Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi -
Qulbayev Saodat Safarovna
+99891 621 89 33
Qabul kunlari:
Seshanba – soat 10.00dan - 12.00 gacha
Chorshanba – soat 14.00dan - 17.00 gacha
Payshanba – soat 10.00dan - 12.00 gacha
Juma – soat 14.00dan - 17.00 gacha
Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasining vazifalari:
-Xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish;
-xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish;
-milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash;
-yoshlarni ma’naviy barkamol, g’oyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yo’lida o’z kuchini ayamaydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish.
Boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi olib boradigan ishlarning asosiy yo’nalishlari:
- Xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar va mehnat turlaridagi faoliyatini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minot ishlarini olib borish.
- Xotin-qizlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda turli tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, anjumanlar o’tkazish;
- Xotin-qizlarning huquqlarini muhofaza qilish, ma’naviy, intellektual va kasbiy tajribasini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirib borish;
- “Iqtidorli qizlar” to’garagini yo’lga qo’yish, iqtidorli, qobiliyatli qizlarni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya qilishda ishtirok etish.
- Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yiroq bo’lish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning madaniyat va sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish
- Xotin-qizlarimiz o’rtasida xalqimiz ma’naviyatiga, turmush tarziga yot bo’lgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, o’z joniga qasd qilish kabi noxush holatlarning oldini olish;
Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, diniy ekstremizm missionerlik g’oyalarining tarqalishini oldini olish, milliy-diniy an’analarni to’g’ri targ’ib qilish.
“Iqtidorli qizlar klubi” rahbari - Ismoilova Barno Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi;
“Psixologiya” markazi rahbari – Xamrakulova Kamola G'ayratovna
Universiteti Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raislari haqida ma’lumot:
Filologiya fakulteti boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi – Xakimova Shoxista Raimovna
Tabiiy fanlar fakulteti boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi – Mamatqulova Mohira
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi – Qodirova Lutfiya
Pedagogika fakulteti boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi – Fayziyeva Shoira
Jismoniy madaniyat fakulteti boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi – Hamroqulova Kamola G’ayratovna
Fizika-matematika fakulteti boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi – Muhiddinova Sabohat