Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> Universitet haqida >> Bo`limlar >> Devonxona va arxiv bolimi
    Devonxona va arxiv bolimi

    Devonxona va arxiv bo’limi — universitetning strukturaviy qismi hisoblanadi.

    Devonxona va arxiv bo’limi o’z faoliyati davomida O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini yanada mustahkamlash to’g’risida»gi 12-sonli, 1999 yil 29 martdagi «O’zbekiston Respublikasi mahalliy davlat organlarida ish yuritish bo’yicha normativ hujjatlarni hamda ijro intizomi bo’yicha Yo’riqnomani tasdiqlash to’g’risida»gi 140-sonli hamda O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rtamaxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 21 maydagi 195-sonli buyrug’i  asosida ish yuritadi.

    Devonxona va arxiv bo’limi zimmasiga: hujjatlarni ijrochilarga etkazish qismlaridan tashkil topgan.

    Devonxona va arxiv bo’limi o’z ishini vazirlik, viloyat, shahar xokimliklari, viloyat boshkarmalari va tashkilotlari, universitet prorektorlari, bo’limlari, dekanatlari, kafedralari bilan birgalikda olib boradi.

    E-mail: GulDU_devon@edu.uz

    Devonxona va arxivbo’limivazifalari:

    Universitetning Devonxona va arxiv bo’limi zimmasiga quyidagi vazifalar kiradi:

    universitet tarkibiy kismlarida ish yuritishni to’g’ri tashkil qilish;

    rektor topshirig’iga asosan universitet xodimlarini O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Respublika Oliy Majlisi hujjatlari, Respublika Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari boshqa Prezident devoni hamda Respublika vazirlik, idora va tashkilotlaridan kelgan hujjatlar bilan tanishtiradi.

    Yangi ishga kelgan xodimlarni ish yuritish bo’yicha Yo’riqnoma, ichki mexnat tartibi va ish yuritish bo’yicha boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi;

    Universitet xodimlari bilan birgalikda rektor buyruk, farmoyish va javob xatlari loyihalarini sifatli tayyorlashga ko’maklashadi;

    Universitetga kelib tushayotgan barcha hujjatlari nusxalarini tegishli mas’ul xodimlarga etkazishni tashkil kiladi;

    Universitetda ish yuritishni davlat tilida olib borilishini, kompyuterlashtirilishini, kelgan axborotlarni qayta ishlanishini hamda ish yuritish madaniyatini oshirilishini ta’minlaydi;

    Hujjatlarni doimiy taxlil kilish hamda raxbariyatga tayyorlanadigan me’yoriy hujjatlarning sifatini oshirish, hujjatlar aylanma xarakatini kamaytirish yuzasidan takliflar kiritish;

    Raxbariyat tomonidan nazorat qilinadigan hujjatlar: O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Farmon, farmoyishlari, Oliy Majlis qaror, topshiriqlari, qonunlar, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Xay’at qarorlari, modemnomalari , viloyat xokimi qaror, farmoyishlari, Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiya qarorlari,  hamda fuqarolar taklif va arizalarini o’z vaqtida ko’rib chiqilishini tashkil qiladi;

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlisi hamda vazirlik va idoralar tomonidan so’ralgan axborotlarni o’z vaqtida etkazilishini nazorat  qiladi;

    Universitetda  fuqarolar yozma va og’zaki murojaatlarining o’z vaqtida ko’rib chiqilishi ustidan nazorat o’rnatadi;

    Universitetda hujjatlar saqlanishini ta’minlash va nazorat qilish, hujjatlar nomenklaturasini tuzish;

    Devonxona va arxiv bo’limi mudiri

    Devonxona va arxiv bo’limi mudiri— lavozimi va o’z xuquqlaridan kelib chikib, devonxona va arxiv bo’lim zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga shaxsiy javobgardir:

    topshirilgan vazifasiga qarab xar bir xodimning ish faoliyati darajasini belgilaydi;

    Devonxona va arxiv bo’limi ishini rejalashtiradi;

    Ish yuritishni tashkillashtirish yuzasidan universitetning barcha bo’limlari mudirlari faoliyatini muvofiklashtiradi;

    Raxbariyat   ko’rsatmasiga   asosan    yig’ilishlarda ishtirok etadi;

    Universitet bo’limlarida ish yuritishni tug’ri tashkil etish bo’yicha javobgardir.

    Devonxona va arxiv bo’limi mudiri universitetga kelib tushgan rektorga kiritiladigan korrespondentsiyani ro’yxatga oladi, topshiriq loyihasini tayyorlaydi va rektor yordamchisiga topshiradi.

    Yo’rinomaga asosan rektor    buyruqlarini va farmoyishlarining to’g’ri kayd etilishini ta’minlaydi:

    Hujjatlar loyihasini tayyorlayotgan xodimlarga buyruq, va farmoyishni tayyorlash tartibi bo’yicha tushuntirish beradi;

    Imzolangan buyruq, va farmoyishlarni kayd daftariga kiritadi;

    Nusxalarga umumiy bo’lim muxrini bosib, tarqatish varakasiga mos holda hujjatlarni ijrochilarga etkazuvchi mutaxassisga topshiradi;

    Tarkatib bo’lgan va tarqatish varaqasida qayd qilingan holda hujjat asl nusxasini tegishli jildga tikib boradi.

    Xar chorakda maxsus shakl asosida ijro qilingan hujjatlarni taxlil qiladi va vazirlikka hisobotlar yuboriladi.

    Nazorat kiluvchi mas’ul nazoratga olinadigan hujjatlar va bandlarni kat’iy hisobga olinishini ta’minlaydi, ijrochilarga rezolyutsiyaga muvofik, nazorat varaka va eslatmalar beradi.

    Kompyuter dasturining "Nazorat" dasturida ish yuritadi, nazorat kartochkalari chikaradi.

    Devonxona va arxiv bo’limining hujjatlar nomenklaturasini tayyorlaydi, muvofiklashtiradi va unga qarab ish yuritadi.

    Devonxona va arxiv bo’limi muxr va shtamplarining saqlanishiga javob beradi,

    Raxbariyatga    doimiy    ravishda   xat,    ariza    va    shikoyatlarning   ko’rib chiqilishi natijalari to’g’risida axborot berib boradi.

    Universitet bo’yicha fuqarolarning xat, ariza va shikoyatlarining ko’rib chikilishi yuzasidan chorak, yarim yillik hamda yillik taxlillar va ma’lumotlarni tayyorlaydi.

     Ish yurituvchi vazifalari:

    Kelgan hujjatlarni qabul qilish va birlamchi kayta ishlash bilan shug’ullanadi:

    paketlarni ochadi,  buzilmaganligini va manzilning to’g’riligini tekshiradi;

    kelgan hujjatlarni kayd qiladi, Kompyuterga tushiradi va nazorat kartochkalari yuritadi;

    qayta ishlangan hujjatlarni yana bir bor ko’rib chiqish uchun  bo’lim mudiriga togshiradi;

    hujjat rezolyutsiyasini kayd varaqasiga ko’chiradi va ijrochilarga bir nusxa varakaga imzolatib xujjatni topshiradi;

    ikki va undan ortiq ijro etuvchi bo’lgan xolatda hujjat va rezolyutsiyadan keraklicha nusxa ko’paytirib, ijrochilarga etkazadi;

    Umumlashtirgan xolda universitetning barcha chiqish xat va hujjatlarini tayyorlaydi:

    jo’natilayotgan xatlar va hujjatlarni kayd qiladi;

    hujjatlarni konvertlashdar oldin to’g’ri rasmiylashtirilganligini, ilovasi to’g’riligini tekshiradi;

    elimlab yopilgan paketlarga reestr (tarqatish varaqasi) tayyorlaydi hamda feld’egerlik xizmati xodimiga topshiradi. Bir nusxa reestrni olinganligi to’g’risidagi imzo va belgisi bilan tikib qo’yish uchun olib koladi.

    Ijro xatlarini qabul qiladi, ijro etilgan xatlarni qayd qilib boradi.

    Bajarilgan hujjatlarni nomenklaturaga asosan belgilangan ish jildlariga joylaydi va tikib boradi.

    Yopilgan hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlaydi.



    Sahifani ko'rganlar soni: 16883

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    18.09.2017 Z.Zikriyaev "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi

    16.09.2017 Diqqat tanlov!

    13.09.2017 Talim jarayoni sifatiga noananaviy metodlar ahamiyatini bilasizmi?

    09.09.2017 Energiyani tejamkor chiroqlar-chontakka foyda

    08.09.2017 Algebra fanining asoschisi

    02.09.2017 Universitetida Fidoying bolgaymiz seni, Ozbekiston!goyasini mujassam etgan tadbir otkazildi

    02.09.2017 Sirdaryo viloyati hokimi universitet 1-kurs talabalariga Mustaqillik va xotira darslarini otdi

    29.08.2017 Oliy ta`lim muassasalarining pedagogika yo`nalishlari bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlariga 2017/2018 o`quv yili uchun o`qishga qabul qilish tartibi va mezonlari

    29.08.2017 ғ қ

    24.08.2017 қ 26


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov