Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 74-19 guruh talabasi Qurbonov Javoxir sportning tosh ko'tarish turi bo'yicha 2020 yil 19-23 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shaxrida o'tkazilgan jahon chempionatida yurtimiz bayrog'ini eng balandga ko'tarib, "Jaxon chempioni" degan nomga sazovor buldi. Qurbonov Javoxir terma jamoa delegasiyasiga 2 yo'nalishda bitta oltin va bitta kumush medallarni taqdim etdi.