GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Muzey

Muzeyning maqsad va vazifalari

Universitet «Ilmiy-amaliy» muzeyi rektor U.N.Tashkenbaev tashabbusi bilan tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi. 2006- yil  noyabrida foydalanishga topshirilgan muzeyning mazmun-mohiyatini boyitish kengaytirishda. Samarqanddan taklif etilgan dizaynerlar  B.S.Klimov, A.B.Klimov, Z.Rabbimov va arxeolog A.A.Gritsina, T. Omonjulov va tarix fanlari nomzodi dotsent O’. S. Erbutevalarning sa’y-xarakatlarini ta’kidlashga to’g’ri keladi. Universitet prorektori  ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha birinchi prorektor R.J.Maxmudov, ilmiy ishlari prorektori A.Pozilov, o’quv ishlari prorektori X.Qarshiboev, ma’muriy-xo’jalik  ishlari bo’yicha prorektor A.Yusufaliev,  tarix fakulteti professor-o’qituvchilari, barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, o’quv bo’limi xodimlari, suratkash B.Xonxo’jaev,

Guliston Davlat Universiteti «Ilmiy-amaliy» muzeyning ekspozitsiyasi 9ta bo’limda joylashgan bo’lib, unda tariximizning moziysi va hozirgi davri aks ettirilgan. Guliston davlat universiteti bosib o’tgan shonli yo’l, ajoyib zaxmatkash kishilarimiz, oramizdan ketgan aziz birodarlarimiz, mazkur oliygohga umrini baxshida etgan zotlarning xizmati o’z aksini topgan. Muzeyning  bo’limlari.

 

Birinchi bo’lim. USTRUShONA TARIXI

Bo’limda Ustrushonaning qadimgi, tosh, bronza, antik, ilk o’rta asrlar va rivojlangan o’rta asrlar tarixi haqida ma’lumot beriladi.  Muzeyda jami 424 ta arxeologik topilmalar namoyish etilgan.

Ikkinchi bo’lim. O’zbekiston – mening vatanim

Mazkur bo’limdan O’zbekiston xaritasi, mustaqillik yillarida sodir bo’lgan muhim voqealar, ulug' alloma  va mutafakkirlar berish maqsadida, bu ekspozitsiyada ulug’ siymolarimiz rasmlari va ular hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Uchinchi bo’lim. Buyuk o’tmishdan – nurli kelajak sari

Ekspozitsiya O’zbekiston xududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrlardan boshlab hozirga qadar bo’lgan taraqqiyotini tasviriy vositalar orqali namoyish etadi.

To’rtinchi bo’lim. Buyuk Ipak yo’li – xayot vA taqdirlar daryosi

Bo’limda birinchi navbatda Buyuk Ipak yo’li xaritasining rangli tasviri e’tiboringizni tortadi. Bu erda Buyuk Ipak yo’li taqdirida Ustrushonaning o’rni va axamiyati, Buyuk Ipak yo’lidagi shaxarlar – Samarqand, Buxoro va Xiva xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Ekspozitsiyadagi rangli tasvirlar va namoyish etilgan buyum va kitoblar Buyuk Ipak yo’lining Markaziy Osiyo xalqlari taqdiridagi o’rni va axamiyatini ochib beradi.

Beshinchi bo’lim. Amir Temur va Temuriylar davri

Mazkur ekspozitsiyada  buyuk soxibqiron Amir Temur xikmatlari, uning xayoti va faoliyatidagi muxim sanalar bilan tanishish mumkin.  Amir temur va Temuriylar shajarasi  sxematik tarzda ifoda etilgan.

Oltinchi bo’lim. O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat

Ekspozitsiyadan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov portreti, O’zbekistonning davlat ramzlari – Gerbi, Bayrog’i, Madhiyasi o’rin olgan.

Muzeyning O’zbekiston Respublikasining qisqa davr ichida mustaqillikda erishgan qisqa davr ichida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy soxalardagi erishgan ulkan yutuqlariga bag’ishlanadi. Bu boradagi adabiyotlar  ham namoyish etilgan.

Ettinchi bo’lim. Sirdaryo – ona diyorim

Bo’limdan  Sirdaryo viloyati xaritasi o’rin olgan. Viloyatimizning mustaqillik yillaridagi rivojlanish ko’rsatgichlari jadvallar asosida ifodalangan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati tabiati haqida tasavvur beruvchi eksponatlar, universitet biologiya fakulteti olimlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo’jalik o’simliklarining yangi navlari namoyish etilgan.

Sakkizinchi bo’lim. Guliston Davlat

Universiteti – 40 yoshda

 Bo’limda  oliygoximizning 40-yillik tarixiga bag’ishlangan bo’lib, unda universitetning tashkil topgan kunidan to bugungi kungacha raxbarlik qilgan rektorlar,  universitet faxriylari, erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi kitoblar, diplomlar, patentlar, sertifikatlar namoyish etilgan.

To’qqizinchi bo’lim. Universitetimiz – ma’naviyat va ma’rifat maskani

Mazkur ekspozitsiya 8-bo’limning  uzviy davomi bo’lib, unda universitet fakultetlari va kafedralari tarixi, professor-o’qituvchilar va talabalarning ilmiy-badiiy ishlaridan namunalar, universitet qoshidagi akademik litseylar xaqida ma’lumotlar o’z ifodasini topgan.  Muzey milliy bezak va buyumlar, xalq amaliy san’ati namunalari bilan bezatilgan.

 

Ilmiy-amaliy muzey bugungi kunda ham o’z faoliyatini yuritib kelmoqda.

 

467 | 2018-01-05 11:49
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018