AL va KHK bilan hamkorlik.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 14- martdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2829-son Qarori, 2017- yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori hamda 2017 -yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3290-sonli Qarorida belgilangan vazifalar asosida, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimlari orasida uzviylikni ta’minlash, o’quv-metodik, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va akademik litsey bitiruvchi kurs o’quvchilarini OTMlarga o’qishga kirish ko’rsatgichlarini yaxshilash kabi sohalarda universitet kafedralarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari kafedralari bilan hamkorligini ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu vazifalar o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish, AL va KHKlar pedagoglarining malakasini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda o’zaro hamkorlik, AL va KHKlar o’quvchilari orasida kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish hamda akademik- litseylarda bitiruvchi kurs o’quvchilarini OTMlarga o’qishga kirishlari uchun tayyorgarlik ishlarida o’quv-metodik yordamni tashkil etishga oid ishlarni qamrab olgan.
Bu tizimdan ko’zlangan asosiy maqsad – avvalo, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashdan iborat. Bunda hamkorlikda o’quv adabiyoti, uslubiy qo’llanmalar, pedagogik texnologiyalar yaratish hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga oliy ta’lim muassasalar professor-o’qituvchilarining salohiyatini jalb etish kabi vazifalar belgilagan.
Guliston davlat universiteti Sirdaryo viloyatidagi yagona OTM bo’lganligi sababli ixtisoslik sohalariga qarab viloyatdagi faoliyat yuritayotgan jami 52 ta AL va KHK lar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Joriy 2017-2018- o’quv yilida jami 22 nafar o’qituvchi o’rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqda. Shulardan 9 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.
2017-2018- o’quv yili uchun universitetning 260 nafar professor-o’qituvchilari, jumladan, 53 nafar fan nomzodi va katta o’qituvchilar, 207 nafar o’qituvchilar AL va KHKlarga o’quv, ilmiy-metodik yordam berish uchun biriktirildi. Kafedralar filiallari o’z faoliyatini davom ettirmoqda.
Hamkorlikdan ko’zlangan asosiy maqsad - Guliston davlat universiteti akademik litseyi va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlarini olib borish, ularga o’quv-metodik asosda amaliy yordam ko’rsatish, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy izlanish ishlarini rivojlantirishga ko’maklashish, moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yordam berishdan iborat.
16379
Jami talabalar soni
8000
Kunduzgi ta'lim
8209
Sirtqi ta'lim
49
Kechki ta'lim
121
Magistr
19
Xorijiy talabalar
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish