Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiev O’zbekiston Respublikasi Baynalminal jamiyati tamonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi sodiq xizmatlari uchun” medali bilan tag’dirlandi. Rektor Muxsin Xodjiev keyingi 3 yilda universitetni barcha sohalari bo’yicha rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Qobul kvotalari 4 martaga ko’paydi, 3 ta yangi fakultet, 5 ta yangi kafedra, 4 ta mutaxassislik bo’yicha maxsus ilmiy Kengashlar ochilishiga bosh-qosh bo’ldi. Fan doktorlarini ko’paytirish uchun katta mexnat qildi. Universitet mamlakatimizdagi eng yahshi oliy o’quv yurtlari qatoridan o’rin olishiga munosib hissa qo’shdi. Bugun universitet ma’naviyat-m…