Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili >> 2014 yil - Sog‘lom bola yili
    2014 yil - Sog‘lom bola yili

    “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

     

    Yig‘ilishni Toshkent shahar hokimi R.Usmonov ochdi.

     

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

     

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi.

     

    Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimiz taraqqiyoti va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning huquqiy kafolati bo‘lib kelayotganini ta’kidladi.

     

    Konstitutsiyamiz normalarining hayotga tatbiq etilishi jamiyatimizda qaror topgan tinchlik va hamjihatlikda, hayotimizga yangicha mazmun bag‘ishlayotgan islohotlar samarasida, odamlarimizning o‘zgarib borayotgan ongu-tafakkurida, har bir oila, har bir inson hayotida o‘z ifodasini topmoqda.

     

    Ushbu tarixiy sanani bayram qilar ekanmiz, milliy davlatchiligimiz asoslarining mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning izchil rivojlanishi, aholi turmush darajasining yuksalishi, mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni va nufuzi ortishi – bularning barchasida Asosiy qonunimizning ahamiyati yuksak ekanligini yanada teran anglaymiz.

     

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramining yana bir muhim jihati, shu kuni xalqimizning ezgu intilishlarini ifoda etadigan, jamiyatimiz rivojiga xizmat qiladigan eng ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi va kelgusi yilga shunga muvofiq nom beriladi.

     

    Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2013-yil Obod turmush yili deb e’lon qilingan edi.

     

    "Obod turmush yili" Davlat dasturi asosida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirildi.

     

    Xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish, maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, yangi uy-joylar va infratuzilma ob’ektlarini qurish, mahallalarni obod etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratildi.

     

    Vatanimizni har tomonlama obod qilish, xalqimiz yanada tinch va farovon yashaydigan hayot barpo etish yo‘lidagi bunday ishlar izchil davom etmoqda.

     

    Prezidentimiz Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2014-yilni mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili”deb e’lon qilishni taklif etdi. Davlatimiz rahbarining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

     

    Tantanali marosim san’at ustalari va yosh ijrochilarning bayram konserti bilan yakunlandi.

     

    http://press-service.uz/uz/news/show/main/pravovaya_osnova_razvitiya_i_procvetaniy/



    Sahifani ko'rganlar soni: 10325

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    28.06.2017 “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi

    21.06.2017 Guliston davlat universitetida qabul jarayoni qizg’in ketmoqda

    14.06.2017 Inobat Shirinovaning 60 yosh yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi o’tkazildi

    09.06.2017 Universitetda matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    08.06.2017 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir o’tkazildi

    06.06.2017 “Munozara” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Zukko kitobxon” o’yinlarining respublika mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

    06.06.2017 “Kamolot oltin to’pi” musobaqasi bo’lib o’tdi.

    05.06.2017 Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi

    05.06.2017 “Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni”gŕ bag’ishlab “Men tabiat bilan birgaman” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov