2020-yil 16-oktabr kuni Guliston shahrida joylashgan “Bilimdonlar maskani”da “Davlat tili haqida”gi Qonunning 31 yilligini munosib nishonlash hamda 21-oktabr “O’zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va badiiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasi rahbarlari, harbiy xizmatchilari, Guliston davlat universiteti mas’ul xodimlari, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida bayramga bag’ishlangan she’rlar, kuy-qo’shiqlar ijro qilindi, yosh ijodkor talabalar ijrosida baxru-bayt aytildi, badiiy kitoblar ko’rgazmasi namoyish qilindi.