Universitetning Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari haqida ma’lumot
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 28-sentabrdagi “2017-2018-o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O’zbekiston Respublikasi nomli Davlat stipendiyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) tayinlash to’g’risida”gi 698-son buyrug’iga asosan Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi 4-kurs, 63/14-guruhi talabasi Shodiboeva Mastura Komiljon qizi va Filologiya fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” ta’lim yo’nalishining 4-kurs, 9/14-guruhi talabasi Pozilov Elyor Abduvoxid o’g’liga 2017-yil 2-sentabridan Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi, Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo’nalishi 3-kurs, 42/15-guruhida davlat granti asosida tahsil oluvchi talaba Qayumova Shohsanam To’lqin qiziga 2017-yil 2-sentabridan Islom Karimov nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi tayinlandi.