Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Qo'shimcha menyu
  • Adabiyotlar ro`yxati
  • Axborot-resurs markazi tuzulmasi

  • Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Bo`limlar >> Markazlar >> Axborot Resurs Markazi
    Axborot resurs markazi

     

    Axborot resurslari markazi direktori:  Oqyigitov Obidjon Shoyimqulovich

    Ma`lumoti: Oliy.

    E-mail: GulDU_ARM@edu.uz

    Telefon :2254509

    Qabul kunlari:Dushanba,Juma

     

     

     

    Axborot resurs markazi haqida

    ARMda bugungi kunda umumiy fondi 500000 nusxada mavjud. Shundan: darsliklar 127561, o`quv-qo`llanmalar 119448, ilmiy ommabop adabiyotlar 119558, badiiy adabiyotlar soni 38330 ta adabiyotlar mavjud.

    Foydalanuvchilar soni 9000 dan oshiq. ARM da ARMAT dasturi asosida avtomatlashtirilgan kutubxona ish olib bormoqda. ARMAT  ma`lumotlar omboriga 8000 mingdan ortiq elektron katalog, 2-3 kurs kitobxonlarning elektron formulyari kirgizildi. ARM kompyuter sinflarida 50 ta kompyuter bor. Mavjud kompyuterlarning hammasi internet tarmog’iga ulangan hamda foydalanuvchilar login va parol bilan ta`minlangan.

    Universitetning ichki tarmog`i portalida 134 Gb dan oshiq ma`lumotlar bazasi yaratilgan bo’lib, undan talabalar muntazam foydalanib kelmoqda. Yaratilgan Elektron resurslar to’plami disklarga yozilib har bir talabaga berilgan. Kitobxonlar bundan tashqari O`zbekiston va Rossiyada chop etilayotgan  89 nomdagi gazeta va jurnallar bilan tanishish imkoniyatiga ega.

    O`sib kelayotgan avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirish, ma`naviy-axloqiy va madaniy qadriyatlarini targ`ib qilish, zamonaviy innovatsion va axborot texnologiyalarni inobatga olgan holda shahar markazida ham ARM filiali tashkil etilib, shahar aholisiga, maktab o`quvchilari va kollej talabalariga xizmat ko`rsatilmoqda.

    TARIXI

    Sirdaryo pedagogika instituti 1966-yilda tashkil etildi. Unda 5 ta yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlash nazarda tutildi. Shu mutaxassisliklar uchun zarur adabiyotlar Nizomiy nomidagi pedagogika institutidan, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutidan olib kelinib institut kutubxonasi tashkil etildi. Dastlabki yillarda kutubxonada kitob berish, yani abonement va o’quv zali tashkil etildi.

    Shu kundan boshlab, universitet kutubxonasining o`quv va badiiy adabiyotlar fondi kundan-kunga boyib bormoqda. Uning kitobxonlari soni ham ortib bormoqda. 2002-yildan boshlab kutubxonada kompyuter sinfi tashkil etildi. Unda talabalar o`zlariga kerakli ma`lumotlarni tayyorlashadi. Kompyuterlar internet tarmog`iga ulangan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish. To`g`risida” gi qarori asosida universitetda “Axborot resurs markazi” tashkil etildi. PQ-381-sonli qarori va viloyat hokimining 2006-yil 23-iyundagi 135-1 raqamli buyruqlarini ijro etishga qaratilgan Guliston davlat universitetining 85-0 raqamli buyrug`i bilan viloyat aholisiga markazlashgan axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yo`lga qo`yish maqsadida Guliston shahar markazlashgan kutubxonalar tizimidagi 5 ta tarmoq kutubxonalarni balansdan-balansga o`tkazish bo`yicha tashkil etilgan maxsus komissiya qaroriga muvofiq universitet kutubxonasi hisobiga o`tkazildi. Shu asosda viloyat hokimligi tomonidan ajratilgan binoda aholiga keng turdagi axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishga asoslangan “Axborot resurs markazi” filiali tashkil etildi.

    2008-yil 17-aprel kuni Axborot rusurs markazining shahar filiali tantanali ochildi va shu kuni u yerda "Aholining zamonaviy axborot resurslariga ehtiyojini qondirish istiqbollari" mavzusidagi respublika uslubiy seminar-treningi bo`lib o`tdi. Bugungi kunda filial shahar aholisi, maktab va kollej talabalariga xizmat ko`rsatmoqda.

    GulDU Axborot rusurs markazi zamonaviy talablar asosida jihozlangan. ARMda internet tarmog`iga ulangan 50 ta kompyuterdan iborat maxsus zallar, ilmiy bo`lim o`z faoliyatini elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida olib bormoqda. Shuningdek ARM skaner, printer, kserakopiya  texnika vositalari bilan jihozlangan. Yangi axborot texnolgiyalarining Axborot-resurs markazlariga kirib kelishi bilan ARM dagi kitobxonlarning soni keskin oshdi. 

    ARM faoliyati

    GulDU “Axborot-resurs markazi” (ARM) foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni zamonaviy talablar asosida tashkil etish va o`z faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlariga tayangan holda ildam zamonaviylashtirish bilan yuksak madaniy kutubxona xizmati ko`rsatish tizimini shakllantirish, shakllarini iste`molchilarga yetkazish, axborot - resurslarini iste`molchilar talablari asosida masofaviy olish va yetkazish shakllaridan foydalanish bilan aholi ehtiyojini qondirish, shuningdek, keng foydalanuvchilar ommasiga Internet xalqaro tarmog`iga chiqish imkoniyatlari bo`yicha xizmat ko`rsatish, o`quvchi va talaba-yoshlar hamda ustoz-murabbiylar uchun Respublikamizda joriy etilgan Ziyonet ta`lim portalidan iste`molchilarga o`quv, ilmiy, badiiy, ommabop adabiyotlar bilan xizmat ko`rsatishdan tashqari yangiliklarni tezkor yetkazish, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan ma’lumot va yangiliklarning elektron izchil foydalanishlariga qulay imkoniyatlar yaratilgan.

     

    Universitet Axborot-resurs markazi bosh binodan tashqari  iqtisodiyot fakultetlarida, talabalar uyida, shuningdek, shahar markazida joylashgan filiallarga ega. Ularda universitet mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ichki Intranet tarmog`i tizimi orqali turli axborot resurslaridan tez va sifatli foydalanish imkoni mavjud. Universitet talabalari login va parol bilan to`liq ta`minlangan.

    ARMda internet tarmog`iga ulangan 48 ta kompyuterdan iborat maxsus zal, elektron kataloglar bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi kompyuterlashtirilgan abonement bo`limi, kompyuterlar o`rnatilgan Ilmiy metodik bo`lim elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda ARM mutaxassislar dastur ba`zasiga mavjud jamg`armaning 8000 mingdan ortiq elektron katalogini kiritishdi. ARM fondlari yangi turdagi elektron axborot resurslari bilan boyitilmoqda. Respublika va xorijiy davlatlar kutubxonalari bazasidagi o`quv, ilmiy, badiiy, ommabop axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

           XXI asr–“Yuksak informatsion texnologiyalar” asri. Informatsion texnologiyalarning kundalik hayotdagi o`rni shunchalik yuqoriki, biz ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Kelgusida ARMda ushbu xizmatlar turlari joriy etiladi

    Umumiy xizmatlar:

    • Kitobxonlar talabiga ko`ra axborotlar jamlamalarini tayyorlab berish.

    • Elektron kataloglar xizmati.

    • Kutubxona fondidagi ilmiy va ommabop jurnallar maqolalaridan nusxalar tayyorlab berish va ularni elektron shaklda taqdim qilish.

    • Kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko`rsatish, hujjatlarni (maqolalarni, turli axborot jamlamalarini, elektron kataloglarni) elektron pochta orqali iste`molchilarga yetkazib berish.

    • Mediateka (SD disklarda o`quv, ta`limiy dasturlar va ma`lumotlar bazalari) xizmatlarini ko`rsatish.

    • Kompyuterda ishlashni, Internetda va ma`lumotlar bazalaridan, ARMAT va boshqa avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlaridan foydalanishni o`rgatish kurslari

    • O`zbekistonda himoya qilingan dissertatsiyalarning avtorefaratlari. Ma`lumotlar SD va magnitli disklarda kutubxonaning lokal tarmog`i orqali yoki olimlar, aspirantlar va talabalarning buyurtmasiga ko`ra elektron pochta orqali taqdim qilish.

    2016-yilga obuna bo`lgan gazeta va jurnallar ro`yxati

    Jurnallar

    1. Agro biznes inform
    2. XXI  asr texnologiyalari
    3. O`zbekiston Respublikasi oily va xo`jalik sudi Axborotnomasi
    4. O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi
    5. Zvezda vostoka
    6. Sharq yulduzi
    7. Kutubxona uz
    8. Yoshlik
    9. Yosh kuch
    10. Bozor, pul va kredit. Рынок, деньги и кредит (o’zb,rus)
    11. O`zbekiston qishloq xo`jaligi
    12. Fuqarolik jamiyati
    13. Tafakkur
    14. Zamonaviy ta`lim
    15. O`zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to`plami
    16. O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to`plami
    17. pedagogika
    18. O`zbek tili va adabiyoti
    19. O`zbekiston tarixi
    20. Fizika, matematika va informatika
    21. Kitob dunyosi
    22. Bola va zamon
    23. Guliston
    24. Xalq ta`limi
    25. Ekologiya xabarnomasi
    26. Uzluksiz ta`lim
    27. Moziydan sado
    28. Jahon adabiyoti
    29. Ma`naviy hayot
    30. Soliq solish va buxgalteriya hisobi
    31. Saodat
    32. Преподавания языка и литературы
    33. Muhofaza+

     Gazetalar

    1. O`zbekiston adabiyoti va sa`nati
    2. Psixolog maslaxati
    3. Hurriyat
    4. Sog`lom avlod
    5. Adolat ko`zgusi
    6. Bekajon
    7. Vaziyat
    8. Голос Узбекистана
    9. Darakchi
    10. Jamiyat
    11. Inson va qonun
    12. Islom nuri
    13. XXI asr
    14. Kitob dunyosi
    15. Milliy tiklanish
    16. Mohiyat
    17. Народное слово
    18. Oila va jamiyat
    19. Правда востока
    20. Salimatlik sandig`i
    21. Xalq so`zi
    22. Qishloq hayoti
    23. O`zbekiston ovozi
    24. Ma`rifat
    25. Аргументы и факты
    26. Ovozi tojik
    27. Нурлы жол
    28. Turkiston
    29. Sirdaryo haqiqati
    30. Учитель Узбекистана
    31. Adolat
    32. Begoyim
    33. Huquq
    34. Guliston yangiliklari
    35. Qadriyat
    36. Молодежь Узбекистана
    37. Ishonch
    38. Sport
    39. Uzbekistan Today (инглиз тили)
    40. Uzbekistan Today (рус тили)
    41. Shifo-info

    Rossiya hamdo`stligi nashrlari jurnallar

          1. Библиотечное Дело

          2. Вопросы образования

          3. Вузовский вестник (газет 

          4. Инновации в образовании

          5. Дистанционное и виртуальное обучение

          6. Серия 9, Филология(16+)

          7. Серия 22,Теория перевода

          8. Серия 25. Международный Отношения и мировая политика

          9. Серия  19. Лингвистика и межкультурная коммуникация

         10. Литературная Россия  (12) (газета)

         11. Литература в школе с приложением уроки литературы

         12. Русский язык в школе (16+)

         13. Крестьянка (6+)

         14. Педагогические технологии

         15. Наука и жизнь (12+)

     



    Sahifani ko'rganlar soni: 33334

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    Harakatlar strategiyasi
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    29.01.2018 ШУ ЙИЛНИНГ 18 ЯНВАРЬ КУНИ АКТЎБЕ ВИЛОЯТИДА СОДИР БЎЛГАН ФОЖЕА МУНОСАБАТИ БИЛАН ЮРТДОШЛАРИМИЗГА МУРОЖААТ

    15.01.2018 Ўзбекистон давлат жаҳон тиллар университети ўқитувчиси Джон Симпсоннинг Гулистон давлат университетига ташрифи тўғрисида маълумот.

    12.01.2018 Гулистон давлат университетида 14 январь -“Ватан ҳимоячилари куни” муносабати билан “Миллий армия байрами – менинг байрамим” шиори остида байрам тадбири ўтказилди.

    4.01.2018 Diqqat Tanlov!

    25.12.2017 Гулистон давлат университетида ўтказилган “Янги йил мўъжизаси” лойиҳаси тўғрисида.

    18.12.2017 Гулистон давлат университети талабалари номдор стипендиялар соҳиблари бўлишди.

    16.12.2017 Гулистон давлат университети 16 декабрь куни «Педагогика» факультети «Педагогика ва психология» йўналиши 2-курс 45-16 гуруҳининг «Форобий авлодлари” ҳамда 46-16 гуруҳнинг “Истеъдод” жамоалари ўртасида “Ривожланиш психологияси.

    15.12.2017 Гулистон давлат университети маъмурияти эхтиёжлари учун (ректорат, деканат, бўлимларга) қўйдаги ахборот технология жихозларини харид қилиш тўғрисида эълон.

    15.12.2017 Гулистон давлат университети маъмурияти эхтиёжлари учун (ректорат, деканат, бўлимларга) қўйдаги ахборот технология жихозларини харид қилиш тўғрисида эълон.

    14.12.2017 Гулистон давлат унверситетига АҚШ атроф муҳитни ҳимоя қилиш агентлиги ходими Джонах Х.Шейн ташриф буюрди.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov