Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi

Title


Kafedra mudiri: Raximov Baxtiyor Xudoyberdiyevich

Ma'lumoti: Oliy

Qabul kunlari: Dushanba - Juma (14:00-16:00)

rus, ingliz tillari

+998 99 472 23 34

RAXIMOV_BAXTIYOR@guldu.uz


2008-2012 yy. - Guliston davlat universiteti “ Boshlang’ich ta’lim va tasviriy san’at” kafedrasi mudiri
2014-2016 yy. - Guliston shahar Maktabgacha ta’lim va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi mudiri.
2016-2017 yy. - Guliston davlat universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotseti
2017-2018 yy. - Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori.
2018-2019 yy. - Guliston davlat universiteti “Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim” kafedrasi mudiri
2019-2021 yy. - Guliston davlat universiteti “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri
2022-2023 yy. - Guliston davlat universiteti “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professori.
2023 y.-h.k. - Guliston davlat universiteti “Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti” kafedrasi mudiri.
2019-yil Ta’lim sifati menenjmenti bo’yicha Bosh ilmiy metodik markazi
19.00.01 - Psixologiya nazariyasi va tarixi. Umumiy psixologiya va shaxs psixologiyasi ixtisosligi psixologiya fanlari doktori (Dsc) ilmiy darajasini olish uchun. “Bo’lajak o’qituvchilarda ilmiy tadqiqotchilikka oid intellektni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

1.Umumiy pedagogika.
2.Pedagogik mahorat.
3.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.
4.Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya.



Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar:
5111700 – “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
60110500 – “Boshlang’ich ta'lim”



Kafedra tarixi
“Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti” kafedrasi 1978-yilda tashkil etilgan bo‘lib, kafedraga shu yillari dotsent Bayit Turdiyev rahbarlik qilgan. Turli davrlarda kafedraga dotsentlar T.Shoto’rayev, B.Sodiqov, Ch.Niyatov, H.Abdukarimov, Q.Yo’ldoshev, O.Mamajonov, B.Burxiyev, R.Ergashev, P.Xolmatov, F.Sharipov, A.Bolibekov, H.Yodgorov, B.Raximov, A.Taniberdiyevlar rahbarlik qilishdi. O’tgan 40 yildan ortiq davr mobaynida professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati yanada oshdi. Ular orasida fan doktorlari hamda professor (Q.Yo’ldoshev, B.Raximov) ko’plab fan nomzodlari, dotsentlar (R.Ergashev, O’.Ro’ziboyeva, I.Yusupov, P.Xolmatov, G.Isayeva, M.Sariboyeva va boshqalar) yetishib chiqdi.
Ayni paytda kafedraga p.f.d., prof. B.X.Raximov mudirlik qilib kelmoqda. Kafedra “Mohir qo’llar”, “Yosh metodistlar”, “Yosh matematiklar”, “Yosh tabiatshunoslar”, “Yosh tarbiyachilar”, “Kreativ yoshlar” to‘garaklari ishlab turibdi, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda. Kafedra qoshida ilmiy tadqiqot markazi tashkil etilgan, bu markazda iqtidorli talabalar bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar ham ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib, ustoz-shogird a’nanalarini ham olib bormoqdalar. Ayniqsa talabalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini natijalarini jurnallarda chop etishni yo’lga qo’yilganligi yaxshi natija bermoqda. Hozirgacha talabalar tomonidan yuzlab maqola chet el jurnallarida chop etildi.



Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati
Kafedrada 3 nafar ilmiy darajali professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar (B.Raximov, Sh.Qayumova, M.Toshmatova, ). Shuningdek 5 nafar katta o’qituvchilar (Z.Rasulova, S.Norboyeva, Sh.Yo’ldoshev, A.Nizamov, R.Pliyeva,), 7 nafar doktorant(A.Suvonqulova, S.Maxsudova, M.Qodirova, K.Xaydarova, S.Karimova, N.Abduraxmonova)lar kafedraning bosh mavzusi asosida o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. 2022-2023 o‘quv yili davomida kafedrada mustaqil tadqiqotchilar S.Norboyeva, G.Nazarqulova va doktorantlar B.Xushboqov, N.Abduraxmonova, A.Fayzullayev S.Karimovalar ilmiy ishi seminaridan o‘tdilar. Kafedra o’qituvchilari tomonidan ko’plab darslik va o’quv qo’llanmalar yaratilgan.
Kafedrada 2022-2023-o‘quv yilida kafedra a’zolari 8 ta SCOPUS jurnalida maqola e’lon qilindi, 44 ta xorij jurnal va konferensiyasida, ommaviy nashrlarda 30 dan ortiq, OAK tasarrufida 30 ta, o‘quv qo‘llanma 14 ta, darslik 9 ta chop ettirdilar. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 5 ta intellektual mulk uchun guvohnomalar qo’lga kiritildi. 5 nafar professor-o’qituvchilar ingliz tili sertifikatiga ega bo’ldilar.

21700 | 2017-12-29 12:36

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news