Guliston davlat universiteti kichik faollar zalida bo’lib o’tgan yig’ilishda 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar haqida universitet rektori M.Xodjiev hisobot berdi. 2018 yilda universitetda 20 ta kafedra bor edi, 2019 yilda 25 ta bo’ldi. 2018 yilda 30 ta yo’nalishga bakalavriat bo’yicha yoshlar talabalikka qabul qilingan bo’lsa 2019 yilda 41 ta yo’nalishga ko’paydi. 2018 4 ta yo’nalish bo’yicha magistratura bo’lgan bo’lsa, 2019 yilda 14 ta yo’nalishga magistraturaga yoshlar qabul qilindi. Ayni kunlarda universitetni kunduzgi bo’limida 6800 nafar, sirtqi, maxsus sirtqi, ikkinchi mutaxassislikda 3106 nafar jami 9906 nafar talabalar ta’lim-tarbiya olmoqdalar. 2018 yilda 34 nafar magistr…