Guliston Davlat Universitetiga Wyoming, Laramie, WY universiteti vakillari tashrifi

Joriy yil 23 avgust kuni rejaga binoan soat 12-00 da universitetga AQShning Wyoming, Laramie, WY universiteti vakillariFaol va interaktiv o’quv dasturlari va nashrga yozish yo’llari mavzusidaseminar treyning o’tqazish maqsadida Vayoming universiteti professori Xasilova Dilnozatashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet ilmiy ishlar prorektori A. Sulaymonov kutib oldi. 12-20 da universitet bosh binosining majlislar zalida “Xorijiy davlatlarda kitob,jurnal va o’quvchi talabalar uchun grantlar” mavzusi  bo’yicha taqdimot asosida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda ilmiy ishlar prorektori A.Sulaymanov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i B.Sultanov, universitetdan 20 nafar (professor-o’qituvchilar, doktorant-tadqiqotchilar) ishtirok etishdi.

Xasilova Dilnozafaol va interaktiv o’quv dasturlari va nashrga yozish yo’llari mavzusi to’g’risida taqdimot qilib berdi. Xususan, taqdimot davomida uchta asosiy sohalar ko’rib chiqildi: Xalqaro jurnallar chiqarish, o’quvchi talabalar uchun grantlar, horijda kitoblar nashr etish, ijtimoiy ish  haqida ma’lumot berdi.

14:00 da kofe brek tashkilashtirildi.

Kofe brekdan keyin D. Xasilova o’z seminarini davom ettirdi, xususan chet davlat jurnallarida maqolalar chop etish bo’yicha tavsiyalar va maqolalar yozish bo’yicha yo’llanmalar berdi. So’ng universitet professor-o’qituvchilari va doktorant-tadqiqotchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Universitetga tashrif buyurgan mehmonlar shu kuni soat 17-00 da tadbirni yakunlashdi.

 

 

Xalqaro aloqalar

bo’limi boshlig’i

B. Sultanov

310 | 2018-08-24 12:09
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish