Tinglovchilarga diplom topshirish marosimi

MTM  tarbiyachisi, amaliy psixologlar va defektologiya (logopediya) yo’nalishlari bo’yicha kasbiy qayta tayyorlov kurslari tinglovchilariga diplom topshirish marosimi tadbiri

Bugungi kunda respublikamiz bo’yicha joylarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3261-sonli qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2017 yil 19 dekabr kuni o’tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi qarori asosida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari, Amaliyotchi psixologlari, Defektolog (logoped)lari kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari 4 oylik o’quv jarayonini muvaffaqiyatli tamomlab, bugun diplomlarini qo’lga kiritmoqdalar.

2018 yil 5-iyul kuni GulDU HXTXQTMO Hududiy Markazida MTM tarbiyachisi, amaliy psixologlar va defektologiya (logopediya) yo’nalishlari bo’yicha kasbiy qayta tayyorlov kurslari tinglovchilariga diplom topshirish marosimi tadbiri bo’lib o’tdi.

Hududiy Markaz hovlisi bayramona bezatilgan. Tadbir ishtirokchilari: tashrif buyurgan mehmonlar, professor-o’qituvchilar va barcha yo’nalishlar bo’yicha tinglovchilar tartib bilan saflanishgan.

Dastlab O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi.

So’ngra ushbu tantanali marosimni ochib berish uchun so’z Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Tojievich Xodjievga berildi.

M.T. Xodjiev o’z nutqida: - Bugungi kun tadbir ishtirokchilarini, ya’ni kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarini sidqidildan samimiy tabrikladi. Pedagogik faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Bitiruvchilarni tabriklash uchun GulDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori Shaxobiddin Muxitdinovich Turdimetovni taklif etildi.

Sh.M.Turdimetov o’z nutqida: - Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari, Amaliyotchi psixologlari, Defektolog (logoped)lari kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarini ushbu quvonchli kun bilan qutladi, kelajakdagi mas’uliyatli faoliyatlarida omadlar tiladi.

Tadbir davomida bitiruvchilarni tabriklash uchun Sirdaryo viloyati MTM boshqarmasi boshlig’i A.Turdiboevga so’z navbati berildi.

A.Turdiboev bitiruvchilarni ushbu quvonchli kun bilan tabriklab, ularning kasbiy faoliyatlarida omad tiladi va galdagi vazifalari to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.

Ushbu quvonchli kunda bitiruvchilarni tabriklash uchun Guliston shahar 19-MTM tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi. Ular ishtirokida “Andijoncha” va “Romashka” raqslari ijro etildi.

So’ngra viloyatimizning taniqli shoiri Alisher Nurga so’z navbati berildi. Alisher Nur o’zining nutqida bitiruvchilarga omadlar tilab, o’z ijodidan she’rlar o’qib berdi va barchaning olqishiga sazovor bo’ldi.

Tadbir davomida kasbiy qayta tayyorlov kursi bitiruvchisi Begmamatova Madinaga so’z berildi. Bitiruvchi M.Begmamatova o’z so’zida Prezidentimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar uchun o’z minnatdorchiligini bildirib, bitiruvchilarga omadlar tiladi.

Shaxsan GulDU rektori va Hududiy markaz direktori tomonidan o’qish va malakaviy amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etgan tinglovchilarga Maqtov yorliqlari topshirildi. Tinglovchilarga tantanali tarzda diplomlar topshirildi.

Barcha jarayonlarni respublika va viloyat teleradio kompaniyasidan kelgan vakillar video tasmaga muhrladilar. (7-rasm)

Tadbir fayzli va qiziqarli tashkil etildi.

 

 

1097 | 2018-07-12 18:26
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish