Rektorning oqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

ERTANGI KUNIMIZ IJODKORLARI 

Universitet rektori, professor Muhsin Tojievich Hojievning 1-oktabr, o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli ustozlar! Aziz hamkablar!
Bu yil ham ustozlarning qutlug‘ ayyomi keng nishonlayotgani jonajon mamlakatimizda bu kasbga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tibordan dalolat beradi. Holbuki, harf o‘rgatuvchi, kasb, hunar o‘rgatuvchi, faqat ezgulikdan saboq beruvchi mehribon muallimlarsiz Vatan taraqqiyotini, kelajagini ko‘z oldimizga ham keltira olmaymiz. Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, dunyoning bor ganji, xazinasi bilan ham ustozning ranj chekib qilgan olijanob mehnati haqini ado etib bo‘lmaydi.
Bugungi kunda mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, taraqqiyotning barcha jabhalarida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘la olishimiz uchun birinchi navbatda ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohalari taraqqiy topishi zarurligi aniq va ravshan bo‘lib qoldi. Ayni shu maqsadda o‘tgan ikki yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bevosita ta’lim-tarbiya sohasiga daxldor bo‘lgan 150 dan ortiq farmoni, qaror va farmoyishi qabul qilinganini ta’kidlash o‘rinlidir.Eng muhimi, bugungi kunda biz zamon talabi va xalqimizning xohish-irodasidan kelib chiqqan holda, ta’lim tizimida ulkan islohotlarni amalga oshirishga kirishdik. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim sohasida 11 yillik tizimga o‘tish, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini optimallashtirish, zamona zaylidan kelib chiqqan holda yangi oliy ta’lim muassasasi va filiallari tashkil etish, 16 ta universitet va institutda 12 ta yo‘nalish bo‘yicha kechki va sirtqi bo‘limlar ochish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, nodavlat ta’lim xizmati ko‘rsatish, pedagog kadrlar va xalq ta’limi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish kabi chora-tadbirlar bu sohadagi uzoqni ko‘zlagan islohotlarning ko‘lami naqadar kengligini ko‘rsatadi.
Islohotlar nafasini, Yurtboshimiz, Hukumatimizning beqiyos g‘amxo‘rligini bizning Guliston Davlat universitetida ham his qilish qiyin emas. O‘tgan ikki yil davomida universitet binolari rekonstruktsiyasining o‘ziga 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Binolar-ku mayli, aniq fanlar yo‘nalishida o‘qiyotganlar uchun zamonaviy xorij laboratoriyalari, asbob-uskunalar ketirilmoqda, fan va ishlab chiqarish bilan mushtarak g‘oyalar, loyihalar moddiy rag‘batlantirilmoqda.
O‘qituvchi kadrlarga yuksak e’tibor namunasini ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish ishiga katta ahamiyat berilayotganida ko‘ramiz.O‘qituvchilar, olimlarning oylik maoshlari keskin oshirilishi,oilaviy sharoitini yaxshilashga doir qator imtiyozlar berilishi, ularni chet ishlarga jalb qilmaslik haqida maxsus qaror qabul qilinishi kabi o‘nlab chora-tadbirlar ham bu fikrni yanada tasdiqlaydi.
Bunday g‘amxo‘rliklarga javoban qadrdon o‘quv dargohimizda barakali ter to‘kayotgan 400 nafarga yaqin professor-o‘qituvchining “Labbay!” deb javob berayotgani, bir-jon, bir tan bo‘lib uyushgan holda yangi avlod ta’lim-tarbiyasiga, etuk kadrlar tayyorlashdek sharafli ishga hissa qo‘shayotgani bizni quvontiradi. Universitetda ko‘p yillik halol mehnati bilan jamoa mehr-muhabbatini qozongan Umrzoq O‘ljaboev, Omon Suvonov, Orif Ayupov, Shavqi Niyozov kabi olimlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Ayni vaqtda biz professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, xorijdagi etakchi ta’lim markazlari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlikni kuchaytirish, o‘quv-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini, yangi o‘quv metodikalarini joriy etish bo‘yicha hali oldimizda ko‘plab dolzarb vazifalar turganini yaxshi anglaymiz va ularning echimi ustida doimiy ish olib boramiz.

Aziz do‘stlar! Barchangizni 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, Sizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

195 | 2018-09-29 14:31
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish