GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Bitiruvchi

 057fb9.png

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom pedagogika va kasbiy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, ularni kamida uch yil ishlab berish sharti bilan, ta’lim muassasalariga, birinchi navbatda, umumta’lim maktablariga ishga taqsimlash qoidalari va tartibini o’z ichiga oladi.

2. Oliy ta’lim muassasalariga pedagogika va kasbiy ta’lim yo’nalishlari bakalavriat va magistratura bo’yicha davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan rektor o’rtasida o’qishni tamomlagandan so’ng ta’lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berish to’g’risida shartnoma o’quv yili boshida ya’ni sentyabr oyida imzolanadi.

3. Oliy ta’lim muassasalarini pedagogika va kasbiy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagan bituruvchilar magistraturaga to’lov kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan taqdirda uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so’ng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

4. Agar bitiruvchi Oliy ta’lim muassasalarini pedagogika va kasbiy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat va magistratura bo’yicha davlat grantlari asosida o’qigan taqdirda uning ishlab berish majburiyati uch yil deb hisoblanadi.

5. Pedagogika va kasbiy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari doimiy yashash joyiga qarab ishga taqsimlanadi.

6. Bitiruvchilarni egallagan ta’lim yo’nalishi va kasbiy tayyorgarligiga ko’ra doimiy yashash joyiga qarab, aniq bir maktablarga, kollejlarga taqsimlashni muvofiqlashtirish uchun Xalq ta’limi vazirligi qoshida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda Maxsus komissiya tuziladi (bundan keyin Maxsus komissiya).

II. Bitiruvchilarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va buyurtmalarni shakllantirish

7. Tasarrufida ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Xalq ta’limi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, mavjud ish joylari haqidagi ma’lumotlarni, ta’lim muassasalarining fanlar, tillar kesimidagi oliy ma’lumotli pedagoglarga bo’lgan ehtiyojni har yili 1 aprelga qadar aniqlaydilar hamda Maxsus komissiyaga ish joyi ko’rsatilgan holda, kafolatlangan talabnoma (buyurtma)ni taqdim etadilar.

8. Maxsus komissiya oliy ma’lumotli pedagoglarga bo’lgan ehtiyoj hamda ularga bo’lgan buyurtmalarni umumlashtirib, Xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari taqsimoti ko’rsatkichlarini shakllantiradi.

9. Maxsus komissiya tomonidan buyurtmalar asosida shakllantirilgan taqsimot ko’rsatkichlari oliy ta’lim muassasalariga yuboriladi.

10. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash ular oliy ta’lim muassasasini bitirishidan kamida 1 oy oldin o’tkaziladi.

III. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash tartibi

9. Bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta’lim muassasasi rektori tasdiqlagan taqsimot komissiya tomonidan o’tkaziladi. Komissiya tarkibiga: oliy ta’lim muassasasi rektori — komissiya raisi, fakultet dekani, kafedra mudirlari, hududiy xalq ta’limi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari vakillari a’zo qilib kiritiladi.

10 Oliy ta’lim muassasasi tomonidan bitiruvchilardan doimiy yashash joyidagi qaysi ta’lim muassasasida ishlashni xohlashi to’g’risida so’rov-anketalari to’ldirib olinadi va ular bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonida inobatga olinadi.

11. Taqsimot komissiyasi:

a) Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasida egallagan ta’lim yo’nalishlari va malakasiga, pedagog kadrlarga bo’lgan buyurtmaga asosan, hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlaydi.

b) Har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi, ish haqi miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi;

v) Majlis bayonnomasi va bitiruvchilar shaxsiy taqsimoti qaydnomasini yuritadi (1-ilova).

12. Oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt bo’yicha ta’lim olgan bitiruvchilar o’z ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin.

13. Agar taqsimot komissiyasi bitiruvchini ish bilan ta’minlay olmasa, unga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to’g’risida ma’lumotnoma taqdim etadi (2-ilova).

14. Komissiya ishini tugatgandan so’ng bitiruvchilarni, ularning salomatligi, oilaviy sharoiti o’zgarishi asosida, qayta taqsimlash hududiy xalq ta’limi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari tomonidan ko’rib chiqilishi mumkin.

15. Oliy ta’lim muassasalari taqsimot komissiyasi ishi tugagach bir haftalik muddatda ta’lim muassasalariga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga ishga yuborilganligi to’g’risidagi yo’llanmani (3-ilova) to’ldirib, uni tasdiqlab berish uchun komissiya qarori va taqsimot ro’yxatidan ko’chirma bilan birga tegishli hududiy xalq ta’limi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqaruv organiga yuboradilar.

O’z navbatida, tegishli hududiy ta’lim boshqaruv organlari tomonidan o’n kun muddatda yo’llanma tasdiqlanib, oliy ta’lim muassasasiga qaytariladi.

16. Bitiruvchiga oliy ta’lim muassasasini bitirganlik to’g’risidagi diplomdan ko’chirma, ishga yuborilganlik to’g’risidagi yo’llanmani topshirish o’qishni tugatganidan so’ng uch kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasasi rektori bitiruvchiga diplomdan ko’chirma, ishga yuborilayotganlik to’g’risida yo’llanmani o’z vaqtida berilishiga shaxsan javobgardir. Bitiruvchiga belgilangan nusxadagi yo’llanma o’rniga boshqa hujjatlar berilishiga ruxsat berilmaydi.

17. Mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to’g’risidagi ma’lumotnomani olgan bitiruvchilarga tegishli oliy ta’lim muassasasining diplomini asl nusxasi beriladi.

18. Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari direktorlari Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan o’rnatilgan tartibda ishga yuborilganlik to’g’risidagi yo’llanmaga muvofiq mehnat shartnomasi tuzadi.

19. Bitiruvchilar ishga yuborilganlik to’g’risidagi yo’llanmada ko’rsatilgan muddatda ish joylariga etib borishlari shart.

IV. Bitiruvchilarga beriladigan imtiyozlar

20. Ishga taqsimlangan bitiruvchi maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga ishga joylashgach, ta’lim muassasasi unga mehnat qilishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi.

21. Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va ta’lim muassasasiga ishga yuborilgan bitiruvchi taqsimot komissiyasi qaroridan norozi bo’lgan taqdirda oliy ta’lim muassasasi tegishli bo’lgan vazirlikka hamda sudga murojaat etish huquqiga ega.

V. Yakuniy qoidalar

22. Bitiruvchi uzrsiz sabablarga ko’ra tayinlangan joyda ishlashni xohlamasa, unga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida choralar ko’riladi.

Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va kasbiy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarni umumta’lim maktablari va ta’lim muassasalariga ishga taqsimlash tartibi to’g’risidagi nizomga 
1-ILOVA

628 | 2018-01-30 14:47
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018