2018-yil uchun tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish va doktorantlarni kursdan kursga otkazish togrisida

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

B U Y R U Q

5.12.2017  962-K

Guliston sh.

2018-yil uchun tayanch doktorantura (PhD)ga qabul  qilish va doktorantlarni kursdan kursga o’tkazish to’g’risida

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori Nizomi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 14-sentyabrdagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 660-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida

BUYURAMAN:

 

1. Barcha prorektorlar, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori Nizomi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 14-sentyabrdagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 660-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda joriy yilning 15-sentyabridan 15- oktyabrigacha belgilangan yo’nalishlar bo’yicha talabgorlardan 2018-yil uchun tayanch doktorantura (PhD)ga hujjatlarni qabul qilish jarayoni tashkil etilganligi va 2017-yil 1-noyabrdan 25-noyabrgacha etakchi olimlar tomonidan kirish imtihonlari o’tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Universitet Kengashining 2017-yil-noyabr oyidagi 3-sonli yig’ilish qaroriga ko’ra, kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar yo’nalishlar bo’yicha universitet tayanch doktoranturasi (PhD)ning 1-kursiga qabul qilinsin va ularga quyidagi etakchi olimlardan ilmiy rahbarlar tayinlansin:

1. Shapo’latov O’tkirjon Muxammadiyevich. 02.00.10-Biorganik kimyo ixtisosligi bo’yicha “G’alla kasalliklarini molekulyar genetik o’rganish” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Habibjon Hojiboboyevich Qo’shiyev.

2. Almamatov Baxrom Uktamovich. 03.00.12-Biotexnologiya ixtisosligi bo’yicha “Kartoshka va batatning o’sish-rivojlanishiga steroid tabiatli birikmalarning ta’siri” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Habibjon Hojiboboyevich Qo’shiyev.

3. Ergasheva Farog’at Sheraliyevna. 03.00.07-O’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi ixtisosligi bo’yicha “Anor Punica granatum dni in vitro sharoitda sharoitga mos ko’chatlarini olish” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Habibjon Hojiboboevich Qo’shiev.

4. Toshboev Bekzod Baxtiyorovich. 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi bo’yicha “Milliy iqtisodiyotda import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sanoat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishning nazariy asoslari” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, i.f.n., dotsent Obidqul Sattorqulov.

5. Obidova Zuhra Nasriddinovna. 01.04.00-Fizika ixtisosligi bo’yicha “Uzluksiz ta’lim tizimida o’qitiladigan kvant optikaning mazmuni va o’qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar,  p.f.d., professor Maxammadrasul Djo’raev.

6. Samatova Dilrabo Yusufovna. 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo’yicha “O’zbekistonda uzliksiz pedagogik ta’lim tizimini rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, p.f.n., dotsent Xabibulla Abdukarimov.

7. Mamatova Xilola Muxiddinovna. 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha) ixtisosligi bo’yicha“Talabalarni kreativ yondashuv asosida ingliz tiliga o’rgatishning ilmiy-metodik asoslari” (talabalarni ingliz tiliga mustaqil o’rgatish misolida) mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar,  p.f.d., dotsent Baxtiyor Xudayberdiyevich Raximov.

8. Yusupova Nargiza Shakirovna. 13.00.04-Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Sovershenstvovanie bo’stroto’ i tochnosti naneseniya udarov u yuno’x taekvondistov (ITF) na etape nachalnoy podgotovki sorevnovatelnogo perioda” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, p.f.n., dotsent Mamatqul Gaibnazarovich Bairbekov.

9. Ismoilova Nozima Anvar qizi. 03.00.07-O’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi ixtisosligi bo’yicha “Kartoshka va batatning sho’rga chidamli va patogensiz ko’chatlarini olish” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar,  b.f.d., professor Habibjon Hojiboboyevich Qo’shiyev.

10. Djurayev To’lqin Arziqulovich. 02.00.10-Biorganik kimyo ixtisosligi bo’yicha  “Bug’doyning proantioksidant tizimiga glitsirrizin va salitsil kislotasi supromolekulyar komplekslarining ta’siri” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Habibjon Hojiboboyevich Qo’shiyev.

11. Maxmudjonov Zafarjon Murodjon o’g’li. 03.00.06-Zoologiya ixtisosligi bo’yicha “O’zbekiston hududida tarqalgan HYGROMIIDAE oilasining bioxilma-xilligi” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Abduvaet Pazilovich Pazilov.

12. To’raeva Dilnoza Ne’matullayevna. 10.00.01-O’zbek tili. O’zbek adabiyoti ixtisosligi bo’yicha “Badiiy g’oya, ijodiy tasavvur va estetik talqin masalalari (yozuvchi Asad Dilmurod ijodi misolida)” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, f.f.d., professor No’’monjon Karimqulovich Rahimjonov.

13. Abduraimov Azizbek Sultonqulovich. 03.00.05-Botanika ixtisosligi bo’yicha ”Prostranstvennaya struktura floro’ Kashkadarinskogo botaniko-geograficheskogo rayona” mazusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Komiljon Sharobitdinovich Tojibayev.

14. Nafasov G’anisher Abdurashidovich. 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha) ixtisosligi bo’yicha“Oliy ta’lim muassasalarida integrativ yondashuv asosida matematikani o’qitishni takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, p.f.d., professor Barno Sayfutdinovna Abdullayeva.

15. Umarov Xabibullo Raxmatullayevich. 01.01.01-Matematik analiz ixtisosligi bo’yicha “Simmetrichno’e prostranstva izmerimo’x funktsiy dlya vektornoznachno’x mer” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, f-m.f.d., dotsent Botir Sabitovich Zakirov.

3. Tayanch doktorantura (PhD)ning quyidagi mutaxassislik izlanuvchilari kursdan kursga o’tkazilsin va ularga 2018-yil 1-yanvaridan boshlab stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya tayinlansin:

1-kursdan 2-kursga

1.Berdiyev G’ayrat Ibragimovich- 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi yo’nalishi. Ilmiy rahbar, iqtisod fanlari doktori., professor Axmedjan Atajanovich Mamatov.

2. Turdiboyev Dilshod Xamidovich -13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha) yo’nalishi. Ilmiy rahbar, pedagogika fanlari doktori., professor Mamarejab Tojiyev.

2-kursdan 3-kursga

1. Dushaboyev Olim Nazarovich - 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha) yo’nalishi. Ilmiy rahbar, p.f.d., professor

Mamarejab Tojiyev.

4. Doktorantura (DSc)ning quyidagi mutaxassislik izlanuvchisi kursdan kursga o’tkazilsin va unga 2018-yil 1-yanvaridan boshlab, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo’lmagan) katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tengalashtirilgan miqdorda stipendiya tayinlansin:

2-kursdan 3-kursga

1.Normamatov Sultonbek Ermamatovich - 10.00.01 - O’zbek tili. O’zbek adabiyoti yo’nalishi. Ilmiy rahbar, f.f.d., professor Yormat Tojiyev.

5. Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor A.Sulaymonov hamda tegishli kafedra mudirlariga:

- universitet Kengashida tasdiqlangan doktorlik (PhD) dissertatsiyalari mavzularini doktorantlar tomonidan “OAK Bllyuteni” jurnalida belgilangan muddatlarda e’lon qilinishini ta’minlash;

- ilmiy rahbarlar tomonidan universitetda doktorant bilan olib borgan ishi, har bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hajmida ularning umumiy o’quv soatlariga kiritilishini nazorat qilish;

- ilmiy rahbarlar tomonidan doktorant bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqish va bir oy muddatda Kengashda tasdiqlatishini nazorat qilish;

- ilmiy rahbarlar tomonidan tanlangan mutaxassislik bo’yicha nazariy-metodologik dasturlarini ishlab chiqishlarini va doktorantlar o’qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda Kengashda tasdiqlashini ta’minlash;

- nazariy-metodologik dastur, metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalarini, mazkur ixtisoslik bo’yicha nazariy asoslarni va ilmiy tadqiqot usullarini o’z ichiga olishini, ushbu nazariy-metodologik dastur tayanch doktorant tomonidan o’qishning birinchi yili mobaynida ilmiy rahbarning yordamida o’zlashtirilishini nazorat qilish;

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori Nizom talablariga  qat’iy rioya etilgan holda Oliy o’quv yurtidan keyingi  ta’lim institutiga  doktorantlar lavozimiga qabul qilinganlarni o’qitishni tashkil etish vazifalari yuklatilsin.

6. Xodimlar bo’limi boshlig’i Sh.Alimovga:

- yangidan qabul qilingan (PhD) doktorantlar faoliyatini, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlashni belgilangan tartibda rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin.

7.  Bosh hisobchi A.O’razboqov, reja-moliya bo’limi boshlig’i D.Qodirovalarga:

- Oliy o’quv yurtidan keyingi  ta’lim institutiga  tayanch (PhD) doktorantlar lavozimiga qabul qilinganlarga, 2018-yil 1-yanvaridan boshlab, ularga mos ravishda, stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to’lanishini ta’minlash;

-  kursdan kursga o’tkazilgan doktorantlarga 2018-yil-1 yanvardan boshlab belgilangan tartibda tayanch (PhD) doktorantlar uchun stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda hamda doktorant (DSc) uchun katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiyalar to’lanishini ta’minlash;

- Ilmiy rahbar va konsultantlarning doktorantlar bilan mehnatiga haq to’lashni, har oyda, o’quv mashg’ulotlari o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lashning qonunchilikda belgilangan tartibida, har bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hisobida universitetning budjet mablag’lari hisobidan to’lanishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

8. Mazkur buyruqning ijro nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.

REKTOR

M.T.XODJIYEV

 


 

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

B U Y R U Q

5.12.2017 963-K

Guliston sh.

2018-yil uchun tayanch doktorantura (PhD)ga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish to’g’risida

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori Nizomi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 14-sentabrdagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 660-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida

 

B u yu r a m a n:

1. Barcha prorektorlar, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori Nizomi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 14-sentabrdagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 660-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda joriy yil 15-sentabrdan   15- oktabrgacha belgilangan yo’nalishlar bo’yicha talabgorlardan 2018-yil uchun tayanch doktorantura (PhD)ga mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarni qabul qilish jarayoni tashkil etilganligi  ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Universitet Kengashining 2017-yil noyabr oyidagi 3-sonli yig’ilish qaroriga ko’ra talabgorlar yo’nalishlar bo’yicha universitet tayanch doktoranturasi (PhD)ning mustaqil izlanuvchiligi 1-kursiga qabul qilinsin va ularga quyidagi etakchi olimlardan ilmiy rahbarlar tayinlansin:

1. Xatamova Salomat Mahkamovna. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo’yicha “Sirtqi ta’limda bo’lajak chet tili o’qituvchilarini tayyorlashda masofaviy ta’limdan foydalanish muammolari va echimlari” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, f.f.n., dotsent Xonimqul Tojiyev.

2. Maxmudov Sherali Husanovich. 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi bo’yicha “Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda inson kapitalining o’rni va uning iqtisodiy o’sishga ta’siri” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, i.f.n., dotsent Obidqul Sattorqulov.

3. Normamatova Dilfuza Turdiqulovna. 10.02.20 – Qiyosiy, tarixiy, tipologik va chog’ishtirma tilshunoslik, tarjima lingvistikasi ixtisosligi bo’yicha “Ingliz va o’zbek tillarida so’roq olmoshlarining sintaktik semantikasi” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, f.f.n., dotsent Qosimboy Mamurov.

4. Shodiev Farrux Raufovich. 07.00.01 – O’zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha “O’zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning shakllanishi va ularning Singapur, Malayziya davlatlari bilan hamkorligi tarixi (2008-2017 yy.)” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, t.f.d., prof Xurshida Erkinovna Yunusova.

5. Abulazizova Shoira Karimovna. 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi bo’yicha “Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o’rab turgan tog’lardagi quruqlik mollyuskalarning biologik xilma-xilligi” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, b.f.d., professor Abduvaet Pazilov.

6. Misirova Nodira Tovbaevna. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, p.f.n., dotsent Alisher Bolibekov.

7. Umarova Gulshod Abdujabbarovna. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Bo’lajak maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbar, p.f.n., dotsent Alisher Bolibekov.

3. Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor A.Sulaymanov hamda tegishli kafedra mudirlariga:

- universitet Kengashida tasdiqlangan doktorlik (PhD) dissertatsiyalari mavzularini mustaqil izlanuvchilar tomonidan “OAK Bllyuteni” jurnalida belgilangan muddatlarda e’lon qilinishini ta’minlash;

- ilmiy rahbarlar tomonidan universitetda mustaqil izlanuvchilar bilan olib borgan ishi, har bir mustaqil izlanuvchi uchun bir yilda 50 soat hajmida ularning umumiy o’quv soatlariga kiritilishini nazorat qilish;

- ilmiy rahbarlar tomonidan mustaqil izlanuvchi bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqish va bir oy muddatda Kengashda tasdiqlatishini nazorat qilish;

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori Nizom talablariga  qat’iy rioya etilgan holda Oliy o’quv yurtidan keyingi  ta’lim institutiga  mustaqil izlanuvchi lavozimiga qabul qilinganlarni ilmiy faoliyatini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.

4.  Bosh hisobchi A.O’razboqov, reja-moliya bo’limi boshlig’i D.Qodirovalarga:

- Ilmiy rahbarlarning mustaqil izlanuvchilar bilan mehnatiga haq to’lashni, o’quv mashg’ulotlari olib borgani uchun har bir izlanuvchi hisobiga bir yilda 50 soat hisobidan har oyda universitetning byudjet  mablag’lari hisobidan to’lanishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.

5. Mazkur buyruqning ijro nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.

REKTOR

M.T.XODJIYEV

 

2267 | 2018-01-30 10:24
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish