2019 yilning 5 mart kuni Guliston davlat universitetida bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash va isteʼmolchilar tomonidan taklif qilinayotgan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasini tashkil yetishga qaratilgan “Karyera 2019” loyihasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Viloyat bandlikka koʻmaklashish markazi, Viloyat maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi va turli tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda 1700 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlariga oliygoh, bitiruvchilar va kadrlar isteʼmolchilari bilan uch tomonlama shartnomalar imzolandi.
Matbuot xizmati.