Guliston davlat universiteti madaniyat saroyida “Quyoshliq istasang kasbi kamol et” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy uchrashuv bo’lib o’tdi.Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvni universitet professori, Matbuot kotibi R.Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va mehmonlarni tanishtirdi. Uchrashuvda “Do’stlik” ordeni sohibasi, kinoaktyor va dublyaj ustasi Barno Qodirova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, o’zbek film aktyori Rixsiboy Aliev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, kino arboblar uyushmasi a’zosi, kinoaktyor Egamberdi Raximov, O’zbekiston kinoarboblar ijodiy uyushmasi xodimi Xolmamat Jabborovlarni universitet professor-o’qituvchi va talablari gulduros qar…