Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Qo'shimcha menyu
  • AKTni o`quv jarayoniga tadbiq etish

  • Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Bo`limlar >> O`quv bo`limi
    O’quv-metodik bo’lim

    Bo’lim boshlig’i: Aralov Anvar Abdujabborovich

    Telefon: ish 8-367-2-253160

    uyali +998916215940

    E-mail: GulDU_Oquvmet@edu.uz



    O’quv-metodik bo’limining 2012-2013 o’quv yili uchun ish rejasi

    O’quv-metodik bo’limining 2014-2015 o’quv yili uchun ish rejasi

    Tarixi

    O’quv-metodik bo’lim faoliyatiga dastlab Lisina Antonina Petrovna rahbarlik qilgan.

    Keyinchalik bo’lim rahbarligiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilya Grigoryevich Yugay tayinlangan.

    1984-1986 yillarda Qalandarov Abduqayum Qalandarovich, 1987-1989 va 2005-2010 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Qurbonov Bahrom Qurbonovich, 1990-1991 yillarda Eshmirzayev Hayitboy Eshmirzayevich, 1992-1999 yillarda Inatov Erkin Inatovich, 1999-2005 yillarda texnika fanlari doktori, professor Nuriyev Karim Katibovichlar bo’lim faoliyatini samarali boshqarib kelishdi. 2010 yildan buyon bo’lim faoliyatiga Aralov Anvar Abdujabborovich rahbarlik qilib kelmoqda.

    Hozirgi kunda o’quv-metodik bo’limda quyidagi 6 nafar xodim faoliyat ko’rsatadi:

    Aralov Anvar Abdujabborovich – bo’lim boshlig’i

    Bo’riyev Ilhom – metodist

    Mamatqulov Muzaffar – amaliyot rahbari

    To’ychiyev Abdunabi – dispetcher

    Mansurova Mahbuba – dispetcher

    Ni Lyudmila Vasilyevna – metodist(statistik ma’lumotlar bo’yicha)

    Faoliyati

    2009-2010 o’quv yilidan boshlab o’quv jarayonini nazorat qilishga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo’lga qo’yildi. Talabalarning joriy, oraliq va yakuniy nazorat ballarini elektron hisoblash dasturlari yordamida qayd qilish va umumlashtirish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, namunaviy o’quv rejalari asosida ishchi o’quv rejalarini shakllantirish va soatlarning haftalik taqsimotlarini ham elektron hisoblash usuliga o’tkazildi.

    “Ichki nazorat va monitoring bo’limi” bilan hamkorlikda talabalarning o’quv mashg’ulotlaridagi davomatini muntazam nazorat qilish va qayd etishning elektron shaklidan foydalanib kelinmoqda.

    Amaliyot

    Mavjud bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tegishli kurslardagi amaliyotlar tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarda o’tkaziladi:

    - Guliston shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 15, 16-son umumta’lim maktablari;

    - Sirdaryo viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi 1-Guliston akademik litseyi, 2-Guliston akademik litseyi, Guliston axborot texnologiyalari KHK, Pedagogika KHK, Yangiyer akademik litseyi, Guliston tibbiyot kolleji, 2-Pedagogika kolleji, xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internati, Boyovut qishloq xo’jaligi KHK, Dehqonobod qishloq xo’jalik KHK, Oq-oltin gidromelioratsiya KHK;

    - “Xo’jamushkent”, “Sirdaryo” dala amaliyoti manzillari;

    - “Guliston ekstarkt-yog’” OAJ, Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi, Guliston shahar milliy banki, DT xalq banki Sirdaryo viloyati filiali, Guliston shahar iqtisodiyot bo’limi, Guliston shahar soliq inspeksiyasi, Sirdaryo viloyati G’aznachilik boshqarmasi, “Issiqlik manbai” IChK, “Sirdaryo Bek”MChJ, ATIB “Ipoteka-bank” Sirdaryo viloyati filiali, “Suvoqava” boshqarmasi, OTDT “Mikrokreditbank” Sirdaryo viloyati filiali, OATB “Agrobank” Sirdaryo viloyati filiali, Guliston shahar g’aznachilik bo’limi, “Suvnazorat” inspeksiyasi, “Koinot yorug’ligi” xususiy firmasi.

    Ta’lim yo’nalishlarining malakaviy, o’quv-dala, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish yangicha tartib, shakl va mazmunga ega bo’ldi. Viloyatning yetakchi 21 ta o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari hamda 16 ta ishlab chiqarish korxonalari bilan tuzilgan o’zaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq amaliyotlarni o’tkazish yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, yana 5 ta korxona va tashkilotlar bilan amaliyotlarni o’tkazish bo’yicha shartnomalar ishlab chiqilgan.

    Pedagogik amaliyotlar yakunida har bir amaliyotchi talaba va metodistlarning elektron taqdimot usulida hisobot topshirishlari tartibi joriy etilgan.

    O’quv-uslubiy ta’minot

    Universitetdagi mavjud 26 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlanishini me’yor talabalariga(6 nafar talabaga 1 dona o’quv adabiyoti) yetkazishga erishildi. Bo’lim tomonidan o’quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etish ishlari maxsus rejaga asosan muvofiqlashtirib borilmoqda. Jumladan, 400 ga yaqin o’quv fanlaridan o’quv-uslubiy majmualar yaratilib, ularning elektron variantlari har bir talabaga tarqatildi.

    2006 yilda Respublikada birinchilardan bo’lib o’quv adabiyotlarining elektron shakllaridan iborat “Ta’lim portali” tashkil etildi. Hozirgi kunda mavjud 560 ga yaqin o’quv fanlarining barchasidan 27474 Mb darsliklar(1122 dona), 27300Mb o’quv qo’llanmalari (1865 dona), 18635 Mb o’quv-uslubiy majmualar(1096 dona), 10917 Mb ma’ruza matnlari (1908 dona), 217 Mb test savollari (952 dona), 16 ta virtual va ko’rgazmali laboratoriya ishlari to’plami, 200 dan ortiq multimediali adabiyotlar va boshqa resurslar mavjud.

    Vazirlik qoshida tashkil etilgan ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog’iga 2008-2009 o’quv yilida 201 ta, 2009-2010 o’quv yilida 390 ta, 2010-2011 o’quv yilida 390 ta resurs joylashtirilgan. 2011-2012 o’quv yilida 490 ta elektron resurs joylashtirish rejalashtirilgan.

    Yangi o’quv yili boshida har bir 1-kurs talabasiga o’qiyotgan ta’lim yo’nalishining 1-4 kurslari davomida o’qitiladigan o’quv fanlari bo’yicha o’quv adabiyotlarining elektron disklarini tarqatish yo’lga qo’yildi.

    Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

    Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida Nizom” asosida tashkil etilgan.

    Talabalarning kuzgi va bahorgi semestr yakunidagi yakuniy nazorat sinovlarini o’tkazishda zamonaviy test usulini qo’llashga katta e’tibor beriladi. Universitet mutaxassislari tomonidan yangi kompyuter test dasturlari ishlab chiqilib, ulardan yakuniy nazoratlarni o’tkazishda foydalanilmoqda. Bu dasturlar har yili takomillashtirilib boriladi.

    Yakuniy nazorat sinovlarini o’tkazishga yangicha yondoshuvlar tatbiq etilib, professor-o’qituvchilar safidan tayinlangan nazoratchilar, jamoatchilik va ota-onalar, “Kamolot” YIH va iqtidorli talabalar vakillarini jalb etish tartibi joriy etilgan.

    Ta’lim jarayoni

    2010-2012 yillar davomida o’quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish orqali darslarni tashkil etishga keng ahamiyat berildi. Bugungi kunda har bir o’quv fanlaridan mavzularning mazmunini taqdimot ko’rinishlarida ishlab chiqilishiga erishilmoqda.

    Har bir professor-o’qituvchining o’quv fanlari bo’yicha elektron taqdimot materiallari ishlab chiqilishi ta’minlanmoqda. Bu o’quv materiallari universitet ichki “Ta’lim portali”ga joylashtirilgan bo’lib, talabalar va professor-o’qituvchilarning o’quv mashg’ulotlari vaqtida foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratilgan.

    Darslarning yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilishi va bu boradagi yutuqlarni targ’ib qilish, yosh mutaxassislarni o’qitishning zamonaviy usullari bo’yicha tajriba orttirishlarini ta’minlash maqsadida “Pedagogik innovatsiya markazi” rahbari dots.H.Abdukarimov rahbarligida o’quv-metodik seminarlar tashkil etilgan va rejali tarzda o’tkazilishiga erishilmoqda.

    Professor-o’qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish maqsadida chet tillari(ingliz tili) hamda axborot texnologiyalari va Internet tatbiqini o’rganish bo’yicha o’quv kurslari tashkil etildi.



    Sahifani ko'rganlar soni: 13206

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    28.06.2017 “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi

    21.06.2017 Guliston davlat universitetida qabul jarayoni qizg’in ketmoqda

    14.06.2017 Inobat Shirinovaning 60 yosh yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi o’tkazildi

    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi

    06.06.2017 “Munozara” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Zukko kitobxon” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Kamolot oltin to’pi” musobaqasi bo’lib o’tdi.

    05.06.2017 Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi

    05.06.2017 “Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni”gà bag’ishlab “Men tabiat bilan birgaman” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov