Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Qo'shimcha menyu
  • Ilmiy laboratoriyalar
  • Innovatsion loyihalar, g`oyalar va texnologiyalar
  • Iqtidorli talabalar
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
  • Yosh olimlar kengashi

  • Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Bo`limlar >> Ilmiy bo`lim
    Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi

    Bo`lim boshlig`i: Turdiqulov Toyirqul Turdiqulovich

    E-mail: 

    Ishchi telefon: +998 (67) 225 36 45

    Ilmiy bo’lim universitet tarkibida oliy o’quv yurti tashkil etilgandan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Ilmiy bo’limga 1992-1995 yillarda A.Pozilov, 1995-1999 yillarda Sh.Majidov, 1999-2002 yillarda F.Musurmonqulov, 2002-2010 yillarda A.Aralov, 2010-2013 yillarda H. Yodgorovlar rahbarlik qilishgan.

    2013 yildan boshlab Ilmiy bo’limni «Dastlabki qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi dotsenti Turdiqulov Toyirqul Turdiqulovich boshqarib kelmoqda.

    Ilmiy bo’lim tarkibida stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar instituti, “ Yosh olimlar kengashi”, iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalar ilmiy jamiyati mavjud. Bo’lim o’z faoliyatida universitetning ilmiy, ilmiy-tadqiqot, tajriba-tadqiqot ishlarini tashkil etishga rahbarlik qilib keladi. Fakultet va kafedralar bilan birgalikda iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularning ilmiy yo’nalishdagi faoliyatini o’rganadi va nazorat qiladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlarni universitet stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutiga qabul ishlarini tashkil etadi, shuningdek, talabgorlarni Respublika oliy o’quv yurtlari stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutiga yo’llaydi. Ilmiy–tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlar, stajyor, tadqiqotchi va talabalarni Respublika oliy o’quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot yo’nalishi bo’yicha faoliyatini davom ettirishga yo’llaydi. Universitet va Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlarni tashkil etadi va universitetning ilmiy yo’nalishdagi tadbirlari, fan olimpiadalarini, ko’rik-tanlovlarni o’tkazishga rahbarlik qiladi. Talabalar ilmiy jamiyati, kafedralar qoshida tashkil etilgan «Kichik maktab»lar faoliyatini nazorat qiladi.

    Universitetning fakultet va kafedralarida ixtisoslik hamda yo’nalishlar bo’yicha ilmiy faoliyat professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar ishtirokida olib boriladi va universitetning iqtidorli talabalari, talabalar ilmiy jamiyati (akademiyasi), talabalar konstruktorlik byurosi, kafedralar qoshidagi «Kichik maktab» a’zolari ilmiy faoliyatga jalb etiladi.

    Universitetda 1993 yildan buyon stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar instituti faoliyat ko’rsatib kelmoqda. stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orqali universitetning 10 nafardan ortiq tadqiqotchilari nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoyadan o’tazishdi. Ilmiy bo’lim tomonidan tadqiqot ishlari bo’yicha ko’rsatilgan amaliy yordamlar tufayli 60 nafardan ortiq tadqiqotchilar dissertatsiya ishlarining himoyalarini muvaffaqiyatli yakunlashgan. Hozirgi kunda mavjud 4 ta ixtisoslik bo’yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida 12 nafar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar tahsil olmoqda.

    Tashkil etilgan magistratura yo’nalishlari bo’yicha 45 nafarga yaqin magistrlar tayyorlandi. 2009 yildan boshlab universitetda magistratura yopilgan.

    Bo’limda ishlab chiqilgan «Iqtidorli talabalar tanlovini o’tkazish Nizomi» asosida talabalar safidan iqtidorlilarini aniqlash, ta’lim sohasidagi davlat va jamg’armalar stipendiyalariga nomzodlarni tanlash, «Talabalar ilmiy jamiyati», kafedralar qoshidagi yosh olimlar, o’qituvchilar, talabalar, maktab o’qituvchilari va o’quvchilarini birlashtirgan «Kichik maktablar» faoliyatini tashkil etish kabi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

    Ilmiy-tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalariga muvofiq har yili Respublika va Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar o’tkazib kelinadi. Anjumanlarda Respublika ta’lim tizimidagi, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-tarbiyaviy hayotidagi, qishloq va xalq xo’jaligidagi, fan va texnika taraqqiyotidagi dolzarb muammolar, ularni bartaraf etish yo’llari va echimlari yuzasidan turli masalalar muhokama etilgan. Ularda asosiy e’tibor Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va rivojlanishiga qaratilgan.

    Universitetda har yili aprel-may oylarida ilmiy bo’lim rahbarligida o’tkaziladigan professor-o’qituvchilar va talabalarning an’anaviy ilmiy-nazariy konferentsiyasida o’rtacha 600 nafarga yaqin talaba, 250 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar, viloyat ta’lim muassasalarining 100 nafardan ortiq ilg’or o’qituvchilari o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelishadi.

    Xalqaro miqyosda o’tkazilgan anjumanlarda Frantsiya, Germaniya, Belgiya, Gollandiya, AQSh, Avstraliya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Shri Lanka va shu kabi qator xorijiy davlatlarning ilmiy markazlari va oliy o’quv yurtlari vakillari ishtirok etishgan. 2000-2012 yillar davomida 120 ga yaqin davlatlarning vakillari ilmiy va o’quv-metodik masalalarni rivojlantirish maqsadida universitetga tashrif buyurishgan.

    Bugungi kunda Guliston davlat universiteti Frantsiyaning Grenobl universiteti, Belgiya, Chexiya, Slovakiya, Ispaniya, Xitoy davlatlari va Rossiya FA qoshidagi ilmiy markazlar hamda Moskva davlat universiteti, Astraxan qishloq xo’jalik universiteti, Tyumen davlat universiteti, ICARDA, ICBA, IWMI, IPGRI xalqaro tashkilotlari va boshqa bir qator o’quv-ilmiy markazlar bilan o’rnatilgan hamkorlik aloqalari asosida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.Shuningdek, universitetda ta’lim-tarbiya, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-axloqiy tarbiya, nafosat va boshqa masalalardagi mavzularda ko’rgazmalar, tanlovlar ham o’tkazib kelinadi.

    Universitetning ilmiy kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi

    Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash kafedra qoshida tashkil etilgan kichik maktab, talabalar Ilmiy jamiyati, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar instituti orqali amalga oshirilib, ilmiy bo’lim tomonidan boshqariladi.

    Universitetda 7 nafar fan doktorlari, 100 nafardan ortiq fan nomzodlari, 12 nafar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, va 150 nafardan ortiq pedagogik xodimlar turli mavzulardagi ta’lim, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish, adabiyot va san’at sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 2000-2010 yillar davomida universitetda 5 ta doktorlik, 40 yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

    2011 yilda 1ta doktorlik, 10 ta nomzodlik dissertatsiyalari qimoya o’ilindi.

    Universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyati

    Universitetda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 31 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son qarorini samarali amalga oshirish yuzasidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to’g’risida”gi 07-07G’1-342-son topshirig’i va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 3 yanvardagi 1-son buyrug’i ijrosini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning korporativ hamkorligi, innovatsion va texnologik rivojlanishni boshqarish, mamlakatimizning strategik maqsadlarini ta’minlash va barcha yo’nalishlarda erkin raqobatni yo’lga qo’yish imkoniyatini beradi. Bu bir tomondan ishlab chiqarish mamlakatimizda ilm va texnologiya o’sishining dinamikasiga imkoniyat yaratsa, ikkinchi tomondan ilm va texnologiya ishlab chiqarishning rivojlanishini, hamda zamonaviylashishini ta’minlaydi.

    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va uning muassasalari juda katta imkoniyat va ilmiy potentsialga ega bo’lib, ta’lim, fan va ishlab chiqarish hamkorligini amalga oshirish orqali hukumatimiz ko’magida oldiga qo’yilgan vazifalarni samarali tashkil etish, yurtimiz taraqqiyotini yuksaltirishda muhim soha bo’lib xizmat qilmoqda. Shu maqsadda universitetda 2012 yilning 3-choragi davomida ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi va yutuqlarga erishildi.

    Universitet nufuzi va ta’lim sifatining samaradorligi kafedralarning ilmiy salohiyati va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining mohiyatiga bog’liq. Shuning uchun o’tgan muddat ichida barcha kafedralar kesimida professor-o’qituvchilarning salohiyati tahlil etilib, ilmiy salohiyatini ko’tarish bo’yicha chora va tadbirlar belgilandi va 2012 yilda 32 ta nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchilar faoliyati monitoringi olib borilmoqda hamda bir necha marta rektor huzurida faoliyatlari muhokama qilindi.

    Kafedralarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining “Innovatsiya 2012” ko’rgazmasi (20-21 aprel) tashkil etilib, “Innovatsiya 2012” innovatsion ishlanmalar to’plami shakllantirildi.

    2012 yilning 20-21 aprelida ikkinchi marta universitet bazasida “Innovatsiya 2012: ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasida innovatsion hamkorliklar” mavzusida Respublika ilmiy –amaliy anjumani o’tkazildi. Seminar –treningda respublikada faoliyat ko’rsatayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar prorektorlari va ilmiy markazlar direktorlari ishtirok etdilar. Universitetda o’tkazilgan ko’rgazma va seminar treningga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yuqori baho berildi. Bugungi kunda universitetda tashkil etilgan seminar trening va ilmiy ishlar natijalarining “Innovatsiya 2012” ko’rgazmasi respublika miqyosda ommalashtirilgan holda regionlarda o’tkazilmoqda.

    Universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida xo’jalik shartnomalar tuzish, ishlab chiqarishga tavsiya etish maqsadida 3 5 may kunlari “Innovatsion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar 5 Respublika Yarmarkasi”da universitetdan 30 dan innovatsion ishlanma namoyish etilib, ishlab chiqarish korxonalari bilan 561 million 600 ming so’mlik xo’jalik shartnomalari imzolandi.

    Yarmarkada Guliston davlat universitetidan 25 nafar talabalari o’zlarining ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.Shundan 3 nafar talaba Fan va texnologiyalar qo’mitasi tomonidan taqdirlandilar. Shuningdek, yarmarkada universitet professor o’qituvchilari faol ishtirok etdilar.

    29-30 may kunlari Sirdaryo viloyatida mintaqaviy yarmarkada 27 ta ishlanma namoyish etilib, viloyat hokimi tomonidan yuqori baholandi va 1 darajali nominatsiya diplomi hamda qimmatbaho sovg’alar berildi.

    Hisobot davrida 1 ta fundamental (77,769 mln so’m), 2009-2011 yillarda 2 ta amaliy (249,106 mln so’m), 2011 yilda 1 ta innovatsion (20,022 mln so’m) loyihalar bajarilgan bo’lsa, bugungi kunda universitet kafedralarida 2012-2014 yillarga mo’ljallangan 3 ta fundamental (2012 yildagi moliyaviy mablag’i 74 mln so’m), 2012-2014 yillarga mo’ljallangan 4 ta amaliy (180,548 mln so’m), 2012 va 2012-2013 yillarga mo’ljallangan 3ta innovatsion (84,6 mln so’m) loyihalar bajarilmoqda.

    Loyihalarning tayyorlanishi, bajarilish holati universitetda faoliyat ko’rsatayotgan Mintaqaviy Tadqiqot Markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Loyihalarning bajarilish holati tizimli tarzda Ilmiy- texnik kengashda muhokama qilinadi va ilmiy texnik kengash qarorlari universitet Ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan holda xulosa qilinadi. Shuningdek, loyihalarning moliyaviy mablag’i va ularning sarflanishini hisob-kitob qilish va nazorati ilmiy tadqiqo ishlari bo’yicha ajratilgan hisobchi tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Universitetda ta’lim sifatigni olib borish bilan bog’liq holda olib borilgan tadqiqotlar ham bugungi kunda o’z samarasini bermoqda. Bu “Bioxilma-xillikni saqlash va rivojlantirish muammolari” mavzusida 2012 yilning 30-31 mart kunlari universitet bazasida o’tkazilgan respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman natijalarida ham o’z ifodasini topdi. Buni anjumanda respublikaning ko’pgina OTMdan kelgan professor-o’qituvchi va OTM rahbarlari tomonidan berilgan bahoda ham ko’rish mumkin.

    Universitet nufuzini tayyorlanayotgan mutaxassislar asosida ham ko’rsatib borish hamda salohiyatni tizimli tarzda yashartirib borish maqsadida iqtidorli talabalar faoliyatiga ham alohida e’tibor berildi. Har bir professor o’qituvchilarga 2 tadan talaba biriktirilib, ularning faoliyatlari monitoring qilib borilmoqda. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Audio-video” laboratoriyasi a’zosi, iqtidorli talaba Najmiddinov Dilshod Norvegiyada 2013 yilda o’tkaziladigan Xalqaro talabalar festivaliga taklif etildi.Shu kafedra qoshidagi “Tarjimonlar” guruhi a’zosi, iqtidorli talaba A’zamxonova Nurxon DAAD tashkilotining ikki haftalik o’quv kursida nemis tili bo’yicha qatnashdi. Guruhning yana bir a’zosi Rustamova Xurshida “Kelajak ovozi” tanlovida ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi.

    Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetning Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 4-kurs talabasi Yakubov Fazliddin Navoiy nomidagi, fizika-matematika fakulteti matematika yo’nalishining 3-kurs talabasi Bahromov Jasurbek Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldilar.

    Bugungi ilmiy tadqiqotlarni ilmiy laboratoriyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Universitetda tashkil etilgan 9 ta ilmiy laboratoriya ilmiy hamkorliklarni yo’lga qo’yish va mahalliy muammolarni o’rganish va echimini topishga qaratilgandir. Mazkur laboratoriyalarga etuk professorlar va dotsentlar rahbarlik qilmoqdalar.

    1. Tuproq va o’simliklar kimyosi, Umumiy kimyo kafedrasi

    2. Organik moddalar kimyosi, Umumiy kimyo kafedrasi

    3. Zamonaviy axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq etish, Amaliy matematika va informatika kafedrasi

    4. Eksperimental biologiya, Umumiy biologiya kafedrasi

    5. O’simliklar ekologiyasi, Umumiy ekologiya va geografiya kafedrasi

    6. Resurs tejovchi va yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalar ishlab chiqish, QXMQI va ICHT kafedrasi

    7. Pedagogik innovatsiya markazi: 1-laboratoriya, 2-laboratoriya, 3-laboratoriya, Pedagogika va pisixologiya kafedrasi

    8. Yarimo’tkazgichlar va geliofizika ilmiy laboratoriyasi, Umumiy fizika kafedrasi

    9. Trasalogiya ilmiy laboratoriyasi, Tarix kafedrasi

    Ushbu laboratoriyalarga mustaqil tadqiqotchilar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va iqtidorli talabalar jalb qilinishi bilan birga ishlab chiqarish korxonalari va muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy amaliy ishlar asosida ulardan ham xodmi va mutaxassislar jalb etilgan. Bu ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyaning rivojlanishi uchun muhim bir asos bo’lib xizmat qiladi.

    Laboratoriyalar faoliyati va olib borilgan ITI asosida bu yil 10 ta ilmiy loyiha bo’yicha tadqiqot olib borishga erishildi.

    Universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va nazoratini amalga oshirish bo’yicha “Ilmiy-texnik kengash” faoliyati yo’lga qo’yildi, “ilm orqali bilim” tamoili amaliyotga tatbiq etilmoqda.



    Sahifani ko'rganlar soni: 12509

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    28.06.2017 “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi

    21.06.2017 Guliston davlat universitetida qabul jarayoni qizg’in ketmoqda

    14.06.2017 Inobat Shirinovaning 60 yosh yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi o’tkazildi

    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi

    06.06.2017 “Munozara” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Zukko kitobxon” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Kamolot oltin to’pi” musobaqasi bo’lib o’tdi.

    05.06.2017 Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi

    05.06.2017 “Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni”gŕ bag’ishlab “Men tabiat bilan birgaman” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov