Universitetda 2 ta 4 qavatli sig’imi 1230 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joylari mavjud bo’lib, 2018 yilda mukammal ta’mirlandi va to’liq qaytadan jihozlandi.
Talabalar turar joyida talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, jumladan 8 ta oshxona, bufet, ARM filiali, kompyuter xonasi, tibbiyot xonalari ishlab turibdi, bundan tashqari talabalarning madaniy xordiq chiqarishlari uchun har bir qavatga 2tadan televizorlar o’rnatilgan.
Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning turli klub va to’garaklarda ishtirok etishlari, sport bilan muntazam shug’ullanishlari uchun “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, 1 ta 18x36 o’lchamdagi sport zali hamda sportning futbol, voleybol, basketbol, mini futbol, qo’l to’pi, engil atletika turlariga mo’ljallangan ochiq sport maydonlarining doimiy faoliyati yo’lga qo’yilgan.
Universitetda 500 o’ringa mo’ljallangan madaniyat saroyi mavjud bo’lib, unda turli bayram tadbirlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, buyuk allomalar, shoir va yozuvchilarning tavallud kunlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan uchrashuvlar doimiy o’tkazib boriladi.