YaNGI YIL TABRIGI

GulDU rektori,  texnika fanlari doktori, professor

Muksin Tadjievich  Xodjievning

YaNGI YIL TABRIGI

Qadrli do’stlar!

Jonajon diyorimizda yana bir samarali yil o’z yakuniga etmoqda. Unda erishilgan natijalarni hisob-kitob qilsak,  xalqimiz farovonligini oshirish yo’lida har yilgidan ko’ra salmoqli qadam tashlangani guvohi bo’lamiz. 2018 yilda aholining real daromadi har qachongidan ko’p - 12 foizga oshganligining o’zi fikrimizga  dalil bo’la oladi.

Hozirgi taraqqiyot yo’lini belgilashda birinchi navbatda xalq manfaatlari, omma bilan muloqot natijalari hisobga olinayotgani  birlamchi ahamiyat kasb etmoqda. Shunga asosan  yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, zamonga munosib kadrlar tayyorlashga e’tibor berilayotgani shubhasiz, kelajakda erishajak  yuksak natijalar garovi bo’lib qoladi. Birgina misol:  shu yilning o’zida  barcha ta’lim muassasalari  pedagoglarining o’rtacha oylik  maoshi 50 foizga oshirildi.

Oliy ta’lim sohasidagi islohotlarni universitetimiz hayoti misolida yanada yaqqolroq  ko’rishimiz mumkin.  Universitetda sirtqi, maxsus sirtqi bo’limlar, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va boshqa  sohalar bo’yicha yangi  yo’nalishlar ochilganligi, Rossiya, Janubiy Koreya, Italiya, Qozog’iston kabi davlatlar OTMlari bilan hamkorlikka doir bevosita shartnomalar tuzilganligi kadrlar tayyorlash borasidagi islohotlarni tezlashtirishda shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi . Ta’lim muassasalariga g’amxo’rlik, xususan, kadrlar tayyorlashning asosiy  mas’ullari – pedagog xodimlarning moddiy turmush darajasini yanada oshirish borasidagi  qator  tadbirlar har birimizdan yangicha kuch-g’ayrat bilan ishlashni taqozo etadi.

Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoev   Oliy Majlisga 2018 yilgi Murojaatnomasida  kirib kelayotgan yangi — 2019 yilni O’zbekistonda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilganlari  xalqimiz tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlandi.    Yurtboshimiz  investitsiyani  rivojlantirmay turib,  yuqori  natijaga erishib bo’lmasligini, oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erishish uchun  chinakam  investitsiya muhitini  ta’minlashimiz lozimligini alohida ta’kidladilar. Ayniqsa,  Vatanimizda ziyolilar safini kengaytirish,  bitiruvchilarning 20 foizini (bu yil 15 foiz edi)  OTMlarga jalb qilish borasidagi fikrlari tahsinga loyiq. Zero, har qanday yurt kelajagining chinakam egalari, taraqqiyot g’ildiragini yurituvchilar asosan ziyoli yoshlar hisoblanadi.

Qadrli  hamkasblar! Aziz talaba yoshlar!

Sizni, jamoamizning barcha a’zolarini kirib kelayotgan Yangi, 2019 yil bilan samimiy tabriklar ekanman, har biringizning hayotingizga, oila a’zolaringizga mustahkam sihat-salomatlik,  olam-olam shodlik, bitmas-tuganmas  baxt tilayman. Yangi yil yangi va yanada  quvonchli marralarga boy bo’lsin!

436 | 2018-12-28 16:02
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish