Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi, psixologiya fanlari doktori, professor G’ayrat Shoumarov raisligidagi ilmiy Kengashda Guliston davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi Sabohat Sharapova “Yoshlarda mafkuraviy immunitet shakllanganligining ijtimoiy-psixologik jihatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini Guliston davlat universitetida onlayn shaklda muvaffaqyatli himoya qildi.
Dissertantning rasmiy opponentlari falsafa fanlari doktori, professor Rustamjon Samarov, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Nigora Lutfullaevalar ilmiy tadqiqot ishiga yuqori baho berdilar. Guliston davlat universitetida ilmiy salohi…