Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Fakultetlar >> Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti >> Iqtisodiyot kafedrasi
    Iqtisodiyot kafedrasi

    Iqtisodiyot kafedrasi 1998-yildan 2002-yilga qadar Menejment kafedrasi sifatida faoliyat ko`rsatib keldi. 2003- yilda Davlat Attestatsiya Komissiya-sining qarori bilan Menejment va Buxgalteriya hisobi va audit kafed-ralari negizida Umumiy iqtisodiyot kafedrasi tashkil etilib, unga mutaxassis tayyorlovchi kafedra maqomi berildi. 2011 yilning oyida Iqtisodiyot nazariyasi va Umumiy iqtisodiyot kafedra-lari negizida Iqtisodiyot kafedrasi tashkil etildi.

    KAFEDRA FAOLIYATINING USTUVOR YO`NALISHLARI:

  • Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko`zda tutilgan vazifalarni bosqichma-bosqich bajarish;
  • Ta`lim jarayoniga zamonaviy pedagogik, axborot va kommunikatsion texnologiyalarini izchil joriy etib borish;
  • Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish;
  • Xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga alohida e`tiborni qaratish;
  • Kafedra fanlarining o`quv-uslubiy ta`minotini yaxshilash va bu borada o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish;
  • Oliy O`quv yurtlari turdosh kafedralari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish;
  • Hudud iqtisodiyotiga faol integratsiyalashuv va shu asosda kafedraning hudud ijtimoiy iqtisodiy hayotidagi o`rnini kengaytirish.
  • KAFEDRA TARKIBI

    Bugungi kunda kafedrada 2 nafar fan doktori, professorlar, 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 6 nafar katta o`qituvchi, 5 nafar o`qituvchi yosh avlodga iqtisodiy bilim berib kelmoqdalar. Kafedra professor o`qituvchilarining o`rtacha yoshi 38 yoshni tashkil etadi. Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo`lganlar ulushi 38,0%ni tashkil etadi. Yaqin istiqbolda bu ko`rsatkichni 60% k o`tarish k o`zda tutilmoqda. Bugungi kunda kafedra professoro`qituvchilari o`z malakalarini doimiy tarzda oshirib bormoqdalar. Kafedra professor- o`qituvchilarining barchasi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, mutaxassislik fanlari bo`yicha malaka oshirish kurslarida olgan bilim va tajribalalrini ta`lim jarayonida samarali qo`llab kelmoqdalar. Kafedraning 3 nafar a`zosi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi grantlari asosida xorijning nufuzli oliy o`quv yurtlarida o`z malakalarini oshirib qaytishgan.

    KAFEDRANING O`QUV USLUBIY, ILMIY TADQIQOT ISHLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI

    Iqtisodiy faoliyatning samaradorligi ko`p jihatdan ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishga bog`liqdir. Shu munosabat bilan kafedrada Qishloq xojaligi ishlab chiqarishini bozor talablari asosida tashkil etish va uning samaradorligini oshirish muammolari bosh mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Guliston davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasida ta`lim, fan va ishlab chiqarishning ozaro hamkorligini ta`minlash, ishlab chiqarish sohasidagi muammolarni izchil hal etish maqsadida Sirdaryo viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, Ozbekiston fermer xojaliklari uyushmasi Sirdaryo viloyat filiali bilan hamkorlikda innovatsion guruhlar shakllantirilgan. Mazkur innovatsion guruhlar oz oldiga ilmiy-amaliy va moddiy-texnik resurslardan ozaro manfaatli asosda hamda samarali foydalanishni tashkil etish;ilmiy-innovatsion salohiyatni jonlantirish, jumladan uning natijalarini real amaliyotga tadbiq etishga erishish hamda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish; mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot olib borish salohiyatini real amaliyot ehtiyojlariga muvofiqlashtirish kabi vazifalarni hal etishni maqsad qilib olgan holda, oz tarkibiga salohiyatli professor-oqituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar va tegishli korxonalarning yetakchi mutaxassislarini olgan.

    Sirdaryo viloyati fermer xojaliklarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar holati va xojaliklarni samarali rivojlantirish muammolari innovatsion guruhiga iqtisod fanlari doktori, professor Mamatov Ahmadjon Atajonovich rahbarlik qiladi. Uning rahbarligida hozirgacha 3 ta fan nomzodligi dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilingan. Olim tomonidan 3 ta oquv qollanma, 2 ta monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Bugungi kunda innovatsion guruh a`zolari tomonidan Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasini innovatsion rivojlantirish loyihasi ustida amaliy ish olib bormoqdalar.

    Innovatsion guruh tomonidan Sirdaryo viloyati fermer xojaliklarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar holati va xojaliklarni samarali rivojlantirish muammolari boyicha quyidagi yonalishlarda taklif va tavsiyalar ilgari surilmoqda:

    ? Iqtisodiy munosabatlar va tolovlar tizimini takomillashtirish;

    ? Ekinlar navlarini togri joylashtirish, mahsulot sifati va ekinlar hosildorligini oshirish;

    ? Chorva mollari naslini yaxshilash va chorvachilik tarmogini raqobatbardoshligini oshirish yonalishida;

    ? Qayta ishlash va qayta ishlovchi sub`ektlar raqobatbardoshligini oshirish yonalishida;

    ? Qishloq xojaligiga servis xizmati korsatish va servis korxonalari raqobatbardoshligini oshirish yonalishida;

    ? Global iqlim ozgarishi va suv tanqisligi sharoitida aholini oziq ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta`min etish yonalishida;

    ? Suv tanqisligi salbiy oqibatlarini yumshatishda qishloq xojaligi ishlab chiqarishi tizimini takomillashtirish yonalishida.

    KAFEDRANING BOSHQA TURDOSH KAFEDRALAR BILAN ALOQALARI

    Kafedra Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya Instituti, O`zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Agrar universiteti, O`zbekiston Bank va Moliya Akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G`aznachiligi o`quv markazi, O`ZBIITI kabi nufuzli ilmiy va ta`lim muassasa-larining turdosh kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatgan. Kafedraning turdosh kafedralar bilan hamkorligi quyidagi yo`nalishlarda amalga oshirilmoqda:

    1. Hamkorlikda o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish;

    2. Ta`limtarbiya sifatini yaxshilash borasida o`zaro tajriba almashish;

    3. Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash.

    KAFEDRANING MODDIY TEXNIK BAZASI VA IMKONIYATLARI

    Kafedrada Pentium4 rusumidagi kompyuterlar bilan jihozlangan va Internet tarmog`iga ulangan ikkita kompyuter sinfi mavjud. Bundan tashqari kafedra professoro`qituvchilari uchun ikkita kompyuter ajratib berilgan. Barcha kompyuterlar universitet lokal tarmog`i Intranetga ulangan bo`lib, ma`lumotlarni tezda ayirboshlash mumkin. Kafedraga tegishli bo`lgan o`quv xonalari talab darajasida ta`mirlangan, ularda o`quv mashg`ulotlarini zamonaviy uslublarda olib borish uchun barcha texnik vositalar mavjud.

    Kafedrada oqitilayotgan oquv fanlaridan oquv-uslubiy majmualar yaratilgan va talim jarayonida samarali foydalanilmoqda.

    Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan ozaro manfaatli hamkorligi natijasida 2011 yilda innovatsion guruh a`zolari tomonidan 50 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy tezislar chop etildi. Ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga oid iqtisodiy va moliyaviy ma`lumotlaridan unumli foydalanish asosida kafedra fanlaridan oquv-uslubiy majmualar yaratilib, ta`lim jarayoniga joriy etildi. Fermer xojaliklariga 3000 ming somdan ortiq ilmiy-texnik xizmatlar korsatildi, buning natijasida hamkor fermer xojaliklarida 15 million somlik iqtisodiy samaraga erishildi.

  • Mamatov A.A Prof.dekan. Ozbekiston Respublikasi Yalpi ichki mahsuloti. Uni miqdoriy va sifat korsatkichlarini ostirish.

    mamatovaxmadjon@rambler.ru

  • Sattorqulov O.T Dots.i.f.n. Kafedra mudiri. Agrar sohada bozor munosabatlarining shakllanish mexanizmi va uni takomillashtirish omillari. Obidkul_2011@mail.ru

  • Raimberdiyeva O.R Dots, i.f.n. Byudjet tashkilotlari moliyasini tashkil etishni takomillashtirish yollari. Oynisa_r@mail.ru

  • Allayorova M.K Katta oqituvchi. . allayarova67@mail.ru

  • Qudratov Z.G Katta oqituvchi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida chorvachilik tarmogining hududiy rivojlantirish istiqbollari. Kudratov.zafarbek@mail.ru

  • Matrasulov B.E Katta oqituvchi. Yog-moy sanoatida mahsulot sifati hisobi va iqtisodiy tahlilini takomillashtirish. bahodirm@mail.ru

  • Bekmuhammedova B.U Katta oqituvchi. . Uz.barno@mail.ru

  • Nurmuxamedova M Katta oqituvchi. Qishloq xojaligida mulk va xojalik yuritish shakllarini takomillashtirish. ms.muhtabar@mail.ru

  • Rahmatov K.U Oqituvchi. Agrar sektordan mehnat bozorini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari va uni takomillashtirish omillari. Kamol8881@mail.ru

  • Mamatqulov A.X Oqituvchi. Pul mablaglarining iqtisodiy tahlili va auditni takomillashtirish. Akrom777@mail.ru

  • Mamatov M.A Oqituvchi. Aholi jamgarmalarining mamlakat investitsion salohiyatidagi orni. mamatov@mail.ru

  • Obidov R.A Oqituvchi Paxtachilik fermer xojaliklarida samaradorlikni oshirish yollari (Sirdaryo viloyati miqyosida). Rasul.obidov@mail.ru

  • Toshboev B.B Oqituvchi Paxta tozalash sanoati korxonalarida biznes rejalashtirishni takomillashitirish. Bek_leon@mail.ru

  • Berdiev G.I Oqituvchi Oziq-ovqat muammosini hal etishda asalarichilikning orni. b.gayrat85@mail.ru

  • Halimjonov D. Oqituvchi. Dehqon xojaliklarida qishloq xojalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni samaradorligini oshirish omillari. dilshod_halimjonov@mail.ru

  • Shoev O. Oqituvchi. Mintaqaviy tashqi iqtisodiy aloqalar va ularni takomillashtirish yonalishlari (Sirdaryo viloyati misolida). shox_82@mail.ru

  • Raxmatov O. Oqituvchi. Qishloq xojaligida ilmiy-texnika taraqqiyotini asosiy yonalishlari (Ozbekiston Respublikasi qishloq xojaligi misolida). olimjon.82@bk.ru

  • Umaraliev O. Oqituvchi. Fermer xojaliklarida mehnat unumdorligini omillari va yonalishlari. umaralievolim@mail.ru

  • Yusufaliev O. Oqituvchi. Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri milliy taraqqiyotning mantiqiy bosqichlari sifatida y.olim_85@mail.ru

  • Maxmudova G. Oqituvchi. Mehnat resurslari tarkibini yaxshilash va ularning samaradorligini oshirish yollari. gulruxmahmudova87@mail.ru

  • Orazmatov J. Oqituvchi. Ozbekistonda soliq mexanizmini takomillashtirish yollari. Jonibek11.@mail.ru



  • Sahifani ko'rganlar soni: 18400

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    18.09.2017 Z.Zikriyaev "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi

    16.09.2017 Diqqat tanlov!

    13.09.2017 Talim jarayoni sifatiga noananaviy metodlar ahamiyatini bilasizmi?

    09.09.2017 Energiyani tejamkor chiroqlar-chontakka foyda

    08.09.2017 Algebra fanining asoschisi

    02.09.2017 Universitetida Fidoying bolgaymiz seni, Ozbekiston!goyasini mujassam etgan tadbir otkazildi

    02.09.2017 Sirdaryo viloyati hokimi universitet 1-kurs talabalariga Mustaqillik va xotira darslarini otdi

    29.08.2017 Oliy ta`lim muassasalarining pedagogika yo`nalishlari bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlariga 2017/2018 o`quv yili uchun o`qishga qabul qilish tartibi va mezonlari

    29.08.2017 ғ қ

    24.08.2017 қ 26


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov