Guliston davlat universitetida Bilimlar kuniga bag’ishlab, “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan bayram tadbiri o’tkazildi.Universitet rektori, professor Muhsin Xodjiev tadbirni ochar ekan, o’z tabrik nutqida bu yil talabalik baxtiga sazovor bo’lgan, shuningdek, maroqli yozgi ta’tildan bilim dargohiga qaytgan yigit va qizlarni, ularning ota-onalarini yangi o’quv yilini boshlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdi. Rektor mamlakatimizda oliy ta’lim olish uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar haqida to’xtalib, talabalarimiz bunga yarasha a’lo o&rsquo…