O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalriga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi majlisining 11-son qaroriga muvofiq Guliston davlat universitetining 2019-2020 o’quv yili qabuli uchun Qozog’iston Respublikasi M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universitåti bilan qo’shma dasturi asosida bakalavr tayyorlash bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida “Filologiya va tillarni o’qitish: qozoq tili” ta’lim yo’nalishi bo’yicha to’lov-kontrakt asosida qo’shimcha 20 ta kvota tasdiqlandi.
Qarorga ko’ra: mazkur qo’shma dasturlarga yuqori bilimlarga ega bo’lgan yoshlarni kirish sinovlarida muvaffaqqiyatli ishtirok etishga tayyorlash maqsadida Guliston davlat universitetida 2018-2019 o’quv yilidan boshlab to’lov-kontrakt asosida tayyorlov kurslari o’rnatilgan tartibda tashkil etiladi.
Tayyorlov kursining moliyaviy ta’minoti tinglovchilar to’lov-kontraktidan tushgan mablag’ hisobiga qoplanishi belgilab qo’yildi. Tayyorlov kurslarida o’qishni istovchilar Qabul komissiyasiga murojjat etishlari mumkin.
Matbuot xizmati.