Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Talabalar uchun >> Baholash tizimi
    Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`grisida yo`riqnoma

    Mazkur Yo`riqnoma O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`grisida" qaroriga xamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2009 yil 11 iyuldagi 204-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan xamda Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 10-iyulda 1981-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan "Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risidagi Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. U Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimining joriy etilishini tartibga soladi.

    I.Umumiy qoidalar

    1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o`zlashtirishida bo`shliqlar hosil bo`lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

    2. Reyting tizimining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

    talabalarda Davlat ta`lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko`nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

    talabalar bilimi, ko`nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta`lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta`minlash;

    fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o`zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

    talabalarda mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari va elektron manbalardan samarali foydalanishni tashkil etish;

    talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma`lum qilish;

    talabalarning fanlar bo`yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta`minlash;

    o`quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga, ya`ni ma`lumotlar bazasini shakllantirishga sharoit yaratish.

    3. Fanlar bo`yicha talabalar bilimini baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

    4. Fanlar bo`yicha reyting nazoratlari jadvali har bir prof-o`qituvchi tomonidan fan dasturi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nazorat turi, soni va ularni o`tkazish muddatlari, baxolash mezonlarini o`z ichiga olgan holda ishlab chiqiladi.

    Baholash tartibi va mezonlari

    1. Talabalarning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

    2. Har bir fan bo`yicha talabaning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

    Ushbu 100 ball nazorat turlari bo`yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan joriy oraliq va yakuniy nazoratlarga taqsimlanadi:

    yakuniy nazoratga 15 ball;

    joriy va oraliq nazoratlarga - 85 ball

    fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan taqsimlanadi.

    3. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo`yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo`yicha o`zlashtirish darajasi 100 ballik tizimda baholanadi.

    4. Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichini nazorat qilishda quyidagi? mezonlar? tavsiya etiladi:

    a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

    xulosa va qaror qabul qilish;

    ijodiy fikrlay olish;

    mustaqil mushohada yurita olish;

    olgan bilimlarini amalda qo`llay olish;

    mohiyatini tushunish;

    bilish, aytib berish;

    tasavvurga ega bo`lish.

    b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

    mustaqil mushohada yurita olish;

    olgan bilimlarini amalda qo`llay olish;

    mohiyatini tushunish;

    bilish, aytib berish;

    tasavvurga ega bo`lish.

    v) 56-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

    mohiyatini tushunish;

    bilish, aytib berish;

    tasavvurga ega bo`lish.

    g) Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-55 ball bilan baholanishi mumkin:

    aniq tasavvurga ega bo`lmaslik;

    javoblarda xatoliklarga yo`l qo`yilganlik;

    bilmaslik.

    5. Professor-o`qituvchilar tomonidan muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo`yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga etkaziladi.

    6. Yakuniy nazoratlar uchun baxolash mezonlari va topshiriqlari kafedralar tomonidan ishlab chiqilib, fakultetlar Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

    7. Talabalarning o`quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

    8. Talabaning fan bo`yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:

    bu erda:

    V - semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda);

    O`- fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).

    9. Fan bo`yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan balning 55 foizi saralash bali etib belgilanadi.

    Joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning saralash bali 55 foizdan ortiq ball to`plagan barcha talabalar ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.

    Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo`yicha saralash balidan yuqori ball to`plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to`plangan ballarga qo`shiladi. Aks holda talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichi faqat joriy va oraliq nazoratlarning ballari yig`indisidan iborat bo`ladi.

    10. Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yigindisiga teng.



    Sahifani ko'rganlar soni: 23737

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    17.11.2017 (, , ) қ .

    16.11.2017 - ҳ қ .

    15.11.2017 Ғ ҚҚȨ .

    13.11.2017 Guliston davlat universitetida "Mehrjon bayrami" bo`lib o`tdi.

    09.11.2017 100 ғ қ .

    09.11.2017 2017-2018 -қ

    7.11.2017 Doktorantura-2018 yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni togrisida malumot

    28.10.2017 Yosh liberallar klubi tashkil etildi

    26.10.2017 Sirdaryo viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tadbir bolib otdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov