Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Abituriyent 2017 >> Abituriyentga eslatma
    ABITURIYENTGA ESLATMA

     Abituriyent o`qishga kirishdan oldin ta`lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

    ta`lim yo`nalishi, o`qitish tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta`lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma`lumoti yo`qligi hamda test sinovlarini o`tkazish qoidalari va javoblar varag`ini to`g`ri to`ldirish bilan tanishganligi ko`rsatiladi); o`rta yoki o`rta maxsus ma`lumot haqidagi hujjatning aslini; 086/U-shakldagi tibbiy ma`lumotnomani; pasporti nusxasini; 3,5x4,5 sm (pasportdagi kabi) hajmdagi 6 ta fotosuratni; xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g`oliblariga o`qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning aslini.

    Muddatli harbiy xizmatni o`tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo`lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta`lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

    Maxsus sirtqi bo`limlarga o`rta maxsus ma`lumotga va tegishli ta`lim turi bo`yicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo`lgan pedagog kadrlar, jumladan bolalar sporti murabbiylaridan hujjatlar qabul qilinadi.

    Maxsus sirtqi bo`limlarga kiruvchilardan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirmasi talab etiladi.

    Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko`rsatadi.

    Abituriyent hujjatlarining to`liqligi tekshirilgandan so`ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi.

    Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.

    Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi.

    Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to`g`risida tilxat beriladi.

    Abituriyentlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar («Ta`lim to`g`risida»gi qonun, 14-modda).

    Abituriyent 26-iyuldan qabul komissiyasi tomonidan e`lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o`rganib, test topshiradigan binoning qayerda joylashganligi,

    auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.

    Abituriyentlar guruh tartib raqami (auditoriya tartib raqami bilan mos) ko`rsatilgan ruxsatnomani 27-iyuldan boshlab ta`lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.

    Kunduzgi, maxsus sirtqi ta`lim yo`nalishlari bo`yicha test sinovlari, Qabul to`g`risidagi nizomga asosan 3 tilda, o`zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog`iston respublikasida) va rus tillarida, O`zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10*-iyul va 1-avgust kuni bir vaqtda o`tkaziladi (*bilan ko`rsatilgan sana harbiy oliy ta`lim muassasalariga tegishli).

    Test sinovlari o`tkaziladigan kuni abituriyentlarni binoga kiritish soat 7.30 da boshlanadi. Abituriyent binoga kirishda ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko`rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abituriyentlar o`z guruhlari raqamiga mos raqamlangan auditoriyaga kiradilar.

    Qabul komissiyasi test sinovlari o`tkaziladigan binoga abituriyentlar tomonidan mikrokalükulyator, lug`at, jadval, kitob, uyali telefon, aloqa vositalari, shpargalka va shu kabilarini olib kirish harakatini aniqlagan xolda abituriyentning ruxsatnomasi olib qo`yiladi, dalolatnoma yoziladi (ixtiyoriy shaklda) unga OTM qabul komissiya a`zosi imzo qo`yadi. Abituriyent test sinovlariga qo`yilmaydi.

    Test jarayoni boshlangandan so`ng (8.30 dan keyin) abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.

    Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo`shimcha test sinovlari o`tkazilmaydi.

    Abituriyent test sinovlarini ta`lim muassasasida o`qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.

    Oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartiblari bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan quyidagi Nizom orqali tanishishingiz mumkin: «Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartibi to`g`risida» Nizom



    Sahifani ko'rganlar soni: 14527

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    28.06.2017 “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi

    21.06.2017 Guliston davlat universitetida qabul jarayoni qizg’in ketmoqda

    14.06.2017 Inobat Shirinovaning 60 yosh yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi o’tkazildi

    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi

    06.06.2017 “Munozara” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Zukko kitobxon” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Kamolot oltin to’pi” musobaqasi bo’lib o’tdi.

    05.06.2017 Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi

    05.06.2017 “Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni”gà bag’ishlab “Men tabiat bilan birgaman” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov