Bilimlar kuniga bag'ishlanadi

Guliston davlat universitetida Bilimlar kuniga bag’ishlab, “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan bayram tadbiri o’tkazildi.Universitet rektori, professor Muhsin Xodjiev tadbirni ochar ekan, o’z tabrik nutqida bu yil talabalik baxtiga sazovor bo’lgan, shuningdek, maroqli yozgi ta’tildan bilim dargohiga qaytgan yigit va qizlarni, ularning ota-onalarini yangi o’quv yilini boshlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdi. Rektor mamlakatimizda oliy ta’lim olish uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar haqida to’xtalib, talabalarimiz bunga yarasha a’lo o’qish va a’lo xulq bilan javob berishlariga ishonch bildirdi.

Bayram tadbirida qatnashgan Sirdaryo viloyati hokimi, O’zbekiston Respublikasi Senati a’zosi G’ofurjon Mirzaev yoshlarga qarata quyidagicha dil so’zlarini izhor etdi:

-Talabalik umrning eng baxtli, nashidali damlari. Ayniqsa bugun, yurtimizda islohotlar beqiyos darajada keng yoyilayotgan, O’zbekistonni dunyo taniyotgan bir paytda talabalarimizdan umidimiz katta. Shu bilim yurtini bitirgan qancha-qancha o’g’il-qizlarimizni bag’rimizga oldik, siz ham bitiring, ilmli bo’ling va tezroq safimizga qo’shiling degan niyat qilaman. Axir siz bizning ishongan o’rinbosarlarimiz, munosib vorislarimizsiz. Sirdaryoday qadim cho’lquvarlar yurtida yangi-yangi korxonalar, ilm maskanlari ochilyapti. Ularning hammasi sizga muntazir.

Tantanada mashhur quruvchi, viloyatda birinchi bo’lib O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan Anvar Qurbonov, GulDU prorektori, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ravshanbek Mahmudov, 2018 yil avgust oyida Indoneziyada o’tkazilgan “Osiyo o’yinlari-2018” musobaqalarining Baydarkada eshkak eshish turi bo’yicha kumush medali sovrindori, Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Alisher Turdiev, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga asosan imtiyoz bilan Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va STI yo’nalishiga davlat granti asosida o’qishga kirgan talaba Lobar Boltaboeva, Tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi Sarvinoz Hojiboboeva va boshqalar ham so’zga chiqib dil so’zlarini izhor etishdi. Iste’dodli shoir Alisher Nurning Vatanga sadoqat mavzuida o’qigan she’rlari qalblarga iliq nur bag’ishladi.

Shundan so’ng tadbirning tantanali qismi yakunlanib, talabalar o’zlari uchun belgilangan darsxonalarga yo’l olishdi. Bu yil ham birinchi dars “Mustaqillik darsi” mavzuida o’tildi.

M.Pardaev,

“Universitet ovozi” gazetasi bosh muharriri.

379 | 2018-09-06 08:29
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish