Masofaviy ta'lim (Moodle)
Guliston Davlat Universiteti
O'zbekcha .::. .::. English
Interaktiv xizmatlar
  • Dars jadvali
  • OTM vakant lavozimlari
  • OTM ishchi o'quv rejalari
  • OTM ga qabul
  • OTM diplomini olganligi to'g'risida ma'lumot
  • Abiturientlarni o'qishga kirganligini aniqlash
  • Abiturientlarga xujjatlarini pochta orqali jo'natish
  • OTM ilmiy faoliyati
  • Elektron qabulxona
  • Forum
  • Resurs markazi
  • Pochtaga kirish
  • Ingliz tilini o'rganish
  • Masofaviy ta'lim (Moodle)
  • Kerakli ma'lumotlar
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonun
  • Gov.uz
  • Press-service.uz
  • Ziyonet.uz
  • Lex.uz
  • Sirdaryo.uz
  • Davlat ramzlari
  • Lug'at
  • Sayt xaritasi

  • Tizimga kiritsh

    Login:

    Parol:
    Parolni unitdingizmi?
    Ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa >> 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili >> 2015-yil Keksalarni ezozlash yili
    Keksalarni e`zozlash yili

          Mamlakatimizda har bir yilga nom berish an’anaga aylanib qolgan. Prezidentimiz Islom Karimov Konstitutsiyaning 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’iishda so’zlagan ma’ruzasida 2015- yilni mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilgan edi.

    Xalqimiz bejiz “Qarisi bor uyning parisi bor” demaydi. Har qanday jamiyatning yoshi ulug’lariga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, shu ma`noda keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish xalqimizning ming yillik an’analarining asosini tashkil etadi.

    Qaysiki xonadonda keksa otaxon yoki onaxon bo’lsa, ularning duosi bilan bu oilada fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo’lishini hech kim inkor etmasa kerak. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’’tabar qariyalarimizning unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanimizni unutmasligimiz, qo’limizdan kelganicha ularning og’irini engil, umrini uzoq qilishni o’zimizning insoniy burchimiz, deb bilishimiz lozim.”  

    Vatan ozodligini asrashda,  yurtimizni fashizmdan himoya qilishda katta avlod vakillarining qanchalik jasorat ko’rsatgani, front ortida mehnat qilib, g’alabaga munosib hissa qo’shgani, mamlakatimizni obod etish, uning ham harbiy, ham iqtisodiy, ham madaniy-ma’naviy yuksalishida ko’rsatgan fidoyiliklari avlodlar uchun hamisha o’rnak bo’lib kelgan. Bugun ularning hurmatini joyiga qo’yish,  ko’nglini ko’tarish, shu bilan birga, ularning hayotini mazmunli qilish yo’lida olib borayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur. 

    Ma’ruzada ta’kidlab o’tilganidek, “xalqimizning qadimiy va shonli tarixini uzviy davom ettirishga, shu tarixning o’chmas sahifalarini, ajdodlarimizning buyuk merosini, qadriyat va urf-odatlarini yoshlarimizga etkazish, hayotimizni tobora poklash va fayzu barakali qilishda, bir so’z bilan aytganda, uni ma’naviy yuksaltirishda, bugun Yaratganning bizga bergan har bir kunini ma’noli va sermazmun o’tkazishda beqiyos hissa qo’shayotgan ota-bobolarimizga har tomonlama hurmat, e’zoz va ehtirom ko’rsatish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.”

    Mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qo’shgan, sog’lom va barkamol unib o’sayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib e’tibor qaratish va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, oila va jamiyatda yoshi ulug’ insonlarning o’rni va obro’sini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, e’zozlash va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish tuyg’usi ruhida tarbiyalash jamiyat barqarorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. 2015- yil 18-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni e’zozlash yili” davlat Dasturi to’g’risida qarori qabul qilindi. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalaga oshirish orqali turmushumiz farovonligini oshishiga, ajdodlarimiz an’analarining bardavomligiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz.



    Sahifani ko'rganlar soni: 21516

    Rektor virtual qabulxonasi

    Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri Guliston davlat universiteti rektoriga yuborishingiz mumkin. Buning uchun http://qabulxona.guldu.uz/ saytiga o`tish lozim.
    ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

    Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborishingiz mumkin
    Ishonch telefonlari

      0 (367) 225-41-76

    Yangiliklar
    17.11.2017 (, , ) қ .

    16.11.2017 - ҳ қ .

    15.11.2017 Ғ ҚҚȨ .

    13.11.2017 Guliston davlat universitetida "Mehrjon bayrami" bo`lib o`tdi.

    09.11.2017 100 ғ қ .

    09.11.2017 2017-2018 -қ

    7.11.2017 Doktorantura-2018 yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni togrisida malumot

    28.10.2017 Yosh liberallar klubi tashkil etildi

    26.10.2017 Sirdaryo viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tadbir bolib otdi.


    Dizayner: Anvarbek Abduqayumov