2019 yilning 28 fevral kuni Universitetimiz “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga Sirdaryo viloyat “Nuroniy” jamgʻarmasidan faol vakillar tashrif buyurdi. Tashrif davomida tarixni esga olishib, 1980-1989 yillarda “Oʻzbek ishi”, “Paxta ishi” bilan nohaq qamalgan viloyatimiz mehnatkashlari boʻlgan Inomjon Rahimaliyev, Shodmonov Eshpoʻlat, Usmon Xolmoʻminovlarni yodga olishdi.
Shu bilan birga muzeyda Sirdaryo viloyati tarixiga oid 160 dan ortiq kitoblar, oʻzbek mutafakkirlari, jadidchilik harakati namoyondalari hayoti va ijodi aks etgan lavhalar, bosma nashrlar nusxalari, shuningdek, XIX asrga oid milliy liboslar, uy-roʻzgʻor buyumlari hamda tarixiy voqea-hodisalarni aks ettiruv…