda universitet IWMI, ICARDA va JIRCA kabi xalqaro institut va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini olib boryapti. Universitet MDH mamlakatlari universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan bo’lib, bularga Kemerovo davlat universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Stavropol davlat universiteti, Saratov davlat universiteti, Novosibirsk davlat universitetini misol sifatida keltirsh mumkin. Bundan tashqari Guliston davlat universiteti har yili 3-4 nafar talabani AQSh, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Malayziya va Singapur kabi mamlakatlarga o’qish va stajirovka uchun yuboradi.

    Bugun universitetda beshta: Filologiya, Fizika-matematika, Pedagogika, Tabiatshunoslik va Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetlar faoliyat ko’rsatadi. Shuningdek, 21 ta kafedrada 320 o’qituvchi mehnat qiladi. Ulardan 7 nafari fan doktori va 100 dan ortig’i fan nomzodlari hisoblanadi.

    Guliston davlat universitetining xalqaro tashkilot va institutlar bilan mustahkam aloqalarini rivojlantirishda “Õalqaro aloqalar” bo’limi muhim ko’prik vazifasini o’tamoqda. Xalqaro aloqalar bo’limi o’zining qisqa faoliyati davomida Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi genetika va evolyutsion ta’limot instituti, Kama davlat muhandislik iqtisod akademiyasi, Sankt-Peterburg davlat politeõnika universiteti, N.I.Vavilov nomidagi o’simlikshunoslik butun Rossiya ilmiy-tadqiqot instituti, Rossiya FA Zoollogiya instituti, Kemerovo davlat universiteti va shuningdek Biosalin xalqaro agrar markazi ( ICBA – International Center for Btosaline Agrtculture) kabi xalqaro institut va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik aloqalari o`rnatilgan.

    Õususan, Guliston davlat universiteti ta’lim jarayoniga yangi usullarni qo’llash, zamonaviy dasturlarni joriy etish va kompyuterlashtirish bo’yicha peshqadamlik qilyapti. Ta’limga yangi metodologik yondashuv va kompyuterlashtirish samarasi tufayli talabalar yuqori sifatli oliy ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo’lganligini universitet ekspertlari tomonidan ta’kidlanmoqda. Universitet ma’muriyati oldilariga qo’ygan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Talabalarning Internet tarmog’idan foydalanishlari va universitet doirasida lokal elektron kutubxonani tadbiq etish uchun keng masshtabli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitetda 30 ta kompyuter sinf bo’lib, ularda 700 dan ortiq kompyuter mavjud va ulardan 400 tasi internet tarmog’iga ulangan. Bu har 7 nafar talabaga 1 ta kompyuter to’g’ri kelishini ko`rsatadi.

    Universitetning aõborot teõnologiyalar va aõborot resurs markazida faoliyat olib borayotgan ishchi guruh ma’lumotlar bazasini elektronlashtirish va kompyuterlashtirishda faollik ko’rsatishmoqda. Har yili universitet olimlari tomonidan 250 dan ortiq ilmiy maqola ( shulardan 30 tasi õorijda) 5 ta monografiya, 4 ta o’quv qo’llanma va 512 ta uslubiy qo’llanma chop etiladi. Aõborot resurs markazining ma’lumotlar bazasida 4 mingdan ortiq elektron kitob va o’quv qo’llanmalar mavjud. Bu talabalarning barcha fanlardan zarur qo’llanmalarni sifatli va qiyinchiliksiz olish imkoniyatini bermoqda. ZiyoNetning veb saytiga universitetning internet portalini tadbiq etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilyapti. Shu sababli talabalar universitet veb sahifasidan barcha kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega. Universitet veb sahifasiga darsliklar, ma’ruza matnlari, o’quv uslubiy komplekslar va boshqa ma’lumotlar joylashtirilgan.

    Ushbu tajriba Guliston davlat universiteti tomonidan birinchi marta qo’llanilayotganligi va yaxshi natijalar berayotganligini hamda talabalarga yuqori sifatli, malakali ta’lim olish uchun qulay ekanligini ta’kidlash lozim.

    Universitetda dunyoning nufuzli ta’lim dargohlaridagi kabi laboratoriyalarning rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda. Mavjud labîràtoriyalarning umumiy maydoni 2008 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu har bir talabaga 4.5 kvadrat metr to’g’ri kelishini bildiradi. Hammasi bo’lib 25 ta o’quv xonasi laboratoriya sifatida jihozlangan, 1 ta o’quv xonasiga lingafon tizimi joriy etilgan.

    Universitet professor-o’qituvchilari ta’lim tizimiga alohida e’tibor berishmoqda. Buning tasdig’i sifatida bitiruvchi mutaõassisliklarga nafaqat Sirdaryo viloyati, balki respublikaning boshqa hududlarida ham talab yuqoriligini aytib o’tish mumkin. Shuningdek, ta’lim tizimini yaxshilash va takomillashtirish jarayoni yana davom ettirilyapti.

    Universitetda ta’lim sifatini oshirishda yangi tashkil etilgan “Pedogogik innovatsiyalar markazi”, “ Mintaqaviy tadqiqotlar markazi” hamda “Yosh olimlar kengashi” va boshqa markazlarning hissasi katta bo’lmoqda. Mazkur markazlar yosh olimlarni o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, nafaqat o’quv yurtida, balki Respublika miqyosida tan olinishiga xizmat qilmoqda.

    Uzoq hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning sifatli ta’lim olishida ularga yaratilgan yashash sharoitlari muhim ahamiyatga ega. Universitetning ikkita talabalar turar joyi to’liq ta’mirlanib, zamonaviy usulda jihozlangan. Ularning umumiy sig’imi 1153 kishini tashkil etadi.

    Universitet olimlari biologiya va bioteõnologiya sohasida muvaffaqiyatli qadamlar tashlamoqda.

    Sirdaryo viloyatining qishloq hududlari universitet olimlarining ilmiy tadqiqotlari tufayli qayta tashkil etilyapdi. Universitet olimlari Sirdaryo viloyatining sho’rlangan yerlarini yaxshilash va tiklash bo’yicha keng miqyosli va samarali ishlar olib borishmoqda. Buning dalili sifatida universitetda bug`doyning “Sayõun”, “Boyovut -1”, “Hasan-Orif” va “Gul DU” navlari yaratilganligini ko’rsatish mumkin. Universitet olimlarining mehnatsevarligi tufayli g’o’zaning “Sirdaryo-1” va ”Sirdaryo-2” kabi yangi navlari yaqin kelajakda Sirdaryo viloyati dalalarida ekiladi. Hozirgi paytda yuqorida keltirilgan ekin turlari barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o’tdi. Bugun universitetda “Genbank” nomi ostida loyiha ishlab chiqilgan. Bu loyiha sho’rga chidamli o’simlik navi nomi bilan atalgan. Universitet ekspertlarining fikricha, ushbu o’simlik Sirdaryo viloyatining kuchli sho’rlangan tuproqli sharoitida bioõilmaõillikni yaxshilashga yangi yo’l ochishi mumkin. Ushbu o’simlikni yaratish bo’yicha universitetda yangi biotehnologik labarotoriya tashkil etilgan. Ushbu labàràtoriya teõnologik jihatdan yuqori potentsialga ega. Laboratoriyaning maqsadi o’simlikni hujayra darajasida yaratish va sho’rga chidamli o’simliklarning yangi turlarini ishlab chiqishni ko’zda tutadi.

    Universitetning olimlari yuqorida erishgan yutuqlari nafaqat MDH mamlakatlari, balki uzoq õorij AQSh, Germaniya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar mutaõassislarining ham e’tiborini tortmoqda. Universitet erishayotgan innovatsiyalar tufayli laboràtoriya tadqiqotlaridan ishlab-chiqarish bosqichiga o’tmoqda.

     


    Ïðîñìîòðåòü óâåëè÷åííóþ êàðòó



    Sahifani ko'rganlar soni: 266946
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin

    Universiada 2016

    Yurtimizda shakllangan "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport o'yinlarini o'z ichiga olgan uch bosqichli noyob tizimning bamisoli qudratli to'lqinga aylanib million-million bolalarimizni o'z safiga qamrab olayotgani, ularning ham jismoniy, ham ma'naviy sog'lom bo'lib ulg'ayishi uchun xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan ta'kidlash lozim. Ayniqsa, bu tizimning yuqori bosqichi bo'lgan Universiada musobaqalari yoshlarimiz uchun tom ma'noda chiniqish va kamolot maktabiga aylangani e'tiborlidir. Islom Karimov.
    Universiada 2016
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    13.09.2016 Missionerlik – xavfli illat

    08.09.2016 “Mustaqillik darslari” va O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning porloq xotirasiga bag’ishlangan “Xotira darslari” o’tkazildi.

    04.09.2016 Universitetda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning porloq xotirasiga bag’ishlangan motam tadbiri o’tkazildi

    11.07.2016 Muborak Ramazon hayiti keng nishonlandi

    04.07.2016 Ogoxlik davr talabi mavzusidagi davra suxbati bo’lib o’tdi

    28.06.2016 Yoshlar sport bilan hamnafas

    27.06.2016 “Pushkin va Sharq” mavzusida ma’naviy–ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi

    25.06.2016 “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzularida ijodiy ishlar tanlovi

    24.06.2016 "26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni"ga bag’ishlanadi.

    22.06.2016 NODIR ASARNING TO‘LIQ NASHRI - RUS TILIDA


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov