2021-yil 6-yanvar kuni Guliston davlat universitetida “GulDU” sport klubi tashabbusi bilan professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlar o’rtasida “Biz sog’lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida sportning voleybol va stol tennisi turlaridan musobaqalar tashkil qilindi. Musobaqalarni universitetning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori F.Niyazov ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Musobaqalarda universitetning barcha fakultetlari jamoalari qatnashishdi. Murosasiz o’tgan bahslarda jamoalar quyidagi natijalarga erishdilar:
Voleybol (erkaklar)
1- o’rin : Jismoniy madaniyat fakulteti
2-o’rin : Filologiya fakulteti
3- o’rin : Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti
Voleybol (ayollar)
1- o’rin : Jismoniy madaniyat fakulteti
2-o’rin : Tabiiy fanlar fakulteti
3- o’rin : Filologiya fakulteti
Stol tennisi (erkaklar)
1-o’rin : Davlatov Po’lat (ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti)
2- o’rin : Maxmudov Sherali (ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti)
3- o’rin : To’xtamishev Said (ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti)
Stol tennisi (ayollar)
1-o’rin : Normatova Malika (axborot texnologiyalari fakulteti)
2- o’rin : O’rolova Dilfuza (filologiya fakulteti)
3- o’rin : Habibova Kamila (jismoniy madaniyat fakulteti)
Musobaqa g’oliblari “GulDU” sport klubi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. G’olib bo’lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg’alarini Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor F.Niyazov topshirdi.