Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Bo`limlar >> Faoliyat >> Ilmiy
    Ilmiy tadqiqotlar

    Ilmiy tadqiqot ishlari

    Universitetda quyidagi yo`nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi: 1. Grant loyihasi asosidagi ilmiy tadqiqotlar;
    2. Innovatsion tadqiqotlar;
    3. O`zR FA tarmoq institutlari va OTM bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar;
    4. Ta`lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish;
    5. Dissertatsion ilmiy tadqiqotlar.

    o`qituvchilar Universitet olimlari tomonidan Respublikamizda ustivor bo`lgan ijtimoiy va iqtisodiy masalalarda, jumladan, sho`rlangan tuproqlarning unumdorligini oshirish, viloyat va Respublikada dolzarb bo`lgan g`o`za va kuzgi bug`doyning istiqbolli navlarini yaratish, qishloq xo`jalik ekinlariga ishlov beruvchi texnika vositalari ishchi organlarining samaradorligini oshirish, qishloq xo`jalik ekinlarini zararli hasharotlar va turli kasalliklardan saqlash hamda kimyoviy moddalardan foydalanish, yer sho`rlanishining oldini olish, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, ta`lim jarayoniga zamonaviy va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o`rta, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi, oliy ta`lim tizimlarida ta`lim sifatini va samaradorligini oshirish kabi yo`nalishlarda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
    o`qituvchilar Universitetda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kutubxonada ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan alohida bo`lim ajratilgan. Ushbu bo`limda ilmiy faoliyatga doir adabiyotlar, jurnallar, to`plamlar bilan bir qatorda ilmiy manbalarning elektron varantlari ham shakllantirilib borilmoqda.
    Universitet INTERNET orqali Respublikamizdagi nufuzli ilmiy markazlar, kutubxona va oliy o`quv yurtlari, xorijiy ta`lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqa o`rnatish imkoniga ega.
    o`qituvchilar Kafedralar tomonidan innovatsion tadqiqotlar yuzasidan olib borilgan ishlar zamonaviy informatsion jamiyat talablaridan kelib chiqib, ta`lim tizimiga zamonaviy informatsion va pedagogik texnologiyalarni keng ko`lamda tatbiq etishni rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, quyidagi ilmiy yo`nalishlar bo`yicha innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayapti:

      1. Ta`limni shakllantirish modelini yaratish;
      2. Zamonaviy ta`limning texnologiyasi va pedagogik asoslarini yaratish;
      3. Zamonaviy ta`lim tizimida masofaviy o`qitish usulining qo`llanilish muammolari;
      4. Zamonaviy ta`lim tizimida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning ilmiy-uslubiy asoslari;
      5. Tarbiya texnologiyasini yaratish muammolari;
      6. Ta`lim jarayonining dasturiy ta`minoti.

    Ushbu vazifalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarni tadqiq qilish va hal etishni markazlashgan holda yo`lga qo`yish maqsadida 2006 yilda "Pedagogik innovatsiya markazi" tashkil etildi.
    Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ko`maklashish, yosh tadqiqotchilar va talaba-yoshlarning ilmiy faoliyatini to`g`ri tashkil etishga yordam berish maqsadida universitet tarkibida dotsent B.Rahimov rahbarligida 2006 yildan boshlab Yosh olimlar kengashi faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Kengash tomonidan yosh tadqiqotchilarga ilmiy mavzularni tanlash, mavzu yuzasidan tadqiqot natijalari to`g`risidagi materiallarning mutaxassis olimlar ishtirokidagi muhokamalarini tashkil etish, ilmiy seminarlar o`tkazish va boshqa ishlar bajarib kelinmoqda.
    o`qituvchilar 2008 yilda barcha turdagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga amaliy yordam ko`rsatish, tadqiqotchi va izlanuvchilarning faoliyatini tartibga solish, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish kabi qator ishlarni markazlashgan holda amalga oshirish maqsadida Ilmiy tadqiqotlarni Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi. Kengash faoliyatiga texnika fanlari doktori, professor K.K.Nuriyev rahbarlik qilmoqda.
    Universitetda grant loyihalari bo`yicha 40 nafardan ortiq tadqiqotchilar ish olib borishmoqda. Hozirgi kunda Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 4 ta Respublika va hamkorlikda 2 ta xalqaro grant loyihalari bajarib kelinmoqda.
    o`qituvchilar 2006 yildan boshlab universitet qoshida viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ilmiy asosda hal etish maqsadida "Mintaqaviy tadqiqot markazi" tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu markaz qishloq xo`jaligi masalalariga oid muammolar ustida fermer xo`jaliklari bilan birga amaliy ishlarni olib bormoqda.
    Xalqaro hamkorlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar ICARDA - xalqaro tashkiloti, Suv resurslari xalqaro instituti, O`simliklarning genetik resurslari xalqaro institutlari bilan olib borilmoqda.
    o`qituvchilar "Umumiy biologiya" kafedrasining Suv resurslari xalqaro instuti (IWMI) bilan hamkorlikda "Fitomeliorativnye podxody dlya uluchsheniya sostoyaniy pochv v usloviyax Golodnoy stepi" mavzusida tayyorlagan loyihasi Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilib, 2005 yildan amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur kafedra IPGRI xalqaro tashkilotining "Soxranenie dikix sorodichey i ustoychivoe razvitiye" loyihasiga partner sifatida qabul qilindi.
    Ushbu hamkorlik ishlari natijasida IKARDA, IVMI, IPGRI, IKBA xalqaro tashkilotlari koordinatorligida 2006 yil 28-29 avgust kunlari Respublika miqyosida birinchi marta "Sho`rlangan yerlarni qayta tiklash texnologiyasi" ko`rgazmasi va "Mirzacho`l sharoitida qishloq xo`jaligini barqaror rivojlantirish" forumi o`tkazildi. Ko`rgazmada 27 ta turli tashkilotlar, ilmiy markazlar va oliy o`quv yurtlari olimlari tomonidan yaratilgan yangiliklar namoyish etildi. Ko`rgazmada 600 nafardan ortiq fermerlar ishtirok etishdi.
    Universitetning Tempus dasturi loyihasi bo`yicha Yevropa ta`lim fondi tomonidan ma`qullangan 380620 yevro qiymatidagi "CFEP: O`rta maxsus ta`lim muassasalari o`qituvchilarini qayta tayyorlash markazi" IB_JEP-25174 -2004 loyihasida universitet Pyer Mendes nomli Grenobl universiteti (Fransiya), Bryussel universiteti (Belgiya), Masarik universiteti (Chexiya), Toshkent davlat pedagogika universiteti, "Iste`dod" jamg`armasi bilan hamkorlikda ishtirok etgan loyiha ishlari yakunlandi. Loyihaning yevropalik koordinatorlari yangi loyiha ustida ish boshlash takliflari bilan chiqmoqdalar.
    Universitet kafedralari 30 dan ortiq Respublika FA tarmoq institutlari va oliy ta`lim muassasalari bilan o`zaro hamkorlik shartnomalari asosida faoliyat yuritadi.
    Har yili universitet professor-o`qituvchilari tomonidan 5-6 ta monografiya, 25 dan ortiq o`quv va ilmiy-uslubiy qo`llanmalar nashr ettiriladi. Shuningdek, 600 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar ilmiy jurnallarda hamda anjumanlarning tezislar to`plamlarida chop ettiriladi. Xorijiy davlatlarning ilmiy jurnallariga 30 ga yaqin va xalqaro anjumanlarga 60 dan ortiq ilmiy maqolalar taqdim etiladi.
    Universitet bazasida muammoli mavzularda Respublika miqyosidagi turli anjumanlar o`tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2008 yil davomida 3 ta universitet va 5 ta respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, 2 ta respublika miqyosidagi ilmiy seminar, 2 ta ilmiy ishlar tanlovi o`tkazildi.
    Universitet professor-o`qituvchilari tomonidan 2008 yilda Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 30 dan ortiq amaliy va innovatsion xarakterdagi ilmiy grant loyihalari tayyorlab topshirildi. Yil davomida jami 60 dan ortiq ilmiy loyihalar turli tanlovlarga taqdim etildi.



    Sahifani ko'rganlar soni: 23365

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    17.11.2017 (, , ) қ .

    16.11.2017 - ҳ қ .

    15.11.2017 Ғ ҚҚȨ .

    13.11.2017 Guliston davlat universitetida "Mehrjon bayrami" bo`lib o`tdi.

    09.11.2017 100 ғ қ .

    09.11.2017 2017-2018 -қ

    7.11.2017 Doktorantura-2018 yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni togrisida malumot

    28.10.2017 Yosh liberallar klubi tashkil etildi

    26.10.2017 Sirdaryo viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tadbir bolib otdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov