Ilmdan boshqa najot yoq va bolmagay
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Ilmdan boshqa najot yoq va bolmagay

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2021-yil 12-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida ta’lim muassasalarida yoshlar orasida ekstremizm g‘oyalariga berilishning oldini olish hamda ularni ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan edi.

Guliston davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori maslahatchisi, professor Ravshanbek Mahmudov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Tadbirda O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha mutaxassisi Nurillaxon Mukaramxonov qiziqarli ma’ruza qildi. Diniy ekstremizm, islom dinining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati to‘g‘risida talabalarga yetarlicha ma’lumot berdi. Tadbir qiziqarli, maqsadli, mazmunli o‘tdi.

 

Matbuot xizmati 

 

353 | 2021-03-24 17:08

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2021