Guliston davlat universitetida 2019-2020 o’quv yilining ikkinchi (bahorgi) semestridan boshlab o’quv auditoriyalari elektron minbar-“E-Minbar” innovatsion AKT bilan jihozlandi. Ushbu elektron minbarlarning ahamiyatli tomoni professor-o’qituvchilar dars jarayoniga fanlariga oid barcha resurslar joylashtirishlgan qurilmalar “fleshka”lar bo’lsa bas. Qolgan barcha ishni aqilli “E-Minbar” bajaradi. Ushbu elektron minbarlarga sensorli o’ziga xos kompyuterlar o’rnatilgan bo’lib, o’qituvchilar ham minbardan, ham kompyuterdan erkin foydalangan holda dars o’tish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Ushbu innvatsion texnologiyalarni joriy qilishdan maqsad dars sifatini oshirish hamda o’quv jarayonlariga innovatsion raqamli texnologiyalarni maqsadli qo’llashdir.